114
o‘rnatilishi mumkin. Bak-akkumulyatorda normadan past darajada suv harorati tushib
ketganda (bulutli ob-havo sharoitlarida, quyosh shu’lalanishi
soatining qish
mavsumida kamayib ketishi) isitgich-dubler avtomatik ravishda qo‘shilib suvni
berilgan haroratgacha qizdiradi.
5.6-rasm
.
Quyosh kollektorining asosiy qismlari.
Quyosh uskunasining asosiy konstruktiv elementi kollektor bo‘lib, unda
quyosh energiyasini ushlab qolish, uni issiqlikka almashtirish va suvni havoni yoki
biror-bir boshqa issiqlik tashuvchini qizdirish amalga oshiriladi. Quyosh
kollektorlarining ikki turi farqlanadi, yassi va fokuslovchi.
Yassi kollektorlarda
quyosh energiyasi konsentratsiyasiz yutiladi, fokuslovchida esa – konsentratsiya
bilan, ya’ni kelayotgan radiatsiya oqimini zichligining oshishi bilan past haroratli
gelio uskunalardagi kollektorlarning eng keng tarqalgan turi quyosh energiyasining
yassi kollektori (QEK) hisoblanadi. Uning ishlashi «issiq yashik» prinsipiga
asoslangan bo‘lib, uni yopiq avtomobil saloni quyoshda qizishini esga olsak tasavvur
115
qilish oson bo‘lib, u unga shaffof oyna yuzalari orqali quyosh nurlariga o‘ziga xos
qopqon vazifasini o‘taydi.
Yassi QEK tayyorlash uchun, avvalo, qizdirilayotgan
issiqlik tashuvchi harakatlanishi uchun quvur yoki kanallarni bir qatori bilan
ishonchli aloqaga ega nur yutuvchi yuza zarur. Yassi nur yutuvchi yuza va issiqlik
tashuvchi quvurlar (kanallar) yig‘indisi konstruktiv yakka element-absorberni hosil
qiladi. Quyosh energiyasini yaxshi yutilishi uchun absorberning yuqorigi yuzasi qora
rangga bo‘yalishi kerak va maxsus yutuvchi qoplamaga ega fazoga issiqlik
yo‘qotishlarining pasayishiga absorberning pastki yuzasini
yopib turuvchi issiqlik
gezolyatsiyasidan, shuningdek, absorberdan yuqorida undan ma’lum masofada
joylashuvchi yorug‘lik shaffof izolyatsiyasidan foydalanish yo‘li bilan erishiladi.
Barcha shaffof izolyatsiya zichlashuvi shisha bilan qoplanadi.
Shunday qilib umumiy ko‘rinishi 5.7-rasmda ko‘rsatilgan suyuqlikni
qizdiruvchi yassi kollektor hosil bo‘ladi.
Yassi QEKning boshqa turdagi kollektorlarga nisbatan prinsipial afzalliklariga
uning to‘g‘ri (nurli) va shuningdek sochma quyosh energiyasini ushlab qolish
qobiliyatini va buni natijasida – quyosh ortidan kuzatish zaruratisiz uni statsionar
o‘rnatish imkoniyati kiradi.
Quyosh energiyasining
yassi kollektori absorberi, odatda yuqori issiqlik
o‘tkazuvchanlikka ega metalldan, xususan, po‘lat, alyuminiy va hatto misdan
tayyorlanadi.
Shaffof izolyatsiya bir yoki ikki qavat shisha yoki polimer plyonkasi
ko‘rinishida bo‘ladi. Shishaning tashqi qavati va polimer plyonkaning ichki qavatidan
kombinatsiya ishlatilishi mumkin. Issiqlik tashuvchining past qizdirish harorati
holatida (30
0
S gacha) kollektor umuman shaffof izolyatsiyaga ega bo‘lmasligi
mumkin. Kollektor
korpusi ruxlangan temir, alyuminiy, yog‘och, plastmassadan
tayyorlanishi mumkin. Issiqlik izolyatsiya sifatida turli materiallar qo‘llanilishi
mumkin: mineral paxta, penopoliuretan va h.k.
shaffof kollektor yuzasining qoplamalarining o‘tkazuvchi xususiyati;
kollektor yuzasining quyosh nuriga nisbatan yutuvchanlik qobiliyati;
116
kollektorning optik kodi yoki kollektor yuzasining keltirilgan yutuvchanlik
qobiliyati (0,85 dan ko‘p);
yutuvchi panel samaradorligi koeffitsienti (qizdiruvchi suyuqlik, material va
panel qalinligi kanallar o‘lchamlarining) kollektordagi suyuqlikning oqish tezligi va
hususiyatlari, zamonaviy konstruksiyalarda
F
qiymat 1 ga teng (0,9 dan ko‘p);
kollektorning issiqlik energiyasining yo‘qotishlari
zichligi ikkita omil bilan
aniqlanadi: atrof muxitdagi panelni konveksiya yordamida sovutib va yuzadan issiq
nurlantirib.
Kollektor panelining o‘rtacha xarorati
T
, yoki o‘rtacha suyuqlik xarorati huddi
kollektordan chiqishdagi issiq suyuqlik xarorati
T
g
kabi deyarli teng bo‘lib, kollektor
konstruksiyasi va tavsifi bilan, shuningdek, tushuvchi nur jadalligi
T
, kirishdagi
sovuq
suyuqlik xarorati
T
x
va kollektorning birlik ishchi yuzasiga to‘g‘ri keladigan
suyuqlikning misolli sarfi
G
, kg/(m
2
S), suyuqlik qizdirish texnologiyasi bilan
aniqlanadi:
5.7-rasm.
Dostları ilə paylaş: