52
Qizdirish yo‘li bilan to‘g‘rilash (zarbasiz). Profil metall (tavrli, ikki tavrli,
burchaklik, shveller), ichi bo‘sh val, qalin po‘lat listlarning
egilgan joylarini
qizdirish yo‘li bilan to‘g‘rilanadi. Buning uchun kavsharlash lampalari yoki gaz
gorelkalaridan foydalaniladi. Qizdirilayotgan metallni ranggi qizg‘ish tus olib,
elastik holatga kelgach, xom asbest yoki ho‘l latta bilan sovitiladi.
Sovish
natijasida u to‘g‘rilanib qoladi.
Sovuq holda rixtovkalash. Payvandlangan buyumlardagi uncha katta
bo‘lmagan nosozliklar qo‘lda yumshoq bolg‘achalar bilan to‘g‘rilanadi, buning
uchun taxta yoki sandonga qo‘yib bolg‘alanadi. O‘ta egilgan yaxlit buyumlarni esa
maxsus presslarda har xil to‘g‘rilash moslamalarini qo‘llab to‘g‘rilanadi.
Payvandlangan detallarni sovuq holda to‘g‘rilashda ehtiyot bo‘lish, chokning
mustahkamligini saqlash uchun muhrasi tekis bo‘lgan bolg‘adan foydalanish kerak,
aks holda bolg‘aning o‘tkir qirralari payvand choklarini yaroqsizlantirib, detalning
mustahkamligini yo‘qotadi.
Detall va zagotovkalarni qo‘lda to‘g‘rilash sermashaqqat va unumsizdir.
Shuning uchun bu usul kichik partiyadagi detallarni to‘g‘rilashda qo‘llaniladi.
Sanoat korxonalarda bu ish mashinalar zimmasiga yuklangan.
Eguvchi jo‘va (valts)lar. Sanoat korxonalarida listlar
sirtidagi notekislik
jo‘valar yordamida to‘g‘rilanadi. Jo‘valashning mexanizatsiyalashtirilgan turlari
bor. Qo‘l yoki uch valli eguvchi jo‘valar bilan sirtlardagi notekisliklar: g‘adir-
budirlik, qavariq va shunga o‘xshash notekisliklar to‘g‘rilanadi. Qalinligi 3 mm
gacha bo‘lgan listlar odatda, uch vallarda, undan qalinrog‘i maxsus mashinalarda
to‘g‘rilanadi.
Uch valli list eguvchi mashinalar korpusga o‘rnatilgan uchta ostin-ustin
joylashgan tsilindr vallardan iborat. Zarur bo‘lib qolganda listning qalinligi
hisobiga vallar bir biridan uzoqlashtirilishi yoki yaqinlashtirilishi mumkin. Ish
jarayonida listlarning osilib qolmasligi uchun mashina qo‘shimcha
val bilan
jihozlangan.
Zubilo dasta, ish va zarb beriladigan qismlardan iborat. Dasta ovalsimon
yoki yassi valsimon shaklda bo‘ladi. Ish qismi pona shaklida. Uning yon sirtlari
charxlangandan so‘ng o‘tkir kesuvchi qirra (tig‘) hosil bo‘ladi.
Nazorat savollari:
1.Metallarni to‘g‘irlash tartibi qanday bajariladi?
2. Toblangan detallarni rixtovkalash (to‘g‘rilash)ni tushuntiring
3. Metallarni to‘g‘irlash turlarini aytib bering
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.“Chilangarlik ishlari” Xaydarov Botir Mashrapovich
2. “Chilangarlik modellashtirish ishlari” Sh. Karimov «Voris nashriyot» 2007. 184
b
Internet sayt
Dostları ilə paylaş: