87
shamol oqimiga perpendikulyar bo‘lgan vertikal o‘qi bo‘yicha
aylanish
(Darve rotori) (4.7-rasm).
a)
b)
4.7-rasm.
Shamol energetikasi qurilmasi
a
- gorizontal o‘qi bilan aylanish;
b -
vertikal o‘qi bilan aylanish.
Biz bu yerda keng ko‘lamga ega bo‘lgan shamol qabul qilgich qurilmasining
birinchi variantini ko‘rib chiqamiz (4.8-rasm).
4.9-rasmda UVM-2 ning shamol mexanik qurilmasi ko‘rsatilgan,
u qishloq
xo‘jaligining ishlab chiqarish ob’ektlarida suv manbalardan suvni ko‘tarib olishning
mexanizatsiyasi uchun mo‘ljallangan.
Asosiy bo‘g‘inlar: shamol g‘ildiragi,
boshcha suyanchiq, suv ko‘targich
qurilmasi. Ko‘p va katta aylanish momentlari bilan sekin yuruvchi ishlash
hususiyatiga ega va hech qanday qo‘shimcha qurilmalarsiz shamol yo‘nalishi
bo‘yicha o‘rnatiladi.
Shamol parraklari kuydagi ko‘rinishlarga ega bo‘ladi:
88
4.8-rasm
. Shamol parragining xillari.
Boshcha mushtga va richagli tizimi yordamida shamol g‘ildiragi aylanish
harakatdagi valning nasos yuritish og‘irligining qayta-tutish
harakatiga aylantirish
bilan ta’minlaydi. Suyanchiq 3 ta ustundan tashkil topgan. Uning yuqorigi qismida
boshcha shamol g‘ildiragi bilan qotiruvchi flanets mavjud.
Asosiy qurilmani
ta’mirlashda gruntga cho‘ktirilgan nasosdan va suv bosimli trubadan tashkil topgan.
Shamol qurilmasining yuklanishdan shamol tezligining 7 m/s dan oshmaganda
himoya shamol g‘ildiragining og‘dirilishi hisobiga amalga oshiriladi.
Shamol qurilmasining va ishga tushirish ishlarini og‘irlik ko‘tarish
mexanizmisiz 3 kishilik brigadasi yo‘lga qo‘yishi mumkin.
Qurilmaning ekspluatatsiyasi uchun xizmat qilish personalining doimiy joyida
bo‘lmasligi ham mumkin.
4.10-rasmda ishlab chiqarishning (litr/soatda) shamol tezligiga (m/s) bog‘liqlik
xarakterli grafigi ko‘rsatilgan.
Shamol mexanik agregatlarning turli modifikatsiyasi o‘zining konstruktiv
xususiyatlari va ekspluatatsion xarakteristikalarga ega (4.4-jadval).