Perspective (perspektiva) proyeksiyasi oynasi ishchi stolning butun yuzasiga
ochiladi.
2. Create (yaratish) buyruqlar paneli ro‘yxatidan Extended Primitives
(yaxshilangan primitivlar) variantini tanlang va L- Ext (L- ekstruziya tanasi)
tugmasiga bosing.
Bu tugma L harfi shaklidagi devorni qurish imkoniyatin beradi. Shunga
o‘xshash ikkinchi buyruq C- Ext (S-ekstruziya)
S shaklidagi devorni qurish
imkoniyatini beradi.
3. Tana qirqimini burchakdan boshlab qurish uchun Creation Method
(yaratish usuli) to‘plami ulagichini Corners (burchaklar) holatiga o‘tkazing.
Ulagich Center (markaz) holatiga o‘tkazilgan variant esa qirqimni
markazdan qurish imkoniyatini beradi.
4. Ekranning ishchi maydoniga ChS bilan bosing va sichqon tugmasini
qo‘yib yubormasdan, kursorni diognal bo‘ylab harakatlantiring.
Devorni qurayotganda Side Length (yon devorning uzunligi), Front Length
(frontal devorning uzunligi) va Side Width (yon devorning qalinligi), Front Width
(frontal devorning qalinligi) parametrlari qiymatining o‘zgarishini kuzatib boring.
5. Yaratayotgan ob’yektingiz qurilib bo‘lgandan keyin sichqonni qo‘yib
yuboring.
Ob’yekt tanlangan holatdan chiqib ketmasdan, mos keluvchi
hisoblagichlarda uzunlik va qalinliklarning aniq qiymatlarini o‘rnating. Endi,
yaratilgan ob’yektni Move (surish) asbobidan foydalanib ishchi stolining kerakli
joyiga o‘rnatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: