Ushbu sohaning nafaqat O‘zbekiston Respublikasida, balki butun MDH davlatlari hududida yangi ekanligini ta’kidlash joiz. Chunki qimmatli qog‘ozlar bozori tadbirkorlik faoliyati yuritishning yangi va serqirra sohasi ekani barobarida, katta daromad manbai bo‘lish imkoniyatiga ham ega. Davlat tomonidan ushbu sohaning qonun yo‘li bilan tartibga solinishi ko‘pgina muammolarning oldini olishi bilan birgalikda sohaning tartibli rivojlanishi uchun ham yo‘l ochib beradi.
Ushbu Qonun qabul qilingunga qadar qimmatli qog‘ozlar bozoridagi munosabatlarni tartibga soluvchi “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatishi mexanizmi to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozorida depozitariylar faoliyati to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar mavjud edi.

Shu bois, qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari uchun qulay sharoit yaratish, ushbu sohada huquqiy tartibga solishning yaxlitligini va tizimliligini ta’minlash maqsadida yagona Qonun qabul qilindi.

Ushbu Qonun qimmatli qog‘ozlar bozorining barcha ishtirokchilari tomonidan axborotlarni ochish majburiyatini belgilash; qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarning takroran hisobga olinishini bartaraf qilish; ilgari chiqarilgan naqd korporativ qimmatli qog‘ozlarni naqdsiz shaklga o‘tkazish va ularni keyinchalik faqat naqdsiz shaklda chiqarish; qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat turlarini qo‘shib olib borishga bo‘lgan alohida cheklanishlarni bekor qilish, hamda tegishli litsenziyalarga ega bo‘lgan investitsiya maslahatchilariga, muayyan qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish yoki sotish bo‘yicha tavsiyanomalar berish; mazkur sohani tartibga soluvchi qonun hujjatlarida qayta takrorlanadigan qoidalarni bartaraf qilish kabi muhim qoidalarni nazarda tutadi.