Mualliflar:
N.T.Toshpo‘latov, t.f.n., dotsent
D.B.Qodirov, PhD., dotsent
Taqrizchilar
:
Ishnazarov O.X. “O‘zbekenergo” AJ “Ilmiy texnika
markazi” direktor o‘rinbosari t.f.d., professor
R.T.Gazieva,
TIQXMMI,
“Texnologik
jarayonlarni
avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi mudiri t.f.n., dotsent
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari
instituti, 2019 yil.
3
KIRISH
Hozirgi kunda neft, ko‘mir va gaz konlarining borgan sari tugab borayotganligi
global energiya falokatiga etaklamoqda. Buning uchun qayta tiklanuvchi energiya
manbalari va energiyani tejash kelajakda ham yaxshi yashash uchun najot yo‘li
bo‘lib, dunyo aholisining asosiy qismini omon qolishini ta’minlaydi.
Tuganmas yoki qayta tiklanadigan tabiiy resurslardan energiya olish
imkoniyatiga ega bo‘lgan qurilmalar an’anaviy xom ashyolarga qaramlikni bartaraf
etadi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalariga butunlay o‘tish kelajakdagi energiya
tanqisligi muammosini bartaraf etish imkonini beradi.
Zamonaviy jahon iqtisodiyotining barcha yutuqlari neft, gaz, ko‘mir va
boshqa shu kabi tabiiy qazilma boyliklarga asoslangan.
Hayotimizdagi aksariyat harakatlar: metroda harakatlanishdan boshlab to
oshxonada choy qaynatishgacha oxir-oqibat, ushbu tarixiy taraqqiyot mahsulini
yoqib tugatishga qaratilgan. Asosiy muammo shundaki, osonlik bilan erishiladigan
ushbu energiya resurslari qayta tiklanmaydi.
Ertami-kechmi, insoniyat erning qa’ridagi barcha ko‘mirni kovlab oladi, neftni
qazib chiqaradi va gaznii yoqib tugatadi. SHundan so‘ng bir choynak choyni nimada
qaynatamiz degan muammoga duch keladi.
Shu bilan birga yoqilg‘i yoqishning salbiy ekologik ta’sirini ham unutmaslik
kerak. Atmosferada yig‘iladigan zaharli gazlar miqdorining ortib borishi issiqxona
effektini keltirib chiqarishi, butun sayyora bo‘ylab haroratning ortishiga sabab
bo‘lishini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Yonuvchi mahsulotlardan ajralib
chiqadigan tutun va zaharli gazlar havo musaffoligini buzadi. Ayniqsa, katta
shaharlarda istiqomat qiladigan aholi ushbu salbiy ta’sirni o‘zlarida juda yaxshi his
qilishadi.
Biz kelajak haqida doimo o‘ylaymiz, hatto bu kelajak bizning davrimizda kirib
kelmasada. Jahon hamjamiyati qazilma boyliklar miqdorining cheklanganligini va
ulardan foydalaninishning atrof-muhitga salbiy ta’sirini azaldan tushunib etgan va tan
olgan. Hozirda jahonning etakchi mamlakatlari ekologik toza, qayta tiklanadigan
4
energiya manbalariga bosqichma-bosqich o‘tish dasturlarini ishlab chiqqan va uni
amalga oshirmoqda.
Butun dunyodagi insoniyat, qazilma yoqilg‘ilarni boshqasiga almashtirishni
asta-sekinlik bilan amalga oshirish ustida ishlayapti. Uzoq vaqtdan buyon butun
dunyoda quyosh, shamol, oqim, geotermal va gidroelektrostansiyalardan
foydalanilmoqda. Hozirda ushbu manbalardan insoniyatning barcha ehtiyojlarini
qondirish uchun hech qanday to‘siq mavjud emas.
Aslini olganda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishda juda
ko‘p muammolar mavjud. Masalan, energiya resurslarining geografik taqsimlanish
muammosi. Shamol elektr stansiyalarini faqat kuchli shamollar tez-tez esadigan
joylarda, quyosh - quyoshli kunlar ko‘p bo‘lgan hududlarda, gidroelektrostansiyalar -
yirik daryolar bo‘yida qurilishi kerak.
Neft yetarli ammo, hamma joyda emas, lekin uni oson etkazib berish mumkin.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ikkinchi muammosi - beqarorlik.
Shamol elektr stansiyalarida energiya ishlab chiqarish shamolga bog‘liq. Shamolning
paydo bo‘lish vaqti, tezligi, yo‘nalishi, esish yoki esmasligi uning muammoli jihati
hisoblanadi.
Quyosh elektr stansiyalari bulutli ob-havo sharoitida yomon ishlaydi,
kechqurungi qorong‘ulik uning salbiy tomoni hisoblanadi.
Afsuski shamoldan ham, quyoshdan ham elektr energiyasi iste’molchilarining
talab va ehtiyojlariga bog‘liq holda foydalanib bo‘lmaydi.
Issiqlik yoki atom elektr stansiyasilarida elektr energiyasini ishlab chiqarish,
tashqi faktorlarga bog‘liq emas va doimo o‘zgarmasdan qoladi. Ushbu
elektrostansiyalarni
osonlik
bilan
boshqarish
mumkinligi
ularning
ustun
tomonlaridan dalolatdir.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridagi mazkur muammoni faqatgina katta
energiya akkumulyatorini qurish, elektr energiyasi oz miqdorda ishlab chiqarilgan
paytda, zaxira manbadan qo‘shimcha ta’minlash orqali hal qilish mumkin. Ammo bu
holda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslangan butun tizimning juda
qimmatlashuviga olib keladi.
5
Shunga o‘xshagan boshqa bir qator murakkab muammolar tufayli dunyoda
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining rivojlanishi sekin kechmoqda. Chunki
qazilma yoqilg‘ini olib yoqish hali ham oson va arzon.
Qayta tiklanuvchan energiya manbalari haqida fikr yuritishdan oldin bunday
tushuncha fanga qachon va qanday kirib kelganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lish
maqsadga muvofiqdir.
Buning tarixi uzoq, qadimda neft va gaz kashf etilmagan sharoitda ham insonlar
quyosh nuridan suv isitish, quritish va boshqa ishlarda foydalanishgan. Qayta
tiklanuvchi energiya tushunchasi fanda o‘tgan asrning boshlarida qo‘llanila
boshlandi. Buning asosiy sabablari shundaki neft, gaz, ko‘mir zaxiralarining ma’lum
bir davrdan so‘ng tugashini insonlar tushunib etib, energiya olishning qayta
tiklanuvchi yo‘llarini qidira boshladi. Undan tashqari, yoqilg‘ilardan chiqayotgan
million tonnalab CO
2
uglerod gazi ozon qatlami emirilishiga sabab bo‘lmoqda.
Jahonda birinchilardan bo‘lib qayta tiklanuvchi energiyadan Yaponiya,
Germaniya va boshqa davlatlarda keng foydalanila boshlandi. Buning asosiy
sabablaridan biri bu davlatlarda yoqilg‘i qazilma boyliklari deyarli yo‘q. 2011-yilda
Yaponiyada bo‘lgan tabiiy ofat natijasida atom elektr stansiyalari hamda yirik
to‘g‘onlardan foydalangan holda elektr energiya olishdan voz kechilib, energiya
olishning qayta tiklanuvchi yo‘llariga o‘tilmoqda.
- O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya borasidagi ilk tajribani kimlar
o‘tkazgan?
- O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni birinchilardan
bo‘lib akademiklar Ubay Oripov, Sodiq Azimovlar 1950-yillardan boshlab uylarni
isitish, issiq suv bilan ta’minlash uchun quyosh kollektorlarini ishlab chiqdi va bir
necha uylar qurilib tajriba sinovlari o‘tkazilgan.
Jahonda qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishda quyidagi mamlakatlar
etakchilik qilmoqda:
Dunyoning 37 mamlakatida qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid qonun
qabul qilingan, 70 ga yaqin mamlakat qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan
ishlash hajmini ko‘paytirishga harakat qilmoqda. Hozirgi kunda qayta tiklanuvchi
6
energiyadan foydalanish bo‘yicha Germaniya, YAponiya, Xitoy, Ispaniya va AQSH
davlatlari etakchilik qilmoqda. Germaniya atom elektr stansiyalaridan foydalanishdan
voz kechmoqda, 2020-yilgacha elektr energiyaning 20 foizini qayta tiklanuvchi
energiyadan olishni rejalashtirgan, har yili esa 100 ming uyning tomini quyosh
panellari bilan qoplamoqda. Bunday usuldan foydalanish har tomonlama qulaylik
tug‘diradi, hech qanday ortiqcha joy talab qilmaydi, aksincha tom bekiladi va uyni
xohlagan vaqtda isitish, xonadon ehtiyojini to‘laligicha elektr energiya bilan
ta’minlash mumkin. Ko‘pgina davlatlarda shamol energetikasi qurilmalari dengiz
bo‘ylariga o‘rnatilmoqda. Shveysariyada yo‘lovchilarni tashish avtobuslari
bioyonilg‘ida ishlaydi. Yaponiya hukumati quyosh energetikasi texnologiyasini
rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqdi. Bugungi kunga kelib, jahonda quyosh
energiyasi ishlab chiqaruvchi quvvatlarni o‘rnatish 50 foizga oshdi.
Biogaz kislorodsiz bakteriyalar yordamida turli chiqindilarni qayta ishlash
natijasida olinadi. So‘nggi yillarda iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan Xitoy, Vetnam,
Hindiston, Markaziy va Janubiy Amerika davlatlarida biogazdan foydalanish
texnologiyasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Chorvachilik, parrandachilik, o‘simlik
chiqitlarini qayta ishlash natijasida olinadigan biogaz qishloq xo‘jaligini
rivojlantirishda ham muhim o‘rin tutadi. Qayta ishlash natijasida hosil qilingan tabiiy
mineral o‘g‘itlar er unumdorligini oshirishda keng qo‘llaniladi. Oxirgi yillarda biogaz
energiyasi bo‘yicha ko‘pgina tajribalar qilindi va kerakli natijalarga erishildi. Bir
tonna hajmdagi chiqindi saqlaydigan biogaz qurilmasi bir oilani 6 oy mobaynida gaz
bilan ta’minlashi mumkin. Hozirda olimlarimiz bunday qurilmalarni yanada
takomillashtirish ustida ish olib bormoqda.
Qayta tiklanuvchi energiya sohasi kelajak fani, ertangi kunning asosiy masalasi
bo‘lib qolmoqda. Mamlakatlar iqtisodiyoti aynan shu qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan qanday foydalanishiga qarab rivojlanadi. Bir so‘z bilan aytganda,
istiqbolimiz aynan qayta tiklanuvchi energiya sohasi taraqqiyotiga bog‘liq.
O‘zbekiston sharoitida quyosh, shamol va biomassa energiyasidan
foydalanadigan qayta tiklanadigan energetika texnologiyalari, shuningdek, kichik
gidroelektrostansiyalar va geotermal qurilmalar dolzarb hisoblanadi. Quyosh
7
energiyasidan issiqlik va elektr energiya ishlab chiqarishda keng ko‘lamda
foydalanish mumkin. Aytish joizki, yurtimizda quyosh energiyasining texnik
salohiyati 98,6 % ni tashkil etadi. Birinchi holatda yassi konsentratsiyalashmagan
quyosh kollektorlari qo‘llaniladi.
Hozirgi zamon quyosh elementlari qaysi sharoitda ishlatilishiga qarab (koinotda,
Yer sharoitida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushayotgan quyosh nurlanishiga, zichlashtirilgan
quyosh nurlanishiga, ekstremal xol uchun va boshqalar) qarab turli xil yarim
o‘tkazgichli materialdan ishlab chiqariladi. Hozirgi davrda ishlab chiqarilayotgan va
inson ehtiyoji uchun elektr manba’i sifatida qo‘llanilayotgan QE aksariyati kremniy
materialidan tayyorlanmoqda. Bunga asosiy sabab, hozirgi zamon kishilar ehtiyoji
uchun ko‘p qo‘llaniladigan mikroelektron asboblarni tayyorlash texnologiyasining
asosi kremniydir. Ikkinchidan, kremniy elementar yarim o‘tkazgich bo‘lib, uning Yer
qa’ridagi ulushi 30 % ga yaqinni tashkil qilishi, hamda texnologiyasining
rivojlanganligidadir.
Ammo global iqtisodiyotda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan
foydalanish katta foyda keltirmasada, undan alohida uy uchun foydalanishning
e’tiborga molik jihatlari ko‘p.
Hozirda ko‘pchilik elektr energiyasi, issiqlik va gaz uchun ta’riflarning
muntazam o‘sib borayotgaligini his qilmoqda. Energetik kompaniyalar yil sayin
oddiy odamlar cho‘ntagiga chuqurroq kirib bormoqda.
Qayta tiklanuvchan energiyalardan foydalanish xalqaro tashabbus jamg‘armasi
(I2BF) mutaxassislari tomonidan qayta tiklanadigan energiya bozorining birinchi
tahlili natijalari taqdim etildi. Bashoratga ko‘ra, 5-10 yil ichida qayta tiklanuvchi
energiya manbalari foydalanish texnologiyalarining raqobatbardoshligi yanada
oshadi va ommaviylashadi. Hozirda ham qayta tiklanuvchi energiya bilan an’anaviy
energiya narxlari orasidagi farq keskin qisqarib bormoqda.
Energiya narxi deganda, qayta tiklanuvchi energiyani ishlab chiqaruvchi
tomonidan loyihaning davom etish mobaynida, kapital xarajatlarini qoplashga va
kiritilgan investitsiya kapitalidan olinadigan daromaddan 10 foiz qaytarishni
ta’minlashni xohlaydi. Ushbu narx qarzni moliyalashtirish mablag‘ini ham o‘z ichiga
8
oladi. Chunki ko‘pgina alternativ va an’anaviy energetik loyihalar qarz
mablag‘larining jiddiy manbalarini jalb etish asosida quriladi.
Ushbu grafik qayta tiklanuvchi energiyaning 2018-yilda dunyo bo‘yicha ishlab
chiqarilgan elektr energiyasidagi ulushi keltirilgan
(1.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: |