14
Yong‘inning oldini olish tadbirlari: tashkiliy (ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchi
navbatchilik yoki yong‘indan muhofazalash navbatchilar guruhini tuzish, omma
orasida tushuntirish ishlarini olib borish).
Texnikaviy tadbirlarga quyidagilar kiradi: Yong‘in yoki portlash jihatidan
xavfli xonalarga alohida konstruksiyali elektr jihozlar o‘rnatish, nosoz pechlar,
mashinalar, elektr jihozlardan,
shuningdek, oson alangalanadigan suyuqliklar
saqlanadigan yoki ishlatiladigan joylarda olovdan foydalanishni taqiqlab
qo‘yish, yashin qaytargich o‘rnatish, chiqqan yong‘inning tarqalishiga yo‘l
qo‘ymaslik choralarini ko‘rish (ob’ektlarni o‘tga chidamli materiallardan qurish,
binolar orasidagi yong‘inga qarshi oraliqlarga rioy aqilish), yong‘inni
o‘chirishni yengillashtiradigan tadbirlarni ko‘rish (Yong‘inni o‘chirish
narvonlari, yong‘inni kuzatish mumkin bo‘lgan balandliklar, suv havzalari va
binolarga kelish yo‘llarini qurish, yong‘in aloqasi
hamda xabarlagichlar
o‘rnatish
O‘t o‘chirish vositalari -yong‘inni o‘chirish yo‘llari va o‘t o‘chirgich
moddalarning xususiyatlariga mos ravishda yong‘inni o‘chirish vositalari tanlab
olinadi. Ular asosiy, maxsus va yordamchi vositalarga bo‘linadi.
Asosiy vositalar - yong‘inga o‘t o‘chirish vositalarini (suv, ko‘pik, kukun,
karbonad angidrid gazi va boshq.) sepish uchun belgilangan. Bularga avtomobil
avtosisterna, motopompa, o‘t o‘chirgichlar va boshqalar kiradi.
Yong‘inni o‘chirishda maxsus ishlarni bajarish uchun ishlatiladi. Ularga
avtonarvonlar va tirsakli ko‘targichlar, yoritish va aloqa avtomobillari,
shuningdek tezkor avtomobillar kiradi.
Yordamchi vositalar-yong‘inni o‘chirish ishlarini bajarish uchun yetarli
sharoit yaratadi. Bularga avtosuv quygichlar,
yuk avtomobillari, avtobuslar,
traktor va boshqa mashinalar kiradi.
O‘t o‘chirgichlar- yong‘in boshlanish vaqtida o‘chirish uchun qo‘llaniladi. Ular
turli hajmdagi o‘t o‘chiruvchi moddalar bilan to‘lg‘iziladi. O‘t o‘chiruvchi
moddalarning tarkibiga qarab o‘t o‘chirgichlar ko‘pikli, gazsimon, suyuq, kukunsimon
guruhlarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: