Qdpi pedagogika va psixologiya fakulteti inklyuziv ta’lim kafedrasining 2023-yil oktyabrida bo’lib o’tgan navbatdan tashqari yig’ilish bayonnomasidan ko’chirma
QDPI PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI INKLYUZIV TA’LIM KAFEDRASINING 2023-YIL __- OKTYABRIDA BO’LIB O’TGAN NAVBATDAN TASHQARI YIG’ILISH BAYONNOMASIDAN KO’CHIRMA ___.10.2023-yil Qoʻqon shahar
Qatnashdilar: Kafedra mudiri X.S.Rahimova, dotsentlar F.R.Teshaboyeva, katta o’qituvchilar I.Ravshanova, S.Umarova, T.Meliboyev stajor-o’qituvchi D.Muhammadjonova, Z.Turg’unboyeva, A.Hasanov assistent o’qituvchi M.Xonboboyeva, M.Rahimova, I.Xaydarov,
Kun tartibi: 1. Inklyuziv ta’lim kafedrasi o’qituvchisi Yo.Shermatovani katta o’qituvchi lavozimini egallash uchun tanlovga tavsiya etish toʻgʻrisida.
Eshitildi: Ushbu masala yuzasidan kafedra mudiri X.S.Rahimova fikr bildirdi: Hurmatli kafedra a’zolari, "Farg’ona haqiqati" gazetasining 2023-yil 29-sentabr kunidagi 39-sonida Inklyuziv ta’lim kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimiga tanlov e’lon qilingan boʻlib, ushbu tanlovda ishtirok etish uchun kafedra o’qituvchisi Yo.Shermatovadan ariza tushgan. Bugungi yig’ilishimiz kun tartibidagi masala Inklyuziv ta’lim kafedrasi o’qituvchisi Yo.Shermatovani katta o’qituvchi lavozimini egallash uchun tanlovga tavsiya etishdir. Mazkur masala yuzasidan fikr-mulohaza bildirishlaringizni so’rayman.
p.f.b.f.d (PhD) F.R.Teshaboyeva so’zi: Shermatova Yoqutxon Inklyuziv ta’lim kafedrasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarimizdan. U hozirgi kunda Pedagogika va psixologiya fakulteti talabalariga "Gospital pedagogika fanidan dars berib kelmoqda. Yoqutxon Shermatova pedagogik faoliyatida uzluksiz ta’lim tizimi doirasida turli mavzulardagi seminar va amaliy mashg’ulotlarini oliy ta’lim talablari doirasida tashkil etib kelmoqda.
2020-yilning aprel oyida Toshkent davlat texnika universitetida huzuridagi Qayta tayyorlov va malaka oshirish tarmog’ida Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan malakasini oshirib keldi. Uning ilmiy-pedagogik faoliyatida erishgan natijalarini hisobga olib, katta o’qituvchi lavozimini egallash uchun tanlovga tavsiya etaman.
Mazkur masala yuzasidan so’zga chiqqan kafedra katta o’qituvchisi S.Umarova, katta o’qituvchi T.Meliboyevlar taklifni qo’llab-quvvatladilar.
Ovozga qo’yildi. Kafedra a’zolari ovoz berishi natijalari quyidagicha boʻldi:
Ha -12
Yo’q-0
Betaraflar - 0
Inklyuziv ta’lim kafedrasi o’qituvchisi Yoqutxon Shermatovani katta o’qituvchi lavozimini egallash uchun tanlovga tavsiya etilishi ma’qullandi.
YIG’LISH QAROR QILADI: 1. Inklyuziv ta’lim kafedrasi o’qituvchisi Shermatova Yoqutxonni katta o’qituvchi lavozimini egallash uchun tanlovda ishtirok etishga tavsiya qilinsin.
2. Ushbu qarorni ko’rib chiqish institut Kengashidan so’ralsin.