71
Teshiklarni ishlashning elektr uchqunli metodi elektr erroziya hodisasiga,
ya’ni metallni elektr razryadlari ta’sirida yemirilish hodisasiga asoslangan. Bu
metodning mohiyati quyidagicha. O‘zgarmas elektr toki qurolga va ishlanadigan
detalga yuboriladi. Ishlanadigan teshik shaklida yasalgan qurol katod vazifasini,
detal esa anod vazifasini o‘taydi. Maxsus elektr magnit qurilma yordamida katod
vertikal tebranma harakat qiladi. Qurol ko‘tarilganda va tutashganda u bilan detal
orasida elektr razryadlari hosil bo‘ladi, detal eriydi va uning zarralari suyuqlikka
cho‘kadi.
Elektrolit (kerosin, mineral moy) li vannaga ishlanadigan buyum solinadi.
Unga tok manbaining musbat qutbi ulanadi, qurol shpindelga mahkamlanadi.
SHpindelga elektr qurilmaning manfiy qutbi ulanadi. Elektr qurilma rejim
rostlagich va kondensatordan iborat. Elektr uchqunli ishlov natijasida shakli qurol
shakliga mos teshik ochiladi.
Teshik 3-aniqlik va 6-7 tozalik klassigacha ishlanadi. Bu usul istalgan
qattiqlikdagi metallda (hatto qattiq qotishmalar ham) eng murakkab shaklli
teshiklar ochishga imkon beradi.
Nazorat savollari:
1. Egovlash deganda nimani tushunasiz?
2. Egovlar qanday materiallardan yasaladi?
3. Egov dastalari.
4. Egovlashda tekis yuzalarga qanday ishlov beriladi?
5. Bo‘yoq surib egovlash deganda nimani tushunasiz?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Chilangarlik ishlari” Xaydarov Botir Mashrapovich
Toshkent 2016. – 212 b.
2. “Chilangarlik modellashtirish ishlari” Sh. Karimov «Voris nashriyot» 2007.
184 b
3.
Matkarimov A, Axmadjonov F. Materialshunoslik. Kasb-hunar kollejlari
uchuno‘quv qo‘llanma. T. «O‘qituvchi» 2007. 80 b
Internet sayt
Dostları ilə paylaş: