7.6 rasm. Cho‘qqilar guruhini ajratish va surish misoli
Edit Geometry (Muharrirlanuvchi geometriya) bo‘limning boshqa buyruqlari
quyida keltirilgan:
•
Create (Yaratish) – fazoning istalgan joyida muharrirlanayotgan ob’yektga
ta’lluqli cho‘qqini yaratishga imkon beradi;
•
Delete (O‘chirish) – belgilangan cho‘qqi yoki cho‘qqilar guruhini o‘chirib
tashlaydi. Cho‘qqilar o‘chirilganda, cho‘qqilarga oid yoqlar ham o‘chiriladi;
•
Collapse (Yig‘ishtirish) – belgilangan cho‘qqilar guruhini yig‘ishtirish.
Bunda yig‘ishtirilyotgan cho‘qqilar belgilangan cho‘qqilar markazida joylashgan
cho‘qqiga yig’ishtiriladi. 7.7 rasmda cho‘qqilarni yig‘ishtirish misoli keltirilgan.
Selection (Tanlov) to‘plamida quyidagi elementlar ta’sirini ko‘rib chiqing:
•
Hide (Yashirish) – belgilangan cho‘qqilarni yashirish; yashirilgan
cho‘qqilarni muharrirlab bo‘lmaydi;
•
Unhide All (Hammasini ko‘rsatish) – Hide (Yashirish) element harakatining
teskarisini bajaradi; yashirilgan cho‘qqilarni ko‘rsatadi;
•
Remove Isolated (Ajratilganni o‘chirish) – belgilanishiga qaramay ob’yekt
tarkibidagi ajratilgan cho‘qqilarni o‘chiradi.
7.4.Cho‘qqilar muharririni ishlatish misoli
Dostları ilə paylaş: