Kamerani tenglashtirish ham yorug‘lik manbaini tenglashtirgan kabi amalga
oshiriladi. Kamerani ham ob’yektning yuzasidagi nuqtaga
nisbatan tenglashtirish
mumkin. Natijada kamera proyeksiya oynasi tekisligi, tanlangan tayanch ob’yekt
qirrasiga parallel bo‘ladi.
1. Perspective (perspektiva) oynasi sahnasida kamerani o‘rnating. Buning
uchun Create (yaratish) buyruqlar panelidagi Cameras (kameralar)
tugmasini
bosib, keyin Free (erkin)ni ko‘rsating.
2. Kamera qurilgandan keyin uni belgilab, Align (tenglashtirish) asboblar
panelidan, Align Camera (kamerani tenglashtirish) tugmasini faollashtiring.
3. Kursor bilan konusning kerak bo‘lgan qirrasini ko‘rsating, kursor hoj
shakliga aylanganda ChS ni bosib kursorni, qirraning normal (ko‘k strelka
ko‘rinishidagi) belgisi paydo bo‘lgunicha 3.19 rasmda ko‘rsatilganidek sekin
harakatlantiramiz.
3.19 rasm. Kamera yo‘nalishini beruvchi normalning joylashuvi
Agar kursorni harakatlantirishni davom
ettirsak, normal belgisi, konus yuzasiga
ko‘chib o‘tadi.
4. Normalni zarur bo‘lgan holatga o‘tkazib, sichqon tugmasini qo‘yib
yuboring.
Kamera holatini va mo‘ljalni o‘zgartirdi, ingichka yordamchi chiziqlar
konusning tanlangan normaliga qarama-qarshi yo‘naltirildi (3.20 rasm).
3.20 rasm. Kamera normalning yo‘nalishiga qarab o‘rnatildi
№-_17_-Mavzu:
3 DS Max dasturida konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirish
Reja:
5.
Sahnani modellashtirish
6.
Parametrlarni o‘rnatish asoslari
7.
Devor qurish
8.
Rakovinani qurish
Dostları ilə paylaş: