126
Gelioqurilmalar aktiv va passiv faoliyatlilarga bo‘linadi (5.14 va 5.15-rasmlar).
Suyuqlikning aylanishi (sirkulyatsiyasi) bo‘yicha issiqlik eltuvchisining bor yoki
yo‘qligiga qarab to‘g‘ridan–to‘g‘ri hamda bilvosita bajarilganlarga ajratiladi.
Passiv gelioqurilmalarda suyuqlikning aylanib
almashinishi oqimlarning
konveksiyasi evaziga amalga oshadi (5.15; 5.16 va 5.17-rasmlar). Ushbu jarayon
tabiiy konveksiya - issiq suv massasining yuqoriga tomon
harakatlanishga intilishi
hodisasiga asoslangan. Suvning isishi, uning hajmini
bir necha barobarga ortishiga,
zichligining esa kamayishiga olib keladi va u sovuq oqimli suvdan yengillashib
kollektordan quvurlar orqali suv yig‘ish bakining yuqorigi qismiga tomon yo‘naladi
va u yerda yig‘iladi.
O‘z navbatida
bakdagi harorati pasaygan suv, solishtirma zichligining ortib
borishi bilan pastga, kollektorning sovuq suvli qismiga tomon oqadi va u
yerda yana
qaytadan qiziydi. Tabiatdagi suv massasining sirkulyatsiyasi ham aynan shunday
qonuniyatga ko‘ra amalga oshadi. Ushbu holatga havo
isigan paytda doimo duch
kelamiz. Ya’ni, qizigan suv bug‘ga aylanib yer yuzidan troposferaga ko‘tariladi,
bulutlarga aylanadi va u yerda qaytadan sovib yomg‘ir yoki qor bo‘lib yerga yog‘adi.
5.14-rasm
.
Dostları ilə paylaş: