Qayta tiklanuvchi energiya manbalari



Yüklə 4,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/83
tarix21.10.2023
ölçüsü4,44 Mb.
#159411
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

Qurilmaning ish tartibi. 
Quyosh nurlari kollektorning old oynasi orqali o‘tib nur yutuvchi plastinkaga 
tushadi. Plastinkani qizishi natijasida quyosh radiatsiyasi issiqlik energiyasiga 
aylantiriladi. Issiqlik energiyasi quyosh kollektori ichida domiy almashinib turuvchi 
issiqlik eltuvchi
– suv yoki antifrizga uzatiladi. Issiqlik eltuvchi qiziydi va so‘ngra 
issiqlik energiyasi katta suv hajmiga ega bo‘lgan isitgich bakiga oqib o‘tadi. Bakdagi 
issiq suv kerak bo‘lganda ishlatiladi.
a)
v)
 
5.8 - rasm.
Yassi quyosh kollektorining tuzilishi: 
a -
 oyna bilan qoplangan yassi 
kollektorning aktiv ishi qismi; 
v -
 yassi kollektorning umumiy ko‘rinishi.
Uzoq muddatli bulutli va qishning sovuq kunlarda suyuqlikni to‘plash baki 
ichidagi suv haroratini kerakli darajagacha ko‘tarish va saqlab turish uchun unga 
qo‘shimcha elektr qizdirgichni o‘rnatish ham mumkin. 


121 
5.3.2. Quvurlari vakuumlangan to‘g‘ri oqimli quyosh kollektori 
 
Kollektor quyidagicha tuzilishga ega: har bir vakuumlangan naycha ichiga 
geliy-titan aralashmasi bilan qoplangan mis nur yutish moslamasi joylashtirilgan 
bo‘lib, u katta miqdordagi quyosh energiyasini yutish va juda oz miqdordagi 
issiqlikni isrof qilish xususiyatiga ega.
Vakuumlangan bo‘shliqli quyosh kollektorida issiqlikning isrofi bo‘lishi to‘liq 
bartaraf etilgan. 
Yutgich ichida to‘g‘ri oqimli koaksial naychali issiqlikni eltuvchi quvur 
o‘rnatilgan bo‘lib u kollektorga tutashtirilgan. Quvurchada harakatlanuvchi issiqlik 
eltuvchi suyuqlik, issiqlikni yutgichdan qabul qilib oladi. Suvning issiqligini yaxshi 
uzatish xususiyati qurilmaning ustun tomoni hisoblanadi.
Vakuumli kollektorda issiqlik isrofi nazariy jihatdan juda past bo‘lganligi 
sababli, issiqlik eltuvchining haroratini 120 – 160
0
C gacha ko‘tarish imkoniyati 
mavjud.
Vakuumlangan kollektorning oyna bilan qoplangan naychasiga quyosh nuri 
tushgach, uni yutgich qabul qiladi va issiqlik energiyasiga aylantiriladi. So‘ngra 
issiqlik energiyasi, koaksial naychalarda harakatlanuvchi to‘g‘ri oqimli suyuqlikka 
beriladi. Issiqlik almashtirgichning naychalari issiq suvni yig‘uvchi bak – kollektorga 
juft-juft qilib mis naychali tizim orqali tutashtirilgan. Naychalarning birinchisidan 
isigan suyuqlik bakka uzatilsa, boshqasidan bakdan chiquvchi sovuq suv 
kollektorning vakuumlangan naychasiga qaytadi. 

Yüklə 4,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin