163
Biogazni ishlab chiqarish chiqindini anaerob achitishga asoslanadi, bunda ular
maxsus zich yopiladigan idish-metantenkda saqlanadi. Achitish manbai bo‘lgan
chiqindi mikroblari
metantenkda rivojlanadi, u esa birin-ketin organik moddalarni
yemirib kislota hosil bo‘lishigacha olib boradi, so‘ngra
bu kislotalar metan hosil
qiladigan bakteriyalar orqali gazsimon mahsulotga aylanadi, ya’ni metan va
uglekislotaga aylanadi. Shu bilan bir vaqtda
achitish mobaynida chiqindi, ya’ni
noxush hidlarni chiqindi yo‘qotish jarayoni, degelmintaziya (ya’ni odamlar,
hayvonlar va o‘simlik tarqatuvchi bakteriyalarni, qurtlarni qabul qilish),
turli
urug‘larni o‘sib chiqishini neytrallash va o‘g‘it moddalarni mineral fermalarga olib
ketish bajariladi (8.2-rasm).
Bu jarayon texnologiyasi quyidagicha bajariladi. Hayvonlar fermalaridan
chiqindilar
maxsus idishga tushadi, so‘ngra fekal nasos yordamida uni metantenkka
joylashtiriladi va unda achitish jarayoni boshlanadi.
8.2-rasm.
Biogazdan foydalanish texnologik sxemasi,
1
-ferma;
2
-go‘ng qabul qilgich;
3
-nasos;
4
-metantenk;
5
-gazgolder;
6
-issiqlik
almashtirgich;
7
-qozon;
8
-go‘ngxona.
164
Achitish jarayonida hosil bo‘lgan biogazlar gazgolderga keyin iste’molchiga
uzatiladi. Chiqindilarni achitish temperaturasigacha (45-55
0
S)
qizdirish uchun va
metantenkda issiq rejimni saqlashga issiqlik almashuvchi (telpoobmennik) element
orqali qozonda qaynatilgan issiq suv oqib turadi. O‘zbekiston issiqlik iqlimi uchun
bunday suv isitib turishga ketadigan biogaz miqdori
metantenkdan chiqadigan
umumiy gazning 10...20% ga teng. Achitqi chiqindilar ular to‘planadigan joyga
yig‘ilib so‘ngra dalaga jo‘natiladi.
Ishlab chiqilgan biogaz miqdori va quduq chiqindi o‘g‘it sifati faqat
temperaturaga emas balki mahsulotni achitish davomiyligiga bog‘liq. Metantenkda
masalan, 5 sutka davomida chiqindini achitishda biogaz 50% ga, 10 sutkada 90%ga
va 20 sutkada esa 98% maksimal imkoniyat darajasidan olinadi. Mahsulotni achitish
davomiyligiga ko‘ra, metantenk zaruriy hajmi aniqlanadi hamda nasoslar yordamida
qo‘shiladigan chiqindi miqdori ham hisobga olinadi.
Ayrim hollarda achitish
jarayonini tezlashtirish maqsadida biogaz bir qismi gazgolderdan kompressor
yordamida metantenk pastki qismiga haydaladi va metantenkdagi butun massa
aralashuviga erishiladi. Bu maqsadda kerakli aralashtirgich
qurilmalari ham
ishlatiladi.
Tadqiqotlar ko‘rsatilishicha, anaerob usulida chiqindi va mahsulotni qayta
ishlash orqali quyidagicha biogaz miqdorini olish mumkin:
-
300 m
3
biogaz 1 t quruq qoramol chiqindisidan;
-
500 m
3
biogaz 1 t quruq cho‘chqa chiqindisidan;
-
600 m
3
biogaz 1 t quruq qushlar chiqindisidan.
Bir jon boshiga to‘g‘ri keladigan biogaz ko‘rsatkichlari 8.1-jadvalda
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: