O`RTA OSIYO XALQLARINING QUROL-YAROG`I VA HARBIY SAN’ATI.
Miloddan avvalgi 7-4 asrlarda O`rta Osiyo jangchilari jangga sovut kiyib kir-
ganlar, boshlarida esa dubulg`a bo`lgan. Ular xanjar, qilich, oybolta, nayza hamda kamondan foydalanganlar. Kamonlarining o`qi va chopqilar temir va jezdan yasalgan. Ular xanjarni “AQINAK”, jangovar tabarni esa “SAGARIS”
deb ataganlar. Ularning otlarining ko`kragi va ustiga temirdan to`qilgan
BARGUSTIVON yopganlar. Dushmanga qarshi urushni birinchi bo`lib suvo-
riylar boshlab berganlar. Ular ot choptirib ketayotib o`q-yoy, nayza va qilich
bilan dushmanga hamla qilganlar.
Qal`a va shaharlarni himoya qilishda o`q-yoy va palaxmondan foydalanganlar
Tosh irg`itganlar, qaynab turgan suvni sochganlar. Bu buyumlar AFROSI-
YOB, QIZILTEPA, TALASHKANTEPA va UZUNQIR yodgorliklaridan to-
pilgan. QIZILTEPA, AFROSIYOB va UZUNQIR yodgorliklari miloddan av-
valgi 7-4 asrlar shaharlaridir. Ular kuchli burj va borulari bo`lgan devor bi-
lan o`rab olingan. Devor tepasida kamonchilar uchun yo`lak bo`lgan. Mi-
noraga o`xshagan burj va borularga ham kamonchilar qo`yilgan va devor
atrofidan chuqur suv to`latilgan xandaq bor bo`lgan. Shahar markazida alo-
hida qal`a mavjud edi.
Miloddan avvalgi 330-yili Iskandar qadimgi fors davlatining ahamoniylar su-
lolasidan bo`lgan so`nggi shohi DORO 3 qo`shinlarini tor-mor qildi.
U Hindistonga yurish qilishidan oldin Amudaryoning narigi tomonida yashov-
chi elatlarni bo`ysundirmoqchi bo`ladi. Birinchi bo`lib uning yo`lini to`sgan
shahar Baqtriya poytaxti Baqtra bo `ladi. Bu yerning strapi ahamoniylardan bo`lgan BESS bo`ladi. Bess Doro 3 ni o`ldirishda ishtirok etib, Amudaryo-
ning narigi yog`iga qochib ketgan edi.
Sug`diyona mustaqilligacha turar edi. Iskandar o`zining ustozi, yunon fay-
lasufi bo`lgan Arastudan: “Amudaryoga ikkita shoh ya`ni KIR2 va
DORO 1 kechib kirgan, lekin ularning ikkalasi ham mag`lubiyatga
uchradi” degan gapni eshitgan edi va shuning uchun ham u bu
yurishga puxta tayyorgarlik ko`rgan edi.