Karkasli ob’yektlar uchun tekislashda
shunday imkoniyat borki,
tekislanayotgan ob’yektning ixtiyoriy yogiga o‘tkazilgan normal (perpendikulyar)
tayanch normal bilan jipslashadi.
1. Perspective (perspektiva) oynasining nomida O’S
bosing va paydo
bo‘lgan menyuda ChS bilan Wireframe (karkas) buyrug‘ini bosing, shunda oynada
yoqlardan iborat karkaslar tasviri paydo bo‘ladi.
2. Sferani belgilab, Align (tenglashtirish) instrumentlar panelida Normal
Align (normalni tenglashtirish) tugmachasini faollashtiring.
3. Tekislanayotgan normalni belgilang, kursorni yoqlarning biriga olib
boring va kursor hoj shakliga kirganda ChSni bosing.
Yoqning normali ko‘k rangdagi strelka shaklida tasvirlanadi (3.14 rasm)
1.14
rasm. Normal sferaning yoqlari uchun belgilangan.
4. Konus yoqlarining biriga kursorni qo‘ying va ChSni bosing. Sichqonning
tugmachasi qo‘yib yuborilganida, sfera
shunday suriladi va aylanadiki, uning
tenglashtirilayotgan normali tayanch normalning boshlang‘ich nuqtasiga
chiqib
keladi, lekin qarshi yo‘nalishda (3.15 rasm). normalning tenglashishi bilan bir
vaqtda Normal Align ( normalni tenglashtirish) muloqat oynasi paydo bo‘ladi.
5. Sferani mahalliy koordinat tizimida surish uchun Position Offset
(holatdan surish qiymati)
guruhining muloqat oynasida X, Y va Z o’qlari bo‘yicha
surish qiymatini bering.
6. Sferaning normal yo‘nalishi atrofida aylantirish uchun Rotation Offset
(burilish burchagini o‘stirish) guruhidagi Angle (burchak) hisoblagichiga
burilish
burchagi qiymati kiritiladi. Sferani normal atrofida 900 burash misoli 3.16 rasmda
keltirilgan
7. Dastlabki va tayanch normallari bir tomonga yo‘naltirilgan bo‘lishi uchun
Flip Normal (normalni aksiga aylantirish) belgilang.
Agar Flip Normal (normalni aksiga aylantirish) belgilanmagan bo‘lsa,
normallar qarshi tomonlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Talab qilingan parametrlar
berilganidan keyin OK tugmasini bosing
3.15 rasm.Sferani normal bo‘yicha tenglashtirish.
3.16 rasm. Sferani normal atrofida burash.
8. Ranglashtirilgan tasvirga qaytamiz. Perspective (perspektiva) oynasi
nomiga O‘S
bilan bosib, paydo bo‘lgan oyna menyusidagi Smooth + Highlights
(silliqlash + shu’la) tugmasiga ChS bilan bosing. Qirrasi bo’lmagan ob’yektlar
uchun (yordamchi ob’yektlar, muhit effektlarining o‘lcham qobig‘i)
normal
sifatida mahalliy koordinatalar tizimining Z o‘qidan foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: