1.16 rasm. Kamera turlari tugmasi bilan
2. Free (erkin) turdagi kamera tugmasiga ChS bilan bosamiz.
Buyruqlar panelining pastki qismida Parameters (parametrlar) bo‘lagi paydo
bo‘ladi.
3. Kameralarni qo‘yish uchun Perspective proeksiya oynasini tepa
qismiga
ChS ni bosing. Erkin kameraning ko‘rinishi 1.17 rasmda tasvirlangan.
1.17 rasm. Erkin kameralarning ko‘rinishi
Kamera parametrlarini moslashga o‘tamiz. Moslashtirish kamera o‘rnatilishi
bilan yoki o’tnatilgandan keyin Modify (o‘zgartirish) paneliga o‘tib bajarsa
bo‘ladi.
Kamera
parametrlarini moslash
Kamera parametrlarini moslash Parameters (parametrlar) bo‘limida
amalga
oshiriladi:
1. Lens (ob’yektiv) hisoblagichi maydonida ob’yektning fokus masofasini
bering. Qiymatlarning birnecha variantlarini sinab ko‘ring. Fokus masofasi qancha
katta bo‘lsa, kamera oynasida kattalashish shunchalik kuchli bo‘ladi.
2. Kameraga ko‘rish maydoni o‘lchamini o‘rnating. Kerakli qiymatni
o‘rnatish uchun, 1.18 rasmda ko‘rsatilgan, FOV (ko‘rish maydoni) hisoblagichidan
chapdagi tugmadagi tepa yoki pastga ChS bilan bosamiz.
1.18 rasm. Kamera ko‘rish maydonini o‘rnatish uchun parametrlar.
3. Show Con (piramidaning shartli belgisini ko‘rsatish) belgilang.
4. Perspective (Perspektiva) oynasi nomiga sichqoning o‘ng tugmasi bilan
bosing (bundan keyin shartli ravishda O’S deb ataymiz). Paydo bo‘lgan tushib
keluvchi menyudan View (ko‘rinish) buyrug‘ini tanlang, so‘ng Camera 01 ni
tanlang.
Perspektiva proyeksiyasi oynasi kamera joylashgan nuqtadan kuzatiladigan
holatga o‘tib qoldi. Bu kamera orqali ko‘rish oynasini boshqarish uchun, ekrannig
pastidagi o‘ng tomonida joylashgan tugmalar guruhidan foydalanish imkoniyatini
beradi. U 1.19 rasmda ko‘rsatilgan.
1.19 rasm Kamera orqali ko‘rinishni boshqarish tugmalari
5. Dolly Camera (kamera harakati)
tugmasiga ChS bilan bosib, kursorni
kamera oynasida biror tomonga suring. Tanlangan ko‘rinishni o‘rnating.
6. Roll Camera (kamera burilishi)
tugmasiga ChS bosib, kursorni surib,
kamerani burishingiz mumkin.
7. Ko‘rish maydonini o‘zgartirish. Buning uchun Field of View (ko‘rish
maydoni)
tugmasi ustiga ChS bilan bosib, kursorni kamera
oynasida vertikal
holatga suring.
8. Truck Camera (kameroy bilan kuzatish) tugmasidan foydalanib kamerani
o‘ngga, chapga va tepaga, pastga suring. Bu tugmaga
ChS ni bosgandan keyin,
ChS bilan kamera oynasiga
yana bir marta bosib, kursorni kerak bo‘lgan
yo‘nalishga suring.
Dostları ilə paylaş: