Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 8,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/139
tarix30.09.2023
ölçüsü8,06 Mb.
#150807
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   139
Kompyuter grafikasi va dizayn Xolmirzayev Olmasbek Rasuljonovich

 


№-_26_-Mavzu:
Corel Drawda obyektlarni to‘ldirish, konturlar atributlari
Reja: 
4.
 
Primitiv shakllar va diagramma to`rlari chizish
 
5.
 
To‘rtburchakliklar, ellipslar, ko‘pburchakliklar, yulduzlar,
 
6.
 
Spiral va diagramma to‘rlari
 
To‘rtburchaklik - bazaviy shakllarning eng oddiysi hisoblanadi. Bu shaklni 
yaratish uchun grafika panelida maxsus vositalar qo‘yilgan. Bu oddiy va tushunarli 
bo‘lgan instrument bilan turli shakl va o‘lchamdagi to‘trburchaklikni yaratish 
mumkin. 
Bu komandani ishga tushirish uchun grafika panelidagi Restangle 
(to‘rtburchaklik) instrumenti yoki F6 funktsional klavishi tanlanadi. 
Bundan tashqarihujjat oynasida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish orqali 
kontekst Create Object/ Rectangle (F6)- ob'ekt yaratish/ to`rtburchaklik (F6) 
komandasini tanlash mumkin. 
Rectangle (To‘rtburchaklik) komandasini tanlagandan keyin sichqonchaning 
ko‘rsatgichi kichkina xoch shakliga kiradi va chizmaning boshlang`ich nuqtasini 
belgilab beradi. Xochning o‘ng tomonida pastda esa kichkina to‘rtburchaklik 
tasvirlangan bo‘ladi. 
To‘rtburchak yaratish uchun burchak nuqtasining ustida sichqonchaning chap 
tugmasini bosib turib diagonal bo‘ylab to‘rtburchakning qarama-qarshi burchagiga 
qarab tortiladi. Sichqonchaning tugmasini qo‘yib yuborgandan keyin to‘rtburchak 
hosil bo‘ladi. Chizish jarayonida atributlar panelida to‘rtburchakning markaz 
koordinatalari, shuningdek eni va bo‘yining aniq o‘lchamlari paydo bo‘ladi. 
Agar to‘rtburchakni yaratish jarayonida CTRL klavishini bosib tursak to‘rt tomini 
ham bir hil o‘lchamda va nisbatdagi to‘rtburchaklik hosil bo‘ladi. 
Chizilgan to‘rtburchaklik rasmda quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: 
Markazda jolashgan X harfi ko‘rinishdagi belgini bosib turib 
sursangiz va uni boshqa joyga olib borib qo‘yishimiz mumkin. 
Corel DRAW dasturida burchaklari tutashib ketgan 
to‘trburchaklikni hosil qiluvchi instrument yo‘q. Bu vazifani 
esa Shape (shakl) instrumenti yordamida bajaramiz. Bu instrumentni to‘trburchakni 
hohlagan nuqtasiga olib borib bosamiz va chetga suramiz. Shundan keyin to‘rtta 
burchak birdaniga yoy holicha tutashadi. To‘rtburchakning burchaklarini yoy holida 
tutashtrishning interaktiv usuli juda qulay. Bunda har bir burchakni bo‘lak holatda 
tutashtirish mumkin. Buning uchun Z klavishini bosib, bog`lamni sichqoncha bilan 
bosish kerak. Shundan keyin Shape (shakl) instrumenti yordamida suriladi va 
to‘trburchakning bitta burchagi yoy holida tutashtirish zarur bo‘lsa Z klavishi bilan 
birga SHIFT klavishi ham bosiladi va kerakli burchaklar ketma-ket tutashtriladi. 


To‘rtburchaklik aktiv ob'ektga aylangandan keyin, atributlar panelida tutashma foizini 
hohlagancha o‘zgartirish mumkin. 

Yüklə 8,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin