13
erkin kira oladigan oddiy teshiklar hosil qilinadi. Dengizdagi to‘lqin suvi sathining
ko‘tarilishida teshiklar suvga to‘ladi va teshiklar ichida qamalib qolgan havo siqilib
uning bosimi ham ortadi. Teshiklar tepadan pastga tomon vertikal bo‘lganligi sababli,
suv yordamida qisilgan havo teshikning yuqorisiga qarab harakatlanadi va uning
uzviy davomi bo‘lgan trubina parragini harakatga keltiradi. To‘lqin ketishi (qaytishi)
bilan havoning teskari harakati boshlanadi va yana jadallik bilan teshikdagi vakuum
havoga to‘ladi. Jarayoning bir necha bor takrorlanishi oqibatida har gal trubina
boshqatdan yangi aylanish impulsini oladi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra
bunday elektrostansiyalardan oqim energiyasining 45 foizigacha miqdorda
foydalanish mumkin.
Ikkinchi tur
oqim elektrostansiyalarining tuzilishi va ishlash prinsipi 1.4 -
rasmda keltirilgan. Bunday elektrostansiyalar to‘lqinning zarb kuchi ostida vintning
aylanishiga asoslangan. Har galgi suv to‘lqini vintlarni aylantirib vintga uzatish
mexanizmi orqali biriktirilgan generator elektr energiyasini ishlab chikaradi.
1.4-rasm.
Dostları ilə paylaş: