Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 8,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/139
tarix30.09.2023
ölçüsü8,06 Mb.
#150807
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   139
Kompyuter grafikasi va dizayn Xolmirzayev Olmasbek Rasuljonovich

№-_18_-Mavzu:
3 DS Max da uch o‘lchamli grafika dasturida oddiy 
animatsiyalar yaratish 
Reja: 
4.
Shvabra yasash
5.
Tukni yaratish
6.
Chelak yasash
Shvabra yasash
Qayta shakllantirish buyruqlari va yordamchi ob’yektlardan foydalanib 
qurilgan bir necha primitiv geometrik ob’yektlardan shvabra tashkil topgan 
bo‘ladi.
1. Siz sahnaning bir qismini modellashtirdingiz va uni saqlash kerak bo’ladi. 
File (fayl) menyusidan Save As (qanday saqlash) buyrug‘uni tanlang.
2. Paydo bo‘lgan muloqot oynasiga faylning nomini kriting va Save 
(saqlash) tugmasini bosing. Sizning sahnangiz ko‘rstilgan nom bilan saqlanadi.
3. Create (yaratish) buyruqlar panelidagi ro‘yxatdan Extended Primitives 
(yaxshilangan primitivlar) qiymatini tanlab, keyin Oil Tank (sisterna) tugmasiga 
bosib shvabraning ushlagichini yasang.
4. Y o’qi atrofida ushlagichni 20° ga buring. Buning uchun Select and 
Rotate (belgilash va burash) tugmasiga ChS bilan bosing, keyin xuddi shu tugmaga 
O’S bilan bosing. 
Burish buyrug‘ining muloqot oynasi paydo bo‘ladi. 
5. Surushlarni chegaralash panelidagi Restrict to Y (Y o‘qi bo‘yicha 
chegaralash) tugmaga bosing va muloqat oynasida Y o‘qi bo‘yicha burish 
burchagini qiymatini kiriting.
6. Yasalgan ruchkani Move (surish) tugmasi amali yordamida devorga 
o‘tkazing. 
Shvabra asosini qurishga o‘tamiz.
7. Perspective (perspektiva) oynasida Capsule (kapsula) va Box 
(parallelepiped) ob’yektlarini quring. 
Bu zagotovkalar 4.5 rasmda ko‘rsatilgan. 
4.5 rasm. Kapsula va parallelepiped. 
8. Oldindan ko‘rish oynasini Front (oldindan ko‘rinish) ga o‘tkazib, 
kapsulani parallelepiped tekistliklari normallari bo‘yicha tenglashtiring. Buning 
uchun Normal Align (normalni tekislash) asbobini ishlating. Tenglashtirish 
natijasi, 4.6 rasmda ko‘rsatilgan.


9. Restrict to Y (Y o‘qi bo‘yicha chegaralash) tugmasiga ChS bilan bosib, 
kapsulani, 4.7 rasmda ko‘rsatilganday, parallelepipedning o‘rtasiga olib borib 
yuklang.
10.Kapsulani belgilang, Create (yaratish) buyruqlar panelidan Geometry 
(geometriya) tugmasini bosing, ro‘yxatdan Compound Objects (tarkibli ob’yektlar) 
variantini ko‘rsating va Boolean (bulev) tugmasini bosing. 
11.Operation (operasiya turi) tizimidan, Subtraction (A-V) (ayirish (A-V)) 
ulagichini belgilang, Pick Operand V (operand Vni belgilash) tugmasini bosing va 
ChS bilan parallelepipedga bosing. 
4.6 rasm. Kapsulani to‘g‘riburchak normali bo‘yicha tenglash. 
4.7 rasm. To‘rtta ishchi proyeksiyada qurishni ko‘rish. 
Kesish-qo‘shish amallari bilan olib tashlash natijasi 4.8 rasmda ko‘rsatilgan. 
4.8 rasmda. Parallelepipedni o‘yib olish (ayirish) natijasi. 

Yüklə 8,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin