Intensiv iqtisodiy o’sishning manbai bo’lib hisoblanadi: +yangi avlod stanogidan foydalanish natijasida mehnat unumdorligining oshishi;
tabiiy gazning yangi manbalari ochilishi;
haftalik ish soatining uzaytirilishi;
qishloq xo’jaligida yangi ekin maydonlarining o’zlashtirilishi.
Tarixan ishchi kuchining qishloq xo’jaligidan sanoatga ko’chib o’tishi: +o’rtacha mehnat unumdorliging o’sishiga olib keladi;
inflyatsiya holatlarini yuzaga keltiradi;
o’rtacha mehnat unumdorliging pasayishigaolib keladi;
aholi jon boshiga to’g’rikeladigan YAIM hajmining pasayishiga olib keladi;
Iqtisodiy o’sishning Domar va Xarrod modellarida investitsiyalar: +ham yalpi talab, ham yalpi taklif komponenti hisoblanadi;
ishchi kuchi va tabiiy resurslar bilan birga iqtisodiy o’sish omili hisoblanadi;
faqat yalpi talab komponenti deb qaraladi;
jamg’arish me’yori pasaygandagina ko’payishi mumkin.
Domar modeliga ko’ra iqtisodiy o’sish: +jamg’arish me’yori va kapital unumdorligini o’stirish hisobiga ta’minlanadi;
faqat kapitalning unumdorligi ortishiga bog’liq;
ishchi kuchi soni va sifatining o’sishiga bog’liq;
jamg’arish me’yori pasaytirilishi bilan ta’minlanadi.
Quyidagi ta’kidlarning qaysi biri noto’g’ri? +iqtisodiy o’sishni klassik kesmadagi yalpi taklif egri chizig’ining hamda ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’ining chapga siljishi ko’rinishida tasvirlash mumkin;
iqtisodiy o’sish potensial YAIM hajmining oshganligini anglatadi;
iqtisodiy o’sish aholi jon boshiga yoki iqtisodiyotda band bo’lgan bitta xodimga to’g’ri keluvchi YAIM hajmining ko’payishi ko’rinishida ham aniqlanadi;
iqtisodiy o’sish ko’rsatkichi real YAIM hajmining bazis davriga nisbatan o’sish sur’ati ko’rinishida aniqlanadi.
Solou modeliga ko‘ra aholi sonining o‘sish sur’ati n ga, texnologik taraqqiyot darajasi esa g ga teng bo‘lsa barqaror holatdagi yalpi ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati teng bo‘ladi: +n+g ga .
g ga;
0 ga;
n ga;