Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


Quyosh elektrostansiyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/83
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

Quyosh elektrostansiyalari. 
Hozirgi paytda ko‘pchilik mamlakatlarda quyosh 
energiyasidan isitish maqsadida foydalaniladi, elektr energiyasi manbai sifatida esa 
juda oz mamlakatlar shamol gereratorlariga ega. Shu bilan birga quyosh nuri 
quvvatining 2·10
17
Vt i yergacha etib keladi. Bu, yer sharida insoniyat tomonidan 
foydalanilayotgan barcha energiyadan 30 ming marta ortiq (1.3-rasm). 
1.3-rasm.
Nasos stansiyasi binosining tomida joylashtirilgan quyosh 
fotoelektrik panellari


11 
Quyosh energiyasidan foydalanishning asosan ikki varianti bo‘yicha 
farqlanadi: fizik va biologik.
Fizik variantda quyosh energiyasi maxsus oynalar orqali fokuslanib, 
kollektorlarga yo‘naltiriladi yoki yarim o‘tkazgichli quyosh elementlari yordamida
akkumulyasiyalanadi.
Biologik variantda esa o‘simlik to‘qimalarida yig‘ilgan quyosh energiyasidan 
fotosintez jarayonida organik moddalar (odatda yog‘och) hosil qilinadi. Ushbu 
variant katta miqdordagi o‘rmonlar zaxiralariga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun 
qulaydir. 
Masalan, Avstraliyada yaqin yillarda yog‘ochni chala yoqib pista ko‘mir hosil 
qilib sotish yoki to‘la yoqish orqali issiqlik energiyasini hosil qilish bo‘yicha umumiy 
daromadning 305 foizini qoplashni rejalashtirilgan. Bunday maqsadlar uchun Buyuk 
Britaniya qishloq xo‘jalik ekinlariga yaroqsiz bo‘lgan 1 mln. gektar er maydonida 
o‘rmonzor barpo etmoqda.
Qisqa muddatda maqsadga erishish uchun tez o‘sish xususiyatiga ega bo‘lgan 
terakning maxsus navlari ekilmoqda. Ushbu teraklar 3 yilda 4 metr balandlikgacha 
o‘sadi va poyasi 6 sm gacha yo‘g‘onlashadi.
Oxirgi yillarda qayta tiklanuvchan va noananaviy energiya manbalaridan 
foydalanish muammosi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ushbu texnologiyalar katta 
miqdordagi mablag‘ni talab etsada katta foyda keltiradi.
1983-yil fevral oyida dunyoda birinchi bo‘lib amerikaning «Arka Solar» 
firmasi quvvati 1 MVt li kuyosh elektrostansiyasidan foydlanishni boshladi. Masalan, 
10 mingta maishiy iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyatiga 
ega bo‘lgan (quvvati 10 MVt ga yaqin bo‘lgan) quyosh elektr stansiyasini barpo 
etilsa, unga o‘rtacha 190 mlrd. dollar mablag‘ sarflandi. Bu qattiq yoqilg‘ida 
ishlovchi issiqlik elektrostansiyasini barpo etishdan to‘rt marta qimmat hamda atom 
yoki gidroelektrostansiyasiga nisbattan uch marta katta.
Ammo shunga qaramasdan quyosh energiyasini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar 
olib borayotgan mutaxassislarning fikriga ko‘ra, quyosh energiyasidan foydalanish 
texnologiyalarining rivojlanib borishi bilan narxlar ham pasayib boradi.


12 
Energetikaning kelajagi quyosh va shamol energiyasiga asoslanishi ehtimoli 
juda yuqori. 
1995-yilda Hindiston shamol energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha dasturni 
amalga oshirishni boshladi. 
Hozirda Amerika qo‘shma shtatlarda shamol stansiyalarining umumiy quvvati 
1654 MVt ni, Evropa Ittifoqida - 2534 MVt ni tashkil etadi, shundan 1000 MVt 
miqdoridagi elektr energiyasi Germaniyada ishlab chiqarilmoqda.
Ayni paytda shamol energetikasi Germaniya, Angliya, Gollandiya, Daniya, 
AQSHda eng ko‘p rivojlangan (faqat Kaliforniya shtatining o‘zida 15 ming shamol 
tegirmoni mavjud).
Ta’kidlash joizki, shamolning doimiy yangilanib turishi undan doimiy energiya 
olish imkonini beradi. Shamol stansiyalari atrof-muhitni ifloslantirmaydi. Shamol 
energetikasi yordamida dunyoning har qanday chekka va ovloq joylarini ham elektr 
energiyasi bilan ta’minlash mumkin.
Misol uchun, Guadalupedagi Desirat orolining 1600 kishidan iborat bo‘lgan 
aholisi 20 ta shamol generatori tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasidan 
foydalanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin