Rakovinani qurish
Bir standart shakldan boshqasini kesish (yoki birlashtirish) usullari
yordamida rakovinani qurishni amalga oshiramiz.
1. O‘sha yerdan Extended Primitives (yaxshilangan primitivoar) bo‘limidagi
Oil Tank (sisterna) tugmasini bosing.
2. Creation Method (yasash usuli) tuguni ulagichini Edge (chetidan) holatiga
o‘tkazing, sisterni kesimini, uning diametri bo‘yicha chizib bir tomondan ikkinchi
tomonga qaratib qurish uchun Parameters (parametrlar) bo‘limida Overall (to‘la)
rejimini o‘rnating. Sisterna asosini radius qiymati bo‘yicha Radius (radius)
hisoblagichida bu qiymatni 12 ga teng bo‘lgunicha cho‘zing.
Kesimni markazdan boshlab, radiusni cho‘zib qurish mumkin. Buning uchun
Center (markaz) ulagichini o‘rnatish kerak bo‘ladi. Overall (to‘la) rejimi
ob’yektning umumiy balanligini saqlanayotganda sfera segmentlari balandligini
o‘zgartirish imkoniyatini beradi.
3. ChS ni bosgandan keyin sisterna asoslarida yotuvchi sfera segmentlari
balandligini beruvchi, ob’yekt balandligini qayd qiluvchi kursorni qo‘shimcha
tepaga surish kerak.
Rakovina qurish uchun zagotovkalarning ko‘rinishi 4.2 rasmda
keltirilganday bo‘lishi kerak
4.2 rasm. Rakovina uchun birinchi zagotovka
4. Endi sferani qurish uchun Standard Primitives (standart primitivlar)
bo‘limini tanlab va Shpere (sfera) tugmasini bosing.
Sferi segmentlarining miqdori 36 tadan kam bo‘lmasligi shart, yo‘qsa
rakovinaning ichki tomoni tekis bo‘lmaydi.
Ikkala zagotovka ham tayyor bo‘ldi. Rakovinani tuzishgina qoldi.
5. Sferani tanlab Align (tekislash) tugmasini faollashtiring.
6. Kursor belgisini sisterna ustiga olib borib ChSni bosing.
7. Paydo bo‘lgan panelda X Position (X bo‘yicha holat), Y Position (Y
bo‘yicha holat) va Current Object (dastlabki ob’yekt) va Target Object (tayanch
ob’yekt) bo‘limlarida, Center (markaz) ni qo‘ying.
8. Sferani belgilab, buyruqlar panelidagi Move (surish) tugmasiga va
Restrict to Z tugmasiga (Z bo‘yicha surishni chegaralash) ChS bilan bosing.
9. Rasmda ko‘rsatilganiday sferani sisternaga yuklang. Sferani kesib olib
tashlash qoldi.
4.3 rasm. Sisternaga yuklangan sfera
10.Sferani tanlashni bekor qiling, ob’yektni tanlash buyrug‘i yordamida
sisternani ajratib oling.
11.Create (yaratish) buyruqlar panelidan Compound Objects (tarkibli
ob’yektlar) variantini tanlang va Boolean (bulev) tugmasiga bosing. Panelning
pastki qismida parametrlarning bir qancha to‘plamlari chiqadi: Pick Boolean
(operandni yuklash), Parameters (parametrlar) va Display/Update
(ko‘rsatish/yangilash).
12.Pick Boolean (operandni yuklash) tuguni ulagichini Move (surish)
holatiga o‘tkazing.
13.Parameters (parametrlar) tugunida Subtraction (A-V) (ayirish (A-V))
ulagichini belgilang.
14.Pick Operand V (operand V amalini ko‘rsatish) tugmasiga ChS bilan
bosib keyin sferani belgilang. Sfera kesib tashlanadi. Qo‘shish-ayirish amallari
natijasi 4.4 rasmda ko‘rsatilgan.
4.4 rasm. Sferani kesib tashlagandan keyingi natija.
15.Move (surish) buyrug‘i yordamida, rakovinani Top (tepadan) oynasida
devorga joylashtiring.
|