Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


 Rivojlangan mamlakatlar sanoatida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/83
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210355
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

1.5. Rivojlangan mamlakatlar sanoatida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini 
qo‘llash 
 
Tiklanuvchan energiya manbalarining asosiy afzalligi tugallanmasligi va 
ekologik tozaligi hisoblangan, ulardan foydalanish planetaning energetik 
muvozanatini o‘zgartirmaydi. Bu sifatlari tiklanuvchan energetikaning chet ellarda 
ham ularning yaqin o‘n yil ichida ma’lumot keng rivojlanishiga hizmat qiladi. 
Tiklanuvchan energiya manbalari insoniyat oldida turgan uchta global muammolarni 
echishda sezilarli rol o‘ynaydi: energetikada, ekologiyada, savdo-sotiqda. 
Quyosh energetikasi.
Fotoelementlar (quyosh energiyasining elektr 
energiyasiga aylanishi) va tizimlar ishlab chiqarishda katta samara kutilmoqda. 1999 
yilda fotoelementlar yordamida yillik energiya ishlab chiqarish 200 mVtni tashkil 
etdi. Yetakchi davlatlar – Yaponiya-80, AQSH-60, Germaniya-50 mVt (Rossiya-0,5 
mVt). Quyoshli suv isitkichlar (quyosh kollektorlari)ning umumiy yuzasi, to‘liq 
bo‘lmagan ma’lumotlarga asosan, dunyoda 21 mln.m

dan oshdi, bunda quyosh 
kollektorlarini yillik ishlab chiqarish 1,7 mln.m

dan oshdi. Yetakchi davlatlar: 
YAponiya-7, AQSH-4, Isroil-2,8, Gretsiya-2,0 mln.m
2
(Rossiya-0,1 mln.m
2
). 
Shamol energetikasi. 
Shamol qurilmalarining o‘rnatilgan quvvati dunyoda 
1996 yil 6172 mVt dan 1999 yil 12000 mVt gacha oshgan va 2006 yilda 3600 mVt 
ga etgan. Yetakchi davlatlar: Germaniya-4444 mVt, AQSH-1819, Daniya-1752, 
Ispaniya-1539, Hindiston-1100 mVt (Rossiya-4 mVt). Shamol energetik sanoatining 
aylanishi dunyoda 1998 yilda 1,7 mlrd.doll. ni tashkil etgan va oldingi yildagilarga 
nisbatan 31% ga ortgan.
Gidroenergetika.
Dunyodagi gidravlik energiyaning iqtisodiy potensiali 8100 
tVt.s ga baholanadi. Barcha gidrostansiyalarning o‘rnatilgan quvvati 669 tVt ni 
tashkil etadi, ishlab chiqariladigan elektr energiya esa 2691 tVt.s.ni tashkil etadi. 
Shunday qilib, iqtisodiy potensial 33% ga etadi. Kichik gidroenergetikadagi dunyo 
bo‘yicha etakchi Xitoy hisoblanib, u erda 1950 yildan 1996 yilgacha kichik GES 
larning umumiy quvvati 5,9 dan 19200 mVt gacha o‘sdi. Yaqin o‘n yillikda Xitoyda 
yiliga 100 mVt gacha quvvatni kiritgan va uni yanada oshirish maqsadida ishlarni 


30 
olib bormoqda. Shu kecha kunduzda Xitoyda yangi “uch dara” (tri uщelya) nomli 
juda katta gidroelektrostansiya qurilgan. Bu GES quvvati 22,4 gVt ni tashkil etib, 
jahonda eng katta GES hisoblanadi. Hindistonda 1998 yil yakunida kichik GESlar (3 
mVt gacha birlamchi quvvatli) ning o‘rnatilgan quvvati 173 mVt ni tashkil etgan; 
qurilish bosqichida umumiy quvvati 188 mVt bo‘lgan GESlar mavjud. Bir qator 
Yevropa davlatlari shu qatori, Avstraliya, Finlyandiya, Shvetsiya va boshqa 
davlatlardagi kichik GESlar samarali ishlayapti. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin