21
Ilmiy-texnik markazi ikki oy muddatda qayta tiklanuvchi manbalar energiyasidan
foydalanish, jumladan, quyosh energetikasini rivojlantirish, energiya samaradorligi
sohasidagi mahalliy ishlanmalar va amaliy tadqiqotlarni, shuningdek, sinovdan
o‘tgan ilg‘or xorijiy texnologiyalarni transfer qilish imkoniyatini tahlil etish asosida
iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini
maqsadli joriy qilish va quyosh energetikasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar
rejasini ishlab chiqishi va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritishi
belgilangan.
Bundan tashqari,
energiyani tejaydigan texnologiyalarning kirib kelishini kengaytirish, soliq va
bojxona imtiyozlari berish hisobiga qayta tiklanuvchi manbalardan energiya hosil
qiluvchi uskunalarni qo‘llagan holda, energiyadan foydalanishni rag‘batlantirish;
qayta tiklanmaydigan uglevodorod resurslaridan oqilona foydalanish, ishlab
chiqarilayotgan mahsulotning raqobatdoshligini oshirish, shu asosda iqtisodiyot
tarmoqlarini va aholini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlab borish;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya iste’moli jihatidan samarador
texnologiyalarni transfer qilish, ushbu sohadagi uskunalar va butlovchi qismlarni
mahalliy korxonalarda ishlab chiqarish;
aholi uchun kafolatlangan energiya resurslarining ochiqligini ta’minlash,
ayniqsa, uzoq qishloq hududlarida aholining hayot sifatini yaxshilash va ularning
farovonligini oshirish.
Bugun jahon ilm-fani qayta tiklanuvchi energiya manbalarini izlab topish,
yaratish, foydalanish samaradorligini oshirish, bu borada targ‘ibot-tashviqot ishlari
olib borishga alohida e’tibor qaratmoqda. Nima uchun? CHunki bosqichma-bosqich
qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishga o‘tilmas ekan, tabiiy boyliklarimiz
bo‘lgan neft, gaz zaxiralari tugashi natijasida dunyo aholisi juda katta muammo bilan
yuzma-yuz keladi.
Dostları ilə paylaş: