Hujjat topshirish jarayoni: KFAS a’zosi sifatida ro’yxatdan o’ting va o’z akkauntingizga kiring (www.kfas.or.kr sayti orqali ro’yxatdan o’tish mumkin).
Onlayn arizani to’ldiring (so’ralgan ma’lumotlarni to’ldiring, tadqiqot rejasi (research proposal) yozing, so’ralgan hujjatlarni yuklang).
So’ralgan qo’shicha hujjatlarni topshiring:
– 2 ta tavsiyanoma;
– 2 ta eng yaxshi deb bilgan Ilmiy ishingiz nusxasi va ularning ingliz tilidagi abstrakti (kitob, monografiya va hk);
– Ish joyidan ishlayotgani haqida ma’lumotnoma;
– Tadqiqotga qabul qilinganlik xati (research affiliation). Ushbu xat siz tanlagan universitetdan olinadi va bu uchun Koreya universitetlari bilan o’zingiz bog’lanishingiz kerak.