Qishloq aholi


V bob. QISHLOQ AHOLI PUNKTLARINING



Yüklə 128 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/77
tarix07.01.2024
ölçüsü128 Kb.
#203455
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77
Qishloq aholi punktlarini rejalashtirish

208


V bob. QISHLOQ AHOLI PUNKTLARINING
FUNKSIONAL ELEM ENTLARINI M E’M ORIY-REJALI
TASHKIL ETISH
5.1. H u d u d n i zo n alash tirish va funksional z o n alarn i rejali 
tash k il etishning o 'zig a xos x ususiyatlari
Joylashuvning mahalliy tizimi elementi - qishloq aholi punkti 
hududini funksional zonalash prinsiplari. Aholi punktini joylashtirish 
tizimining tuzilmaviy elementi sifatida qabul qilinishi, aw alg i, 
an ’anaviy yondoshishdan farqli oMaroq, uning territoriyasi funksional 
ravishda zonalashtirilishini 
belgilab beradi. 
Aholi 
punkti 
va 
joylashtirish tizimini rejaviy tashkil etilishining uslubi sifatida ko‘rila- 
digan funksional zonalashtirishning imkoniyatlari ayrim zonalaming 
o ‘zaro ta ’siri, masalan, bu zonalardagi ayrim elem entlam ing bir-biriga 
qo'shilib ketishi va integratsiyasi kabi shaharsozlik yaxlitligiga xos 
boMgan tendensiyalar kuchayishini hisobga olishi zarur. Qurilish 
obyektlarining nafaqat funksional, balki hajmiy-fazoviy jihatlarini 
hisobga olish zarurati funksional bir turga mansub hududlami 
belgilashdek nisbatan oddiy prinsiplardan o'zgaruvchan, shaharsozlik 
tuzilmalari shakllanishining barcha jihatlarini o ‘z tarkibida qamrab 
olgan prinsiplarga o ‘tish maqsadga muvofiq ekanligini taqozo qiladi. 
Ushbu prinsipni amalga oshirish uchun eng qulay sharoitlar yangi va 
yetarlicha darajada istiqbolli hisoblangan aholi punktlarida mavjud, 
ulardagi tuzilmani aholi istiqomat qiladigan va sanoat zonalarini 
ajratgan holda shakllantirish maqsadga muvofiq. Boshqa funksional 
turdagi shakllanib boMgan aholi punktlarida, ayniqsa, ko‘p funksional 
shahar tashkil etuvchi bazasi va hududiy jihatdan murakkab aloqalar 
mavjud boMgan sharoitlarda esa funksiyalaming qat’iy birlashtirilishi 
funksional nuqtayi nazarda o'zini oqlaydi.
Mavjud qishloq aholi punktaridagi barcha h u d u d la r-a h o li 
istiqomat qiladigan zona, uning markaziy qismi, tashqi zonasi ko‘p 
funksional tuzilmalar sifatida shakllanadi. Aksariyat qishloq aholi 
punktlari tuzilmasi o'rganilganida, aholi istiqomat qiladigan va ishlab
209


