6
II. Tekshirish diktant
Tekshirish diktanti dasturni biror boʻlimini oʻrganilib, ta`limiy
maqsadlar bilan mustahkamlangach, ular oʻquvchilar tomonidan qay darajada
oʻzlashtirilganini sinash maqsadida oʻtkaziladi.
Teshirish diktanti uchun sintaktik tuzilishi jihatidan shu sinf
oʻquvchilari
saviyasiga mos, oʻrganilgan imlo qoidalari asosida yoziladigan
soʻzlar va tinish belgilari koʻproq qoʻllanilgan matn tanlanadi.
Tekshirish diktanti uchun gaplardagi soʻzlar soniga e`tibor
berish
lozim.
Diktandagi soʻzlar soni k
e
y
i
ngi oʻquv yili boshida oʻtkaziladigan
diktandagi soʻzlar soniga barobar keladi va asta-sekin ortib boradi.
Diktantda quyidagi xatolar hisobga olinadi:
1. Soʻzlarda boʻgʻin yoki soʻz tushib qoldirilsa.
2. Boʻgʻin yoki harf tushirilib qoldirilsa.
3. Soʻzning ma’nosi boshqa soʻz bilan almashtirib yozilsa.
4. Harf shakllarini buzib yozsa.
5. Xato yozilgan harf yoki soʻz boʻyab tuzatilsa.
Diktantda quyidagi xatolar hisobga olinmaydi:
1. Oʻquvchilarga oʻrgatilmagan qoidalar
yuzasidan qilingan xatolar
boʻlsa.
2. Gap oxirida nuqta qoʻyilmagan boʻlsa-yu, keyin gapni bosh harf
bilan yozsa.
3. Gap ma’nosini buzmagan holda boshqa soʻz
bilan almashtirilib
yozilsa.
4. Biror harfni takror yozsa.
5. Boʻgʻin koʻchirishda soʻzni bir qismini yozsa-yu,
ikkinchi qismiga
yozishni unutgan boʻlsa.
6. Gapdagi soʻzlarni takror yozgan boʻlsa.