Yorug‘lik manbailarini moslashtirish 3D Studio MAX yorug‘lik manbalarining yarqirashi va shu’lalanishini aniq
joylashtirish imkoniyatini beradi. Shu maqsadda dastur belgilangan yorug‘lik
manbalarini yoki belgilangan ob’yektni tayanch ob’yekt yuzasida shakllanayotgan
aksni markazidan chiqqan normal yo‘nalishi bo‘yicha ko‘chirib o‘tkazadi va
buradi.
1. Perspective (perspektiva) oynasida yorug‘lik manbaini yarating. Create
(yaratish) buyruqlar panelidagi, Lights (yorug‘lik manbai) tugmasini bosing, keyin
Omni (barcha tomonga) ko‘rsatib, sichqon bilan Perspective (perspektiva)
oynasiga bosing.
2. Align (tenglashtirish) asboblar panelidagi Place Highlight (shullani
joylashtirish) tugmasini faollashtiring
3. Kursorni sfera ustiga olib borib, ChS ni bosib turib va normal belgisi
paydo bo‘lgunicha kursorni harakatlantiring (3.17 rasm).
3.17 rasm. Tayanch normalini belgilash
Yorug‘lik manbai ko‘chib o‘tib va normal yo‘nalishi bo‘yicha qoladi. Shu
bir vaqtda yorug‘lik manbaidan, blik shakllanadigan ob’yektgacha bo‘lgan oldingi
masofa saqlanib qoladi. Yorug‘lik manbaining tenglashishi natijasi 3.18 rasmda
ko‘rsatilgan.
3.18 rasm. Yorug‘lik shu’lasining normal yo‘nalish bo‘yicha joylashuvi
Kameralarni moslashtirish
Kamerani tenglashtirish ham yorug‘lik manbaini tenglashtirgan kabi amalga
oshiriladi. Kamerani ham ob’yektning yuzasidagi nuqtaga nisbatan tenglashtirish
mumkin. Natijada kamera proyeksiya oynasi tekisligi, tanlangan tayanch ob’yekt
qirrasiga parallel bo‘ladi.
1. Perspective (perspektiva) oynasi sahnasida kamerani o‘rnating. Buning
uchun Create (yaratish) buyruqlar panelidagi Cameras (kameralar) tugmasini
bosib, keyin Free (erkin)ni ko‘rsating.
2. Kamera qurilgandan keyin uni belgilab, Align (tenglashtirish) asboblar
panelidan, Align Camera (kamerani tenglashtirish) tugmasini faollashtiring.
3. Kursor bilan konusning kerak bo‘lgan qirrasini ko‘rsating, kursor hoj
shakliga aylanganda ChS ni bosib kursorni, qirraning normal (ko‘k strelka
ko‘rinishidagi) belgisi paydo bo‘lgunicha 3.19 rasmda ko‘rsatilganidek sekin
harakatlantiramiz.
3.19 rasm. Kamera yo‘nalishini beruvchi normalning joylashuvi
Agar kursorni harakatlantirishni davom ettirsak, normal belgisi, konus yuzasiga
ko‘chib o‘tadi.
4. Normalni zarur bo‘lgan holatga o‘tkazib, sichqon tugmasini qo‘yib
yuboring.
Kamera holatini va mo‘ljalni o‘zgartirdi, ingichka yordamchi chiziqlar
konusning tanlangan normaliga qarama-qarshi yo‘naltirildi (3.20 rasm).
3.20 rasm. Kamera normalning yo‘nalishiga qarab o‘rnatildi
№-_17_-Mavzu: 3 DS Max dasturida konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirish
Reja:
5.
Sahnani modellashtirish
6.
Parametrlarni o‘rnatish asoslari
7.
Devor qurish
8.
Rakovinani qurish