chiqarish zonalarining ajratilishi aniq belgilanmaganligi ko'zga 
tashlanadi. Undan tashqari, rekonstruksiya tajribasini tadqiq etish 
jarayonida aniqlandiki, bu kabi zonalashda katta qiyinchiliklar yuzaga 
kelish ehtimoli yuqori b o 'lar ekan.
Qishloq aholi punkti hududining funksional jihatdan qat’iy 
zonalanashida har bir zona o ‘zining hajm iy-fazoviy xarakteristikalari 
bo'y icha bir-biridan ancha farqlanishi kuzatiladi. Bu aholi punktla­
ridagi korxonalar qavatliligi bilan ham, hududdan foydalanish 
intensivligi bilan ham turlicha bo'ladi. Bu yerda ko'proq kam qavatli 
binolarda joylashgan kommunal xizmat, qishloq xo‘jalik yo'nalish- 
laridagi va kamroq agrar-sanoat korxonalari qurilgan. Transport 
obyektlari bilan band bo'lgan hududlar ham jam oat-transport 
kom pleksi, avtokorxonalar tarkibidagi uchastkalarga bo'linadi. ushbu 
holatlarning barchasi hududni rejali tashkil etish metodi sifatida qabul 
qilingan 
funksional 
zonalashning 
keng 
imkoniyatlari 
mavjud 
ekanligini ko'rsatadi. Biroq, bunday yondoshuv tuzilmaviy-rejali 
tashkillashtirishning faqat funksional jihatlarini hisobga olgan holda 
estetik xususiyatlam i deyarli chetlab o'tadi.
Hududni funksional tashkil etishda ayrim zonalar o'rtasidagi 
istalgan shaharsozlik yaxlitlikka xos bo'lgan o'zaro ta’sir (masalan, 
zonalar elem entlarining qo'shilishi va integratsiyasi) kuchayishini 
ham hisobga olish zarur. Im oratlar qurilishining nafaqat funksional, 
balki hajm iy-fazoviy xarakteristikalarini hisobga olish zarurati 
funksional jihatdan bir xil bo'lgan hududlam i nisbatan oddiy bo'lgan 
ajratish prinsipidan m oslashuvchanroq, shaharsozlik tuzilmalari 
shakllanishining barcha xususiyatlarini to'laroq qamrab oluvchi 
kom pleks zonalashtirish prinsipiga o 'tish lozimligini shartlab beradi. 
Bu prinsip qurilish zichligi va qavatliligini hisobga oluvchi funksional 
va hajm iy-fazoviy xarakteristikalar jam lanm asiga asoslanadi.
Joylashuv tizim ining mahalliy markazi vazifasini o'tovchi aholi 
punktlarining qishloq hududlarini o'zgartirishdagi ahamiyatli o 'm i 
ulam ing hajm li-fazoviy tuzilm asiga alohida talablar qo'yilishini 
taqozo qiladi. Bunday obraz shaharga xos va qishloqning m a’lum 
afzalliklarini sifat jihatidan umuman yangi bo'lgan asoslarda uzviy 
m ujassam lashtirishning mantiqiy natijasi deb qabul qilish mumkin. 
Bunda shaharga xos m adaniyatning kelgusidagi rivojlanishi va qishloq 
aholi puntklarining ijobiy ekologik xarakteristikalarini saqlab qolinishi
210


albatta hisobga olinadi. Ushbu aholi punktlarining oMchamlari 
ulam ing hududlarida o ‘z parametrlari bo'yicha to'liq birlashtirilgan 
muhit yaratilishini nazarda tutadi.
Tizim tashkil etuvchi aholi punktlari - o'zaro bog'langan aholi 
punktlari markazlarining shakllanishidagi o'ziga xos jihatlar ular 
tarkibida hajmiy-fazoviy ko'rsatkichlari bo'yicha va imoratlar 
qurilishi tizimi bilan farqlanuvchi uchta zonani ajratish zaruratini 
keltirib chiqadi. Bunda har bir zona bir xil bo'lm asa-da, lekin bir- 
biriga zid bo'lm agan funksional jihatdan mos elementlardan tashkil 
topadi (5.1.1-rasm).
Aholi punkti tomonidan ijtimoiy xizmat ko'rsatish markazi 
vazifasini bajarilishi uning markaziy qism ida urbanizatsiyalashgan 
deb qabul qilinishi mumkin bo'lgan zona shakllanishi uchun dastlabki 
shart xizmatini o 'tab beradi. Ushbu zonadagi bino va inshootlar, 
markazda joylashgan korxonalar va turar-joy binolarining bir 
qismidan 
tashkil 
topgan 
guruh 
urbanizatsiyalashgan 
muhitni 
yaratadilar. Obrazli, hajmli-fazoviy asosiy jihatlarga ega va qaysidir 
holatlari bilan shahami eslatuvchi bunday muhit birinchi navbatda 
aholi punkt-markazlarda shakllanadigan m e’moriy tuzilmaning muhim 
elementi hisoblanadi. U ham funksional, ham psixologik tomondan 
ijtimoiy faoliyatning eng muhim turlari va aholi bilan muloqot qilish 
uchun eng maqbul sharoitlami yaratib beradi.
Ikkinchi zonani asosan turar-joy mavzelari joylashgan chekka 
tumanlardan, shuningdek o'zining shaharsozlik xususiyatlari bilan 
shunga o'xshash bo'lgan funksional elementlardan iborat. Kam qavatli 
va tomorqa uchastkalari hamda bog'lari bo'lgan turar-joylam ing 
ko'pligi bu zonani kam urbanizatsiyalashgan deb ta ’riflashga asos 
bo'ladi.
Nihoyat, tarkibida qishloq xo'jalik korxonalariga yaqindan 
bog'langan turar-joy massivlari, joylashuvning mahalliy tizimining 
muhandislik infratuzilmasini bosh obyektlari joylashgan, asosan, bogc