Qinning tozalik darajasi va uni aniqlash



Yüklə 29,04 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü29,04 Kb.
#208475
  1   2   3
Документ Microsoft Word (2)


Qinning tozalik darajasi va uni aniqlash
Qinning tozalik darajasi va uni aniqlash Qinning shilliq qatlamida bezlar bo‘lmaydi. Lekin qon va limfa tomirlaridan suzib chiqadigan suyuqlik sekret ajralib turadi. Odatda, u oqimtir rangda kam miqdorda, maxsus hidga ega bo‘ladi va qinni namlab turadi. Jinsiy yetuklik davrida qin ajralmasi kislotali muhitda bo‘ladi. Buning sababi sog‘lom qinda bo‘lgan qin batsillalari (Dederleyn tayoqchalari) hayot faoliyati ta’sirida ayollarda qin epiteliyalarida bo‘lgan glikogenlardan sut kislotasi ishlab chiqiladi. Qinda hosil bo‘lgan sut kislotasi qin batsillalari va qin shilliq pardasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, aksincha qindagi patogen mikroorganizmlarni o‘limiga olib keladi. Shunday qilib sog‘lom, yetuk ayollar qinida o‘zini o‘zi tozalash jarayoni kechadi. Shunga qaramay, sog‘lom ayollar qini ajralmasida shartli ravishda patogen hisoblangan mikroorganizmlar (stafilokokk, streptokokk, enterokokk, ichak tayoqchasi) yashaydi. Qulay sharoit bo‘lishi bilan (shamollash, qin devorlarining jarohatlanishi), ya’ni organizmning himoya kuchi pasayishi zahotiyoq ular yallig‘lanish kasalligini chaqirishi mumkin. 414 Shuning uchun ham, qinning tozalik darajasini bilishimiz lozim. Mikroblar florasining tavsifiga qarab qin tozaligining to‘rt darajasi tafovut qilinadi. Tozalikning birinchi darajasi: qindan olingan ajralmada faqat Dederleyn tayoqchalari – qin batsillalari va epiteliy hujayralari topiladi. Reaksiyasi kislotali. Bu tozalik darajasi jinsiy hayotda yashamaydigan sog‘lom qizlarga xos. Tozalikning ikkinchi darajasi: qin ajralmasida qin batsillalari uncha ko‘p emas, ko‘plab epiteliy hujayralari va onda-sonda leykotsitlar uchraydi. Reaksiyasi kislotali. Bu tozalik darajasi jinsiy hayotda yashaydigan sog‘lom ayollarga xos. Tozalikning uchinchi darajasi: qinda qin batsillalari ham, turli xil mikroblar va ko‘plab leykotsitlar uchraydi. Reaksiyasi kuchsiz ishqorli. Bu tozalik darajasi jinsiy a’zolarning surunkali yallig‘lanish kasalliklariga xos. Tozalikning to‘rtinchi darajasi: qin batsillalari umuman yo‘q, juda ko‘p miqdorda patogen mikroorganizmlar, hattoki trixomonos va boshqalar, leykotsitlar – yiringli ajralma. Reaksiyasi ishqorli. Bu tozalik darajasi jinsiy a’zolarning o‘tkir yallig‘lanish kasalliklariga xos. Tozalik darajasini aniqlash uchun surtma olish algoritmi: Kerakli anjomlar: ginekologik kreslo yoki tapchan, kornsang, paxtali sharik, buyum oynachasi. Tozalikning I darajasi. Epiteliy hujayralari (1), bilan qin tayoqchalari (2) ko‘rinib turibdi. Tozalikning II darajasi. Epiteliy hujayralari (1), qin tayoqchalari (2), yakkam-dukkam leykotsitlar (3) va comma variabile (4) ko‘rinib turibdi. Tozalikning III darajasi. Qin tayoqchalari kamroq (2), leykotsitlar (3), comma variabile (4), kokklar (5) ko‘proq. Tozalikning IV darajasi. Qin tayoqchalari yo‘qolgan. Leykotsitlar ko‘p (3). Kokklar (5) va trichomonas vaginalis (6) birtalay. 1. Bemor beligacha yalong‘ochlanib tapchanga yoki ginekologik kreslogo yotqiziladi. 2. Chap qo‘lning barmoqlari bilan jinsiy lablar keriladi. 3. O‘ng qo‘l yordamida kornsangda ushlangan paxtali sharik qinga kiritiladi va uning ajralmasi olinib, buyum oynachasiga surtiladi. 4. Oynacha quritiladi va laboratoriyaga yuboriladi. 415 5. Laboratoriyada Gramm usulida bo‘yaladi. 6. Mikroskopda ko‘rilad
