151
Quyosh paneli doimiy tok ishlab chiqaradi, AB esa doimiy tok ko‘rinishida
energiyani saqlaydi, lekin ko‘pchilik jihozlar 220 V yoki 380 V o‘zgaruvchan tok
kuchlanishini talab qiladi. Invertor doimiy tokdagi kichik kuchlanishlar 12, 24, 32,
36, 48, 96, 120 V ni yuqori kuchlanish 220 V ga o‘zgartirib beradi. O‘zgartirish
vaqtida energiyaning bir qismi yo‘qoladi, ya’ni 5% dan – 20 % gacha, bu esa uning
ish rejimi vaqtida sifatining darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Invertorlar har xil quvvatda bo‘lib ularning turi qo‘llash holatiga qarab tanlanadi.
Kichik avtonom tizimlarda kam quvvatli invertorlar (100-1000Vt) televizor, radio,
lampochkalar va boshqa jihozlarni ta’minlash uchun foydalaniladi. Bu invertorlarda
kirish kuchlanishi 12 V yoki 24 V chiqish kuchlanishi esa 220 V bo‘ladi. Katta
quvvatli invertorlarda kirish kuchlanishi 24 V, 48 V yoki 96 V yoki yuqori bo‘lishi
mumkin. Arzon iinvertorlar generatsiya vaqtida energiyani bosqichli yoki to‘g‘ri
to‘rtburchakli shaklda yoki umumiy nom bilan kvazisinusoidal yoki
modifikatsiyalashgan sinusoida signal shaklida o‘zgartiradi. Kuchlanishning bunday
shakli har doim ham hamma jihozlarga to‘g‘ri kelmaydi. Sof sinusoidal invertorlar
tarmoqdagi kabi sifatli tok kabi istalgan yuklamani muammosiz ta’minlay oladi.
Dostları ilə paylaş: