84
Havo oqimining parrakka bosimi oqim tezligi qancha katta bo‘lsa, parrakni
shuncha tez aylanishga majbur qiluvchi aerodinamik kuch momentini hosil qiladi.
Biron yo‘l bilan parrakning aylanish tezligini o‘lchab, uni aylanib o‘tuvchi havo
tezligini aniqlash mumkin.
Shunday qilib, aylanish tezligini o‘lchovchi
taxometr rotoanemometrning
ikkilamchi datchigi vazifasini bajaradi.
Aniqlik maqsadida to‘rtta kosali parrak uchun havo oqimining tezligi va
parrakning aylanish tezligi orasidagi bog‘liqlikni o‘rganamiz
Tretyakov shamol o‘lchagichi
Bu asbob dala sharoitida shamolning tezligi va yo‘nalishini aniqlashga xizmat
qiladi. Flyuger kabi bu asbobning ishlashi ham erkin osib qo‘yilgan qoshiqsimon
shaklli metall plastinaning aylanishiga asoslangan (4.6 - rasm).
Shamolning
yo‘nalishi flyugarka yordamida aniqlanadi.
4.6-rasm
. Tretyakovning shamol o‘lchagichi
Asbob quyidagi tuzilishga ega. Uchli nayza bilan tugovchi vertikal o‘q 1 da
rumblarning nomi tushirilgan sakkiz qirrali yig‘ma yulduz 2 mahkamlangan.
Kuzatishlarda hisoblash oson bo‘lishi uchun yozuvlar yulduzning pastki yuzasiga
tushirilgan. Vertikal o‘q 1 ga kichkina silindr 3 yordamida 5 posongili flyugarka 4 va
85
o‘zaro 76° burchak ostida qattiq mahkamlanib, o‘q 8 da erkin aylana oladigan 6 va 7
plastinkalardan iborat harakatchan tizim kiydiriladi. Flyugarka 4 qirqimlarga ega
bo‘lgan to‘lqinsimon egilgan plastina ko‘rinishida tayyorlangan. Posongi 5 sharnirli
tirsak 9 ga ega va asbob qutiga yig‘ilgan vaqtda yuqoriga ko‘tariladi. Plastinka 6 ning
pastki qismida uchli nayza ko‘rinishidagi ko‘rsatgich 10 o‘rnatilgan bo‘lib,
qoshiqsimon ko‘rinishga ega va botiqlik tomoni bilan shamolga qaratib qo‘yilgan. 6
va 7 plastinkalarning o‘rta qismida qirqimlari bor.
Shamol ta’sirida butun tizim shamol bo‘ylab buriladi hamda 6 va 7 plastinkalar
kuzatish vaqtidagi shamol tezligiga bog‘liq holda biror burchakka og‘adi. Plastinka 6
ning ko‘rsatgichi 10 flyugarka tekisligiga tushirilgan shkala bo‘ylab harakatlanadi.
Bu shkala bo‘limlariga shamolning m/s lardagi qiymatini ifodalovchi 0, 1, 2, 3, 4, 5,
6, 7, 8, 9, 10 raqamlari tushirilgan.
Bu shamol o‘lchagichning shkalasi V.D.Tretyakov
tomonidan tajribada
aerodinamik trubada berilgan shamol tezliklarida qoshiqsimon plastinka 6 ning og‘ish
burchagini ko‘p marta aniqlash yo‘li bilan hosil qilingan.
Tretyakov shamol o‘lchagi yordamida kuzatishlarni o‘tkazish
. Yog‘och tayoq
vertikal o‘rnatiladi va unga yo‘nalish ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan o‘q 1 kiydiriladi.
Bundan keyin asbobning harakatchan qismi – flyugarka kiydiriladi. Kompas
yordamida yulduz 2 ning uchlari dunyo tomonlari yo‘nalishida o‘rnatiladi.
Kuzatishlar oldidan vertikal o‘q 1 ni, shuningdek flyugarka hamda 6 va 7
plastinkalarning harakatida ishqalanishning yo‘qligini tekshirish lozim.
Asbob o‘rnatilganidan so‘ng kuzatishlarga kirishiladi. Shamolning yo‘nalishini
aniqlash uchun flyugarka posongisi 5 ning ko‘rsatgichi holati 1-2
daqiqa davomida
kuzatiladi va uning o‘rtacha holati yozib olinadi.
Shamolning tezligi shamolning yo‘nalishi aniqlangan vaqt oralig‘i uchun
ko‘rsatgich 10 ning shkaladagi o‘rtacha holati bo‘yicha aniqlanadi. Shamol
o‘lchagichning aniqligi shkalaning 1-6 m/s oralig‘ida 0,5 m/s,
bundan katta
tezliklarda 1 m/s ni tashkil etadi.
86
10 m/s dan katta shamol tezliklarini o‘lchash uchun plastinka 7 ning o‘rtasiga
tilcha yordamida yuk qo‘yiladi. YUK bilan kuzatishlar olib borilganda shkala
bo‘yicha hisoblangan barcha shamol tezliklari ikkiga ko‘paytirilishi kerak.
Kuzatishlardan keyin asbob sochiladi va yassi yog‘och qutiga joylanadi.
Dala sharoitlarida kuzatishlarga mo‘ljallangan Tretyakov shamolo‘lchagichi
qo‘l anemometrlaridan ustunlikka ega. Uning ko‘rsatkichlari vaqt o‘tishi bilan
o‘zgarishi mumkin bo‘lgan o‘tkazish ko‘paytiruvchilariga bog‘liq emas. Dala
sharoitlarida asbobni tekshirish va o‘tkazuvchi ko‘paytiruvchilarning o‘zgarish
qiymatlarini aniqlab bo‘lmasligi tufayli bu holat
dala kuzatishlarida muhim
hisoblanadi.
Tretyakov shamol o‘lchagichi ko‘rsatkichlarining to‘g‘riligini saqlash uchun 6
va 7 plastinkalar orasidagi burchakning doim bir xil, ya’ni 76° ga teng bo‘lishini
nazorat qilish kerak bo‘ladi. Faqat shu burchakdagina shkala o‘z qiymatini saqlab
qoladi. SHuningdek 6 va 7 plastinkalar shaklining o‘zgarmasligiga
ham ahamiyat
berish lozim.
Ta’kidlash lozimki, Tretyakov shamolo‘lchagichida etarli sezgirlikni saqlagan
holda yo‘nalish ko‘rsatgichi va shamol kuchining tebranishlarini kamaytirish
choralari ko‘rilgan. Shakli bo‘yicha plastinka 6 dan farq qiluvchi yuqoridagi plastinka
7 plastinka 6 ning dinamik posongisi hisoblanadi va shamolning kuchayishlarida
shamol tezligi ko‘rsatgichining tebranishlarini kamaytirishga xizmat qiladi.
Flyugarkaning dum qismi uning tebranishlarini tinchlantirish maqsadida to‘lqinsimon
shaklda yasalgan.
Dostları ilə paylaş: