Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


Daryo va dengiz oqimi energiyasi foydalanib



Yüklə 4,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/83
tarix21.10.2023
ölçüsü4,44 Mb.
#159411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

Daryo va dengiz oqimi energiyasi foydalanib
elektr energiyasi olish 


14 
To‘lqinlar energiyasi yangi energiya manbalarining istiqbolli shaklidir. Ushbu 
energiyani qayta ishlash va uzatish jarayonida sezilarli yo‘qotishlar muqarrardir va 
ehtimol uning uchdan bir qismi tarmoqqa kirishi mumkin. Shunga qaramasdan, 
qolgan miqdordagi mavjud iste’mol miqdori darajasida butun Britaniyani elektr 
energiyasi bilan ta’minlash mumkin. 
Biomassani yoqishga asoslangan elektrostansiyalar.
Oxirgi paytda olimlar e’tiborini ko‘proq biogazdan foydalanish muammolarni 
band etmoqda. Yonuvchi metan gazi (60-70%) va yonmaydigan karbonat angidridi 
aralashmasidan tashkil topgan yonilg‘i - biogaz yonilg‘isi hisoblanadi.
Uning tarkibi, odatda – oltingugurt sulfidi, vodorod, kislorod va azot 
aralashmalaridan tashkil topgan.
 
Biogaz anaerobik (kislorodsiz parchalanish – anoxik) parchalanishi natijasida 
hosil bo‘ladi (1.5-rasm). Ushbu jarayonning hosil bo‘lishini botqoqlik joylarida 
kuzatish mumkin. Botqoqlikka aylangan xuddulardagi erning tubidan ko‘tarilgan 
havo pufakchalari metan gazi va undan hosil bo‘lgan tashkil etuvchilar hisoblanadi. 
 
1.5 - rasm
. Biogaz ishlab chiqarish qurilmasining sxemasi


15 
Biogaz olish jarayoni ikki bosqichga bo‘linadi. Dastlab uglevodlardan, birinchi 
bosqichda uglerod, oqsillar va yog‘lar tarkibidan anaerob bakteriyalar yordamida 
organik va noorganik moddalar to‘plami: kislotalar (yog‘, propionik moddalar, sirka), 
vodorod, karbonat kislotasi hosil qilinadi.
Ikkinchi bosqichda (ishqorli yoki metanli) organik kislotalarni metan 
bakteriyalari yordamida parchalab metan, uglikislota (karbonat kislotasi) gazi va oz 
miqdordagi vodorod ajratib olinadi.
Xom-ashyoning kimyoviy tarkibiga qarab fermentatsiya (achitish) jarayoni 
natijasida qayta ishlangan organik moddalarning har bir kub metrdan 5… 15 m
3
gacha gaz olinadi. 
Biogazni yoqib uylarni isitish, don va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini 
quritish, avtomobil, traktor va boshqa texnikalarni harakatlantirishda yonilg‘i sifatida 
ishlatish mumkin. Tarkibiga ko‘ra biogaz tabiiy gazdan juda oz farq qiladi. Bundan 
tashqari, biogaz olingan massaning yarmi organik moddali achitqi sifatida ajralib 
qoladi. Uni briketlash va qattiq yoqilg‘i tayyorlash mumkin. Ammo xo‘jalikni 
yuritish va iqtisodiy tomondan bu unchalik oqilona emas. Fermentatsiyalangan 
achitqi qoldig‘idan yuqori kaloriyaga ega bo‘lgan o‘g‘it tayyorlab ekin maydonlarida 
ishlatish mumkin. 
1 m
3
biogaz - 1 litr suyuq gaz yoki 0,5 litr yuqori sifatli benzinga teng keladi. 
Biogaz olish texnologik foydaga ega bo‘lish imkonini yaratadi, uning qoldiqlarni 
yoqish esa arzon energiya olish orqali energetik foydaga ega bo‘lishni ta’minlaydi.
Hindistonda biogaz ishlab chiqarish uchun qariyb bir million arzon va oddiy 
qurilmalar ishlatiladi, Xitoyda esa 7 milliondan ortiq. 
Ekologiya nuqtai nazaridan, biogaz juda katta afzalliklarga ega, chunki u o‘tin 
o‘rnini bosa oladi, shu sababli o‘rmonni saqlab qolish va cho‘llanishning oldini olish 
mumkin. Yevropada bir qator kommunal oqava suv tozalash inshootlariga ega 
bo‘lgan korxonalar energiyaga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘zlari ishlab chiqaradigan 
biogazlari bilan qondiradilar. 
Qishloq xo‘jalik xom ashyo mahsulotlaridan: shakarqamish, qand lavlagi
topinambur (yer noki) kabilar ham alternativ energiya manbalaridan hisoblanadi. 


16 
Ayrim mamlakatlarda undan fermentatsiya usuli bilan suyuq yonilg‘i xususan, 
etanolni ishlab chiqaradi. Misol uchun Braziliyada, o‘simlik massasidan katta 
miqdordagi etil spirti olinadi va bu mamlakatdagi avtomobil yoqilg‘isiga bo‘lgan 
ehtiyojining to‘liq qanoatlantiradi. Etanolni ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish 
uchun zarur bo‘lgan xomashyo asosan shakarqamishdir. 
Shakarqamish fotosintez jarayonida faol ishtirok etadi va ishlov beriladigan har 
bir gektar yer maydoni hisobiga boshqa o‘simliklarga nisbatan ko‘proq energiya 
ishlab chiqaradi. 
Ayni paytda uni ishlab chiqarish Braziliyada 8,4 mln tonnani tashkil etadi va u 
5,6 mln. tonna yuqori sifatli benzinga to‘g‘ri keladi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida 
avtomobillarni yonilg‘i bilan ta’minlash uchun makkajo‘xori(kukuruza)dan 10% 
gacha etanoli bo‘lgan 

Yüklə 4,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin