Tor qamrovchi kombaynlar - asosiy qazib oluvchi mashinalar hisoblanib, ular zamonaviy qazish komplekslari bilan birga ishlatiladi. Ko’mirni tor qamrovchi kombaynlar yordamida qazib olish texnologiyasi: a – kombaynning konveyer ramasida ishlash sxemasi; b - kombaynning zaminda ishlash sxemasi; v- kombaynning qazib olingan bo’shliq tomonda ishlash sxemasi. Agar qatlam qalinligi 0,6-0,8 m bo’lsa, tabiiyki yupqa qatlam ish zonasi kombaynning konveyer ramasi ustida xarakat qilishini ta’minlay olmaydi. Bunday xollarda kombayn qatlam zaminida konveyer yonida harakatlanadi. Bu holat ikki variantda bo’lishi mumkin: 1) kombayn konveyer yonida (b) zaboy tarafda (K103); 2) kombayn korpusi konveyer reshtagi yoniga (o’tilgan bo’shliq tarafda) joylashtirilgan, uning ishchi organi esa zaboyda (MK67M) (v).. Eng ko’p tarqalgan tor qamrovchi kombaynlarning strukturaviy sxemasi a – rasmda ko’rsatilganidek, kombayn zaboy konveyeri ustida ikkala shneklari zaboy tarafda (1K101, 2K52M, 2K52MU) quyidagi ketma-ketlikdagi ishlaydi. Elektrodvigatel D validagi aylanish momenti bir tarafdan uzatuvchi mexanizm PM lar yordamida ish bajaruvchi organ IO ga, ikkinchi tarafdan esa harakatlanish organi MP ga uzatiladi. Ish bajaruvchi organ ko’mirni massifdan ajratib olib bir vaqtning o’zida zaboy konveyeriga yuklaydi. Oxirgi jarayonni oddiy konstruktsiyali yuklash qurilmasi PU (podpornыy щit) bajaradi. Kombayning harakatlanishi unda joylashgan yurituvchi yulduzcha va kalibrli zanjir orqali amalga oshiriladi. Zanjirsiz harakatlanishda tortuvchi organ sifatida zaboy konveyeri bortida joylashgan tishli reyka va kombaynda tishli shesternya ishlatiladi. Bunda shesternyaning tishli reykaga birikishi natijasida harakat yuzaga keladi. Kombaynda ishga tushirish-moslash qurilmasi, chang bostirish va boshqa yordamchi qurilmalar bo’ladi. Tor qamrovchi kombaynlar konstruktiv tuzilishini KSH-1KG kombayni (16.2-rasm) misolida ko’rib chiqamiz. Kombayn quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: elektroblok 1, 1G405 tipidagi gidravlik harakatlanish mexanizmi 2 (tezlikni avtomatik boshqarish bilan), 24*86 mm kalibrli aylana zvenoli tortish zanjiri 3, suv bilan sovitiluvchi elektrodvigatelь 4, asosiy 5, oraliq 6 va ikkita buriluvchi 7 va 12 reduktorlardan tashkil topgan ko’p tarmoqli uzatish mexanizmi, 2 ta shnekli ishchi organ 8 va 11, har bir shnekka bittadan 9 va 10 gidrodomkratlar, boshqarish punkti va chang bostirish tizmlari.