Perspektiva effekti tasvirga ko`ruv chizig`i yo`nalishini hisobga olgan holda chuqurlik
va hajm taasurotini beradi. Perspektiva effektini qo`llash orqali ob'ekt
sahna foni
chuqurligida kichraygandek tuyuladi.
Perspektiva effektini bitta ob'ektga va ob'ektlar guruhiga qo`llash mumkin. U bir
vaqtning o`zida bir nechta ob'ektga qo`llanilishi mumkin emas. Lekin uni bir
ob'ektdan boshqa ob'ektga nusha olib o`tkazish mumkin.
•
Perspektiva effektini qo`llash uchun oldin ob'ekt yoki ob'ektlar guruhini
belgilab olish lozim. Keyin Effects/Add Perspektive (effektlar/perspektivani
qo`llash) komandasi tanlanadi. Shundan keyin ob'ekt yoki ob'ektlar
guruhi
burchaklarida bog`lamlar i bilan to`g`ri burchakli punktir ramka bilan ajraladi.
Ramka ichi esa vertikal va gorizontal holatdagi yo`naltiruvchi
chiziqlar bilan
qoplanadi.
•
Ob'ektga perspektiva effektini berish uchun esa avtomatik ravishda paydo
bo`luvchi Shape (shakl) instrumentidan foydalanamiz. Buning uchun esa bu
instrument yordamida ob'ekt
burchaklaridagi bog`lamlar dan birini ushlab kerakli masofaga tortamiz.
•
Bog`lamni surish yunalishi ob'ektga qaysi turdagi (bir yoki ikki nuqtali)
perspektiva qo`llanilishiga ta'sir qiladi.
Agar CTRL klavishini ushlab turib bog`lamlar dan birini vertikal yoki gorizontal
bo`yicha sursak bir nuqtali perspektiva effekti hosilbo`ladi. Bog`lamni tortish
jarayonida biz CTRL klavishini ushlab turmasak ikki nuqtali perspektiva effektini
hosilqilgan bo`lamiz.
Dostları ilə paylaş: