Page 161
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turganidek, 2021 yil boshida viloyat bo‘yicha
jami sanoat korxonalarining soni 4185 tani tashkil qilgan bo‘lsa, shundan qarib 97 foizi
kichik va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Yirik sanoat korxonalari asosan Qarshi shahrida (14), Koson (5), Muborak (4) va
G‘uzor (3)tumanlarida joylashgan.
Sanoat korxonalarining 97 foizi hududiy bo‘ysunuv darajasida. Agar tumanlar
kesimida ko‘radigan bo‘lsak, eng ko‘p sanoat korxonasi joylashgan Qarshi shahrida
832ta korxonaning 801 (96,2%) tasi hududga bo‘ysunadi. Tumanlarda joylashgan yirik
sanoat korxonalarining deyarli barchasi respublika boshqaruvidadir.
Korxona innovatsion faoliyatining ajralmas bir bo‘lagi sifatida tashkiliy-boshqaruv
faoliyatini shakllantirish uchun tashkiliy tizim boshqaruvi innovatsion jarayon
vazifalariga mos kelishi zarur. Ushbu omil quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
joriy tashkiliy tuzilmalarning rasmiylashtirilish darajasi;
alohida xodimlar va bo‘linmalarning innovatsion erkinligi;
maqsadli ishchi guruhlarni shakllantirish imkoniyati;
tashkiliy tuzilmada innovatsiyalarni qayta ishlash faoliyatini olib boruvchi
bo‘limlarning mavjudligi;
tashkiliy tuzilmada korxona innovatsion faoliyatini amalga oshirishni amalga
oshiruvchi bo‘limlarning mavjudligi.