Qayd raqami


Ko`rish funksiyasining turli xil buzilishlari



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə92/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Ko`rish funksiyasining turli xil buzilishlari.
Yuqorida bayon etilgan kasalliklardan tashqari, odamda ko`zning shox qavatida oq parda hosil bo`lishi, ko`z shikastlanishi tufayli shox qavatining yaralanishi, ko`z gavharining kasallanishi (katarakta kasalligi), ko`z ichidagi bosimning oshishi (glaykoma kasalligi) kabilar ham uchrashi mumkin.
Maslahat. Bunday hollarda oftalmolog shifokorga murojaat qilish lozim.
Eshitish a`zosi funksiyasi va uning kasalliklar.
1.Yashash, o`qish va jamoat joylarida tinchlikni saqlash.
2.Tashqi quloq yo`lini qoplab turuvchi terida juda ko`p mayda bezlar bo`lib, ulardan sarg`ish yog`simon suyuqlik ajraladi. Bu suyuqlik to`planib qolsa, quloq bitadi, g`uvurlaydi, namlanib turgan o`rta quloq pardasiga sovuq havo ta`sir qilsa, u yallig`lanib, otit kasalligi yuzaga keladi.
Shu bois, ikki-uch qavat bintdan pilikcha yasab, yoki yupqa sochiq uchi bilan bolaning tashqi quloq yo`lini har kuni artib, tozalash lozim.
3.Yuqorida aytilganidek, o`rta quloq bo`shlig`i ingichka evstaxiyev naycha orqali burun-halqumga tutashgan.Agar burun-halqum shilliq qavati yallig`lansa, ya`ni gripp, rinit, angina kasalliklarida, burun-halqumdagi virus va mikroblar evstaviyev naychaning shilliq qavatini yallig`lantirib, u orqali o`rta quloq bo`shlig`i to`qimasini ham yallig`lantiradi.Natijada otit kasalligi yuzaga keladi. Demak, o`rta quloqning otit kasalligini oldini olish uchun bolada burun-tomoq yallig`lanish kasalliklarini oldini olish va kasalligini o`z vaqtida davolash kerak.
Otit-o`rta quloq yallig`lanishi.
Sababi: gripp, angina, rinit, qizamiq kasalliklarida hamda shamollashda o`rta quloq to`qimasi yallig`lanadi.
Belgilari: quloqda kuchli og`riq bo`ladi, yosh bola chinqirab yig`laydi. Bolaning ovqat yutishi, ayniqsa, ona ko`kragini emishi qulog`ida og`riq paydo qiladi. Shu bois emgan paytda bola yig`laydi. Bolaning isitmasi 38-40º C gacha ko`tariladi, ba`zan qayt qiladi, uyqusi buziladi. O`z vaqtida tibbiy yordam ko`rsatilmasa, o`rta quloq bo`shlig`i yiringlaydi, ya`ni kataral otit yiringli otitga aylanadi. Bolaning ahvoli og`irlashadi.O`z vaqtida davolanmasa miya pardasi yallig`lanib, meningit kasalligi yuzaga kelishi mumkin.
Ba`zida o`rta quloq bo`shlig`ida hosil bo`lgan yiring nog`orasimon pardani teshib, tashqi eshituv yo`li orqali tashqariga oqishi mumkin.
1.Tibbiy yordam: 1.Bintni pilikka o`xshatib buklab, 1 %-li borniy spirtga botirib, bolaning tashqi quloq yo`liga kiritib qo`yiladi.
2.Sofrodeks dorisi – bola qulog`iga 2 tomchi tomiziladi, kuniga 2-3 marta.
3.Tana harorati ko`tarilsa: paratsetamol, panadol 1/3-1/2 tab. 2 marta ichiriladi, harorat 38º C dan yuqori bo`lsa, 1 yoshli bolaga analgin-0,1 ml, demidrol-0,1 ml, novokain-1 ml bitta shritsga olinib muskul orasiga yuboriladi. Bolaning yoshiga qarab dori dozalari ko`paytiriladi.
4.Quloq sohasiga isituvchi kompress, ko`k lampa, UVCH qo`yish mumkin.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin