Spitamening o`limi so`g`diylar va baqtriyaliklar irodasini bukolmadi.
Ikki yillik natijasiz janglardan so`ng Iskandar bu xalqlarni kuch bi-
lan yengib bo`lmasligini tushunadi va u mahalliy zodagonlar bilan
yaqinlashish yo`llarini qidiradi. Xorien va Oksiartning Hisor tog`larida
joylashgan tog` qal`alarini qo`lga kiritib, Oksiartning Ravshanak ism-
li qiziga uylanadi. Shunday qilib Iskandar e`tiborli so`g`d oilasi bilan
qarindosh tutinadi.
O`rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun Iskandar deyarli 3yil uri-
nadi. Lekin uncha katta bo`lmagan hududni: Marg`iyona, Baqtriya, So`g`-
diyona va hozirgi Bekobod va Xo`janddan iborat Sirdaryo bo`ylarini
bo`ysundirishga muvaffaq bo`ldi. Xorazm, Toshkent vohasi va Farg`o-
na mustaqilliklaricha qoldilar.
Spitamen qo`zg`aloni bostirilishiga qaramay, bu zaminda yunon-ma-
kedon qo`shinlari birinchi bor qator mag`lubiyatga uchradilar. Iskan-
dar saklar va boshqa bo`ysundirilmagan mahalliy aholi bilan urushni
davom ettirish befoyda ekanligini tushundi va miloddan avvalgi 327-
yilda Hindistonni bosib olish uchun jo`nadi.
MAKEDONIYALIK ISKANDAR BOSQININIG OQIBATLARI.
Yunon-makedon qo`shinlarining bosqinchilik yurishlari O`rta Osiyo yer-
larini xarobazorga aylantirdi. Aholining katta qismi qirilib ketdi. Ko`p-
lab shaharlar vayron etildi.
Bu zaminning xalqini kuch bilan yengib bo`lmasligini tushunib yetgan
Iskandar o`zi vayron qilgan shaharlarining ba`zilarini ta`mirlash chora-
larini ko`radi
Yunon tarixchilarining yozishicha, makedoniyalik Iskandar O`rta Osiyoda
12ta shahar qurdirgan va ular uning nomi bilan Oksdagi Aleksandriya,
Aleksandriya Esxata, Marg`iyona Aleksandriyasi va hakazo tarzida atal-
gan. Ularning ba`zilari vayron etilgan So`g`diyona va Baqtriya sha-
harlari o`rnida, boshqalari esa tayanch qal`alar tarzida yangidan quril-
di. Bu shaharlarda yunon-makedon piyoda va otliq askarlari joylashdi.
Miloddan avvalgi 324-yildan boshlab bu askarlarning siyraklashgan
saflari Makedoniya tarkibida qurollantirilgan Baqtriya va So`g`diyona
yoshlari hisobiga to`ldiriladi.
Bora-bora hunarmandchilik va savdo qayta tiklandi. Mahalliy va yunon
madaniyatlari an`analari o`zaro omixta bo`labordi. Shu asosda O`rta Osiyoda Yunon-Baqtriya va Parfiya singari antik davlatlar taraqqiy etadi.