1.12 rasm. Materiallar va teksturalar ko‘rish oynasi
Ko‘rish oynasi
ni Get Material (material olish) tugmasini bosib ham
chaqirsa
bo‘ladi.
3. Browse From (materiallar manbai) guruhdagi Mtl Library (materiallar
kutubxonasi) o‘chirib-yoquvchi tugmasini ChS bilan bosing. Materiallar
kutubxonasi mavjud bo‘lgan materiallarni ko‘rish va tanlash imkoniyatini beradi.
4. Show (ko‘rsatish) guruhidagi Root Only (faqat natijani) bayroqchasini
ChS bilan bosing. Bu bayroqcha faqat natija beruvchi tarkibiy materialni
tasvirlaydi.
5. Nomlangan materiallar ro‘yxatidan ChS bilan Wood (yog‘och) tanlang.
Tanlangan material, tepa chap burchakda joylashgan Material/Map Browser
(material va tekstura kartasi) namunalari ko‘rish oynasida paydo bo‘ladi.
Materialni ob’yektga berish qoldi.
6. Proyeksiya oynasida parallellepiped quring. Material muharriri namuna
kataklaridan biridagi materialni tanlab, Assing Material to Selection (tanlangan
ob’yektga material belgilash) tugmasini bosing.
Bo‘yalgan parallelepiped 1.13 rasmda ko‘rsatilgan. Boshqa ob’yektlarga
ham materiallarni mustaqil tanlab qo‘ying.
1.13 rasm. Materialardan foydalanish namunasi.
Shunday qilib, ob’yektlarga material berishning bitta usuli ko‘rib chiqildi.
Materiallarni yaratish va tahrir
qilish imkoniyati juda katta, ijod qilish doirasi
keng.
№-_14_-Mavzu:
3DS Max da grafik muharrirlarida
murakkab tasvirlar
yaratish
Reja:
4.
To‘rlarni ob’yekt darajasida muharrirlash
5.
To‘rlar cho‘qqilarini muharrirlash
6.
Buyruqlarni o‘rganish asosida to‘r cho‘qqilarini muharrirlash
Dostları ilə paylaş: