158-rasm. Bazal haroratning grafikda qayd qilinishi:
a–ikki fazali hayz siklida ovulatsiyadan keyin bazal haroratning
ko‘tarilishi; b–anovulator sikliga xos bir tonli bazal harorat.
322
tatsiya) kuzatiladi. Ya’ni, 1-faza
giðotermiya fazasi bo‘lib, T–
37°C gacha, ovulatsiyadan keyin
T–38,4°C gacha ko‘tariladi. Bu
ma’lumot ovulatsiya bo‘lib, sariq
tana taraqqiyoti natijasida progesteron
yetarli darajada ajralayotganligidan
dalolat beradi.
2. “Ko‘z qorachig‘i fenomeni”
usuli yordamida estrogen
gormonining konsentratsiya holati
aniqlanadi. Hayz siklining
follikular fazasida bachadon
bo‘yni kanalidagi bezlar ko‘p
miqdorda shilliq ajratadi. Estrogen
– follikulin gormonining
konsentratsiyasi oshgan sari ularning
miqdori oshib boradi. Ovulatsiya davrida sekret ko‘payadi.
Sekret oshgan sari bachadon bo‘ynining tashqi teshigi kengaya
boradi: 0,25–0,3 sm gacha. Hayz siklining 8–9-kunidan boshlab
ko‘z qorachig‘iga o‘xshab ketadi. Bachadon bo‘yni kanalida tiniq
shilliq bo‘lib, bachadon ichi qorong‘u bo‘lganligi uchun qoramtir
ko‘rinadi. Estrogen bachadon bo‘ynidan ajraladigan shilliqni
suyultiradi, progesteron quyultiradi va kamaytiradi. Ko‘z qorachig‘i
fenomeni quyidagicha belgilanadi: a) agar (–) bo‘lsa, (manfiy)
aniq emas; b) agar (+) bo‘lsa, (musbat) biroz aniq; d) agar
(++) bo‘lsa, bachadon bo‘yni kanalining tashqi teshigi 0,2 sm
ochiq, qisman aniq; e) agar (+++) bo‘lsa 0,3 sm ochiq, shilliq
ko‘p, estrogen yetarli.
3. Bachadon bo‘yni shillig‘ining kristallga aylanish belgisi (arborizatsiya,
kristalizatsiya, qirq bo‘g‘im fenomeni). Bachadon
bo‘yni kanalidan ajraladigan shilliq tarkibida natriy xlor bo‘lgani
sababli, uni olib xona haroratida quritilsa, kristallga aylanadi, paporotnik
bargi shaklini oladi, buni mikroskop ostida kuzatiladi: a)
(–) estrogen kam, kristalizatsiya yo‘q, shilliq amorf holatda,
Hujayra elementlari to‘plangan holatda; b) (+) estrogen oz miqdorda
bo‘ladi, kristalizatsiya aniq bo‘lmaydi, ayrim shoxchalar va
kristallar ko‘rinadi; d) (++) estrogen qisman bor, paporotnikning
aniq shakli ham bor, shakli yupqa; e) (+++) estrogen