Estrogen gormonlar ta’sirida qinning ko‘p qavvatli silliq
epiteliysida shoxlanish jarayoni kechadi. Qanchalik estrogenlar
miqdori ko‘p bo‘lsa, shunchalik kuchli rivojlangan shoxlanish
jarayoni bo‘ladi.
Organizimda estrogen gormonlar kamroq bo‘lganda, qinda oraliq
epiteliylari ko‘zga tashlanadi. Estrogenlar kam miqdorda bo‘lsa,
(tuxumdonlar giðofkunksiyasi, giðoestrogenemiya) bazal parabazal
epiteliylar ko‘p miqdorda bo‘ladi. Sitologiyada qaysi epiteliy
qay miqdorda bo‘lishiga qarab 4 xil reaksiya tafovut etiladi.
I tið – surtmada, asosan, atrofiyalangan bazal epiteliylar,
leykotsitlar ko‘zga tashlanadi. Bu holat organizmda estrogen gormonlarining
keskin yetishmasligida kuzatiladi (balog‘atga yetmagan
qiz bolalalrda, menopauzada, tuxumdon giðofunksiyasida, amenoreya
holatida uchraydi).
II tið – surtmada bazal, parabazal, ba’zan oraliq epiteliylar va
leykotsitlar uchraydi. Bu holat estrogenlarning deyarli yetishmasligida,
tuxumdon giðofunksiyasi, menopauza davriga xos.
321
III tið – surtmada, asosan, oraliq epiteliylari, onda-sonda
shoxlangan epiteliylar ko‘zga tashlanadi. Bu holat kam miqdorda
estrogen gormonlari yetishmasligida, hayz siklining sariq tanacha
rivojlanish fazasiga xosdir.
IV tið – surtmada, asosan, shoxlangan yuza qatlam epiteliylari
uchraydi. Bu holat estrogen gormonlarning yetarlicha ekanligidan
dalolat beradi va hayz siklining follikular fazasiga xosdir.
Endoskopik tekshirish usullari bemor jinsiy a’zolarini maxsus
optik asbob yordamida ko‘zdan kechirib chiqishdir. Kolposkopiya,
gisteroskopiya, laparoskopiya va kuldoskopiya, sistoskopiya, rektoromanoskopiya
qo‘llaniladi. Laparoskopiyada anesteziya ostida oldingi
qorin devoridan teshik ochilib, asbobni shu teshik orqali qorin
bo‘shlig‘iga kiritib ko‘riladi. Kuldoskopiyada asbob qin orqa gumbazi
orqali kiritiladi. Bunda kichik chanoq a’zolari ko‘zdan kechiriladi.
Sistoskopiyada-qovuq ichki yuzasi tekshiriladi. Rektoro-manoskopiyada
– to‘g‘ri va sigmasimon ichaklar ichki yuzasi ko‘zdan
kechiriladi.
Funksional diagnostika usuli – bu tuxumdonning gormonal
funksiyasiga baho berishda qo‘llaniladi.
1. Bazal haroratni o‘lchash. To‘g‘ri ichak, qin, og‘iz haroratini
o‘lchash ishlari kiradi. O‘zbekiston Respublikasida hayz siklini tartibga
soluvchi markazning giðertermik ta’siriga asoslangan. O‘rinda
yotgan holda har kuni 1 soatda, 1 ta (almashtirilmagan) termometrni
to‘g‘ri ichakda 5–10 daqiqa qo‘yilib, harorati o‘lchab,
yozib boriladi. Bir necha oy davomida olingan natija grafikka tushirilib,
o‘shanga qarab estrogen va progesteron muvozanati, yana
ovulatsiya bor-yo‘qligi aniqlanadi. Estrogen-progesteron muvozanati
normada bo‘lib, ovulatsiya bo‘lgan holatda grafikda 2-faza (interprea
b

Yüklə 29,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin