№-_16_-Mavzu:
3 DS Max dasturida injenerlik grafikasi-chizmachilik,
proektlash
Reja:
6.
Yordamchi ob’yektlarni belgilash
7.
To‘r-ob’yektini tenglashtirish
8.
Normallarni tenglashtirish
9.
Yorug‘lik manbailarini moslashtirish
10.
Kameralarni moslashtirish
Yordamchi ob’yektlarni belgilash
Yordamchi ob’yektlar chizish yoki harakatga
keltirish imkoniyatlarini
beradi, biroq yakuniy namoyishga ulanmaydi. Create (yaratish) buyruqlar panelida,
Helpers (yordamchi ob’yektlar) to’plamida (3.5 rasm) yordamchi ob’yektlar
turlari
to’liq ko‘rsatilgan.
6.5
rasm. Buyruqlar panelida belgilangan yordamchi ob’yektlarning
tugmalari.
Yordamchi to‘r-ob’yektini qo‘llash
To‘r-ob’yekti konstruktiv tekisliklar sifatida qo‘llaniladi, ularda sahnadagi
ob’yektlarning geometrik modeli quriladi. Qurilgandan keyin, ularni sahnadagi
boshqa ob’-yektlar singari surish va burish mumkin.
1. Create (yaratish) buyruqlar panelidagi Helpers (yordamchi ob’yektlar)
tugmalariga ChS bilan bosing.
2. Create (yaratish) buyruqlar panelidagi yordamchi ob’ektlarning Object Type
(ob’yekt turi) to‘plamidagi Grid (to‘r) tugmasiga ChS bilan bosing. Ob’yekt
to‘rining Parameters (Parametrы) tizimi paydo bo‘ladi. To‘plamdagi tugmani CHS
bilan bosing.
3. Spasing (interval) bo‘limidagi Grid (to‘r o‘lchami) hisoblagichi yordamida
to‘rning o‘nta chizig’iga teng qadamni bering. Bu qadamni modellar
masshtabini
muvofiqlashtirish uchun oldingi koordinata to‘ri qadamiga teng qilib o‘rnatish
maqsadga muvofiqdir.
4. To‘rning rangini faollashtirilganidan keyin Active Color (aktiv rang) ulagichi
yordamida tanlang. Aniqlashtirish uchun Home Color (to‘rning boshlang‘ich
rangi) ni tanlang. Ob’yektning chizig‘i ham oldingi to‘r rangiday bo‘ladi.
5. Display (ko‘rsatish) bo‘limida, ulagichni ZX Plane ( ZX tekisligi)
holatiga
o‘tkazing. To‘r ob’yekti qurilgandan keyin, u ZX tekisligida paydo bo‘ladi.
6. Perspective (perspektiva) oynasida to‘r-ob’yektini quring. Buning uchun
proyeksiya oynasiga ChS
bilan bosib, kursorni diognal bo‘yicha harakatlantirib
to‘rning qarama-qarshi burchagi joylashadigan nuqtaga bosing.
Qurish jarayonida to‘r o‘lchamini, Gride Size (to‘r o‘lchami) bo‘limidagi
Length (uzunligi), Width (eni) hisoblagichlarida kuzatib boring.
7. To‘rni 45o burchakka buring va oynaning o‘rtasiga joylashtiring. To‘r-ob’yekti
tayyor. yaratiladigan ob’yektlar, qurilgan to‘r
yuzasida joylashishi uchun, to‘r-
ob’yektini faollashtirish kerak.
8. To‘rni faollashtirish uchun, Views (ko‘rinishlar) menyusidagi Grids (Koordinat
to’ri) buyrug‘ini tanlang, shundan keyin Activate Grid Object (ob’yekt-to‘rni
faollashtirish) buyrug‘ini tanlang.
Faollashtirilgan to‘r 3.6 rasmda ko‘rsatilgan. Qurilgan to‘rdan foydalanib,
unda ob’yektlarni yaratish qoldi.
3.6 rasm. Faollashtirilgan to‘r-ob’yekti
6.6
rasm. Ob’yektni mo‘ljallash uchun to‘rdan foydalanish
9. Create (yaratish) Buyruqlar panelidagi Geometry (geometriya) tugmasiga
bosing, ro‘yxatdan Standard Primitives (standart primitivlar) variantini tanlang,
Teapot (choynak)
tugmasiga bosing, sichqon ko‘rsatkichini to‘r-ob’yekti ustiga
bosib choynakni quring. Sahna taxminan 3.7 rasmdagiday ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Endi, ob’yekt qayerda
qurilishidan qati nazar, u to‘r-ob’yekti bo‘yicha
mo‘ljallanadi, toki, yangi to‘r ob’yekti qurilib faollashtirilmagunicha.
10. To‘r-ob’yekti faolligini bekor qiling. Views (ko‘rinishlar)
menyusidan,
Grids (koordinat to‘rlar) buyrug‘ini tanlang, keyin Activate Home Grid (ob’yekt-
to‘rni o‘chirish) buyrug‘uni tanlang.
Dostları ilə paylaş: