55
turbinaning aylanma harakati tezligi, oqimning yarim tezligi miqdoriga teng bo‘lishi
kerak (3.14
b
-rasm).
a)
3.14-rasm.
Ikki soploli
cho‘michli turbina,
a
-
sxematik ko‘rinishi
b -
o‘rnatilgan holatdagi
umumiy ko‘rinishi
.
b)
Turbinaning soplosi bosim quvuridan kelayotgan suv miqdorini tartibga solish
uchun xizmat qiladi. Soplo ichida harakatlanayotgan
igna esa suv chiqayotgan
kanalning kesimini o‘zgartirish orqali turbina ish g‘ildiragiga kelayotgan suv sarfini
o‘zgartiradi. Ishlatib bo‘lingan suv pastgi befga olib ketiladi. Bosim isrofini
56
kamaytirish uchun turbina va uning soplosi iloji boricha
oqim sathiga nisbatan
pastda joylashishi kerak.
Ish g‘ildiragi cho‘michlariga suv oqimi zarbsiz kirishi uchun ular uchli qirra
bilan bo‘lingan ikkita, juft cho‘michlar shaklida tayyorlanadi.
Suv oqimi
cho‘michlardan oqib o‘tib, o‘zining yo‘nalishini 180
0
burchak ostida o‘zgartiradi.
Natijada cho‘michlarda kuchlanish hosil bo‘lib, ish g‘ildiragi aylanma harakat qila
boshlaydi. Odatda 14÷60 dona cho‘michli ish g‘ildiraklari tayyorlanadi (5.8
- rasm).
Cho‘michli turbinalarning aylanishlar soni va quvvatini
oshirish uchun ish
g‘ildiragining diametri bo‘ylab 2, 3, 4 hattoki 5 va 6 donadan ham soplolar
o‘rnatilishi mumkin. Soplolar ish g‘ildiragi diametri bo‘ylab teng taqsimlanadi.
Ammo soplolar soni oshishi bilan turbinaning foydali ish koeffitsienti pasayib ketishi
mumkin.
Tajribalar natijasida, soplolar soni 4 donadan oshmasligi tavsiya qilinadi.
5.8
a
- rasmda ikki soploli cho‘michli turbinaning sxemasi ko‘rsatilgan.
Cho‘michli turbinalarning foydali ish koeffitsienti juda yuqori bo‘lib, 0,88÷094
ga teng. Ularni gorizontal va vertikal holatlarda o‘rnatish mumkin. Odatda bir necha
soploli ish g‘ildiraklari gorizontal holatda o‘rnatiladi.
3.15-rasm.
Dostları ilə paylaş: