82
Parmalash dastgohida bajariladigan
ishlar.
teshiklarni kengaytirish (b); zenkerlash
(yuqori kvalitetda toza sirtlar hosil qilish
uchun) (v); teshiklarni yo‘nish (g);
teshiklarni
zenkerlash,
faskalar,
tsilindrsimon va konus o‘yiqlar hosil
qilish (d); teshiklarni silliqlash (e);
rolikli to‘g‘rilagichlar bilan teshik
sirtlarini jo‘valash (yo); metchiklar bilan
ichki kertik kesish (j); torets, bo‘rtma va
shunga o‘xshash elementlarni kesish (z).
Parmalash
dastgohlari
universal,
ixtisoslashtirilgan va maxsus turlarga
bo‘linadi.
Stol vertikal dastgohi 2M112 diametri 12 mm dan katta bo‘lmagan
teshiklarni parmalashda ishlatiladi. U kolonka, elektryuritgich, shpindel babkasini
ko‘tarish mexanizmi, kronshteyn, stol, qo‘l bilan aylantiriladigan dasta, shpindel va
shpindel babkasidan tuzilgan. Dastani aylantirish bilan dastgoh shpindeli pastga va
yuqoriga suriladi. Dastgohning almashlab ulagichida «chapga», «o‘ngga» va «0»
yozuvlari bor. SHpindelni ko‘rsatib o‘tilgan uchta holatga o‘tkazish mumkin.
Universal vertikal parmalash dastgohi 2N125L mashinasozlik zavodlarining
yordamchi yoki asosiy tsehlarida parmalash, kengaytirish, rezbalar qirqish kabi
ishlarda qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: