4. Align Position (World) (holatni tenglashtirish (ekran bo‘yicha))
bo‘limida, tenglashtirish, qaysi koordinatalar bo‘yicha amalga oshishini ko‘rsating.
Otmetьte har birini koordinatadan navbat bilan belgilang va Top (tepadan
ko‘rinish) proyeksiyasidan, tenglashtiriladigan ob’yektni ko‘chib o‘tishi jarayoni
qanday yuz berayotganini kuzating.
3.12 rasm. Ob’yektlarni markazi bo‘yicha tenglashtirish namunasi
3.12 rasmda ko‘rsatilganiday, X, Y va Z koordinatalarining uchalasi ham,
markaz bo‘ylab ob’yektlarni tenglashtirishga olib keladi. Joriy ob’yekt (sfera)ning
tayanch nuqtasi, tayanch ob’yekt (konus) markazi bilan uchala koordinata barchasi
bo‘ycha usma-ust joylashadi. Tenglashtirishning qolgan parametrlari quyidagilarni
bildiradi:
1. Minimum (Minimum) — ob’yekt gabarit konteynerining eng yaqin
chekkasidagi tayanch nuqtasi;
2. Maximum (Maksimum) — ob’yekt gabarit konteynerining eng uzoq
chekkasidagi tayanch nuqtasi;
3. Pivot Point (tayanch nuqta) — ob’yektning tayanch nuqtasi.
4. Silindrni konusga nisbatan tenglashtiring, Current Object (dastlab ob’yekt)
ulagichini, Pivot Point (tayanch nuqta), Target Object (tayanch ob’yekt) va Center
(markaz) holatiga o‘tkazing.
5. Tenglashtirish natijasi 3.13 rasmda ko‘rsatilgan.
3.13 rasm. Silindrni konusga nisbatan tenglashtirish natijasi
6. Sferani konusga nisbatan tenglashtirishni, mahalliy koordinata tizimi
bo‘yicha talab qilingan mo‘ljal bo‘yicha belgilang. Buning uchun X, Y va Z
koordinatalari bo‘yicha belgilarni olib tashlang va Align Orientation (Local)
(mo‘ljalni tenglashtirish (mahalliy)) bo‘limidagi, X, Y va Z Axis koordinatalari
bo‘yicha belgilar qo‘ying.
Ikkita ob’yektni mahalliy o‘qlari yo‘nalishi bo‘yicha solishtiring. Silindr
ham konus singari mo‘ljallanadi. Mo’ljallash holat bo‘yicha tenglashtirishga
bog‘lanmagan. Match Scale (masshtablarni muvofiqlashtirish) bo‘limi koordinata-
ning mos keluvchi o‘qlari bo‘yicha muvofiq masshtablash imkoniyatini beradi.
Masshtablashning mosligi tenglashtiriladigan ob’yektlarning o‘lchamlariga to‘g‘ri
kelishi shart emas.
Dostları ilə paylaş: