Qayta tiklanuvchi energiya manbalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/83
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

Suv 
oqimlari 
energiyasiga 
asoslargan 
elektrostansiyalar. 
Qayta 
tiklanuvchan energiya manbalaridan yana biri daryo va dengiz oqimi energiyasidan 
foydalanishga asoslangan. Bunday elektrostansiyalarda suv to‘lqini oqimi 
energiyasidan foydalanib elektr energiyasi olishda daryo o‘zanida yoki bevosida 
dengizlarning qirg‘oqlarida oqim elektrostansiyalari quriladi. 
Bunday elektrostansiyalarning bir qancha turlari tadqiq etilgan. Masalan, 
dengiz va daryo qirg‘og‘idagi suv oqimi yordamida harakatlanadigan oqim bosimi 
asosida ishlovchi elektrostansiyalar yoki bevosita qirg‘oq bo‘ylab suv ostiga 
joylashtirilgan suv osti vintlari(parraklari)ga ega bo‘lgan oqim qurilmalari shular 
jumlasidandir.
Birinchi tur,
suv oqimi bosimi ostida ishlovchi elektrostansiyalar quyidagicha 
tuzilgan. Dengiz yoki daryoning qirg‘og‘ida oddiy port - to‘lqin sindirgichida suv 


13 
erkin kira oladigan oddiy teshiklar hosil qilinadi. Dengizdagi to‘lqin suvi sathining 
ko‘tarilishida teshiklar suvga to‘ladi va teshiklar ichida qamalib qolgan havo siqilib 
uning bosimi ham ortadi. Teshiklar tepadan pastga tomon vertikal bo‘lganligi sababli, 
suv yordamida qisilgan havo teshikning yuqorisiga qarab harakatlanadi va uning 
uzviy davomi bo‘lgan trubina parragini harakatga keltiradi. To‘lqin ketishi (qaytishi) 
bilan havoning teskari harakati boshlanadi va yana jadallik bilan teshikdagi vakuum 
havoga to‘ladi. Jarayoning bir necha bor takrorlanishi oqibatida har gal trubina 
boshqatdan yangi aylanish impulsini oladi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra 
bunday elektrostansiyalardan oqim energiyasining 45 foizigacha miqdorda 
foydalanish mumkin.
Ikkinchi tur
oqim elektrostansiyalarining tuzilishi va ishlash prinsipi 1.4 - 
rasmda keltirilgan. Bunday elektrostansiyalar to‘lqinning zarb kuchi ostida vintning 
aylanishiga asoslangan. Har galgi suv to‘lqini vintlarni aylantirib vintga uzatish 
mexanizmi orqali biriktirilgan generator elektr energiyasini ishlab chikaradi. 
1.4-rasm.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin