166
Bunday gelmintlar bilan zararlangan hayvonlarda yem-hashak yeyishi 11% ko‘payib,
og‘irligi 10-15% kamayadi va h.k., masalan, sigirlarda sut sog‘ishi 3% ga pasayishi
kuzatilgan. Biogaz qurilmalar sanitariya holatini yaxshilash funksiyasiga ham ega.
Hozirda jahon mamlakatlarida ko‘plab chiqindi mahsulotlarini biogazga
aylantirib beruvchi tajriba sanoat qurilmalari ishlab chiqilgan va qurilgan.
O‘zbekistonda bunday qurilmalar keng tarmoqlangan, bir necha tajriba-sanoat
namunalari katta qoramolchilik xo‘jaliklarida ishlatilayotir.
Amalda qo‘llanilayotgan BioGEQlarining RFda o‘zlashtirilgan va ishlab
chiqarilayotganlarining texnik xarakteristikasi 13.3-jadvalda keltirilgan. Bu
qurilmalarda mahsulot sifatida nafaqat 13.1-jadvaldagilar, balki kichik mollar, otlar,
tuyalar, yirtqich hayvonlar, o‘simlik qoldiqlari, daraxt barglari, makkajo‘xori
poyalari, somon, qattiq chiqindilari ham ishlatilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: