Qayd raqami


Kompress - mahalliy ta'sir ko'rsatuvchi muolaja bo’lib, isituvchi va sovituvchi (sovuq) turlari bo'ladi. Banka qo'yish -



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə6/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Kompress - mahalliy ta'sir ko'rsatuvchi muolaja bo’lib, isituvchi va sovituvchi (sovuq) turlari bo'ladi.
Banka qo'yish - mahalliy ta'sir ko'rsatuvchi muolaja bo’lib, isituvchi xususiyatga ega.
Gorchichnik - mahalliy ta'sir ko'rsatuvchi muolaja bo’lib, isituvchi xususiyatga ega. O'pka va nafas yo'llari shamollaganda, bel og'rig'i (radikulit)da qo'llanadi.
Zuluk - qon va ko`z ichining bosimi oshganda qo`yiladi.
Klizma - yo'g'on ichakning quyi qismini tozalash bo’lib, tozalovchi, sifonli, dorili, oziqli va boshqa turlari bor.
Muzli xaltacha - qon oqayotganda, shikastlanishning boshlang‘ich davrida, to`qima orasiga qon quyilishini oldini olish uchun, tana harorati yuqori bo‘lganda qo‘llanadi.
Yotoq yara - og`ir holatdagi bemorning uzoq vaqt qimirlamasdan yotishi tufayli, badan terisida paydo bo'ladigan yara.
Parhez taomlar - kasallik turiga qarab beriladigan ovqatlar bo’lib, ular 15 ta parhez stoliga bo`linadi.


1.Bemorni parvarish qilishning ahamiyati. Parvarish qiluvchining vazifalari:
Parvarish davolanishning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi, chunki u bemor ahvolini yengillashtirishga, sog'ayishiga ishonch hosil bo`lishiga imkon beradi. Shu bilan birga davolanish jarayonining muvaffaqiyatli o'tishini ta'minlaydigan tadbirlar kompleksini o'z ichiga oladi. Parvarishni oila sharoitida bemorning qarindosh-urug'lari olib borsa, shifoxona sharoitida tibbiyot hamshirasi va kichik tibbiyot xodimi olib boradi.
Parvarish qilish 2 turga bo'linadi:
l.Maxsus parvarish. Bunda muayyan kasalliklar: jarrohlik, ginekologik, urologik, stomatologik va boshqa kasalliklar bilan og'rigan bemorlarda olib boriladi.
2.Umumiy parvarish. Parvarishning bu turi kasalliklar xarakteriga aloqador bo`lmagan hollarda o'tkaziladigan tadbirni o'z ichiga oladi (ichki kasalliklar, ko'z kasalliklari va boshqa).
Parvarish qiluvchining vazifalari:
- Dorilarni ichirish, in'yeksiya qilish, tomizish, surtish va hokazo;
- Gorchichnik, banka, kompress, bog`lam qo'yish, ingalatsiya qilish, me'dani yuvish, klizmaning har xil turlarini bajarish, zuluk qo'yish va boshqalar;
- Shaxsiy gigiyena tadbirlarini o'tkazish. Bemorni yuvintirish, yotoq yaralarning oldini olish, ich kiyimlari va choyshablarini almashtirish, ovqatlantirish va tabiiy zaruriyatlarda og'ir holatdagi bemorga yordam ko'rsatish;
- Bemor yotgan xonada sanitariya-gigiyena sharoitini ta'minlash;
- Bemorga tegishli tibbiy hujjatlarni to'ldirish;

  • bemor bilan xushmuomalada bo'lish, uning kayfiyatini ko'tarish;

  • bemor iltimoslarini iloji boricha, o'z vaqtida bajarish;

  • gazeta va jurnallar o'qib berish;

  • sog'ayib ketishiga bemorda ishonch hosil qilish;

- Bemorni yuvintirish;
- Teri, soch, ko'z, quloq, burun, og'iz bo'shlig'i va tirnoqlarni parvarishlash;
- Kiyimlari, choyshablarini almashtirish;
- Bemor yotgan xonaning tozaligi, harorati va havo rejimini tibbiyot hamshirasi nazorat qiladi. Xonani va undagi jihozlarni kuniga 2 marta dezinfeksion eritmalar bilan zararsizlantiriladi: xloramin, xlorli ohak, toza suv bilan namlab artiladi. Xona harorati 20-220 da bo'lishini ta'minlash zarur. Xonaning deraza va eshiklarini ochib, vaqt-vaqti bilan havo yangilanadi.
Bemorda o`tkaziladigan tibbiy tekshiruvlar va muolajalar.
Tana haroratini o'lchash. Tana haroratini tibbiy termometr yordamida qo'ltiq yoki chov sohada o`lchanadi. Ayrim hollarda og'iz bo'shlig'ida va to`g`ri ichakda o'lchanadi. Normada tana harorati 36,2° - 36,8°C bo`ladi. Tana haroratining ko'tarilishiga isitma deyiladi. Haroratning ko'tarilishiga gipertermiya, pasayishiga gipotermiya deyiladi.



Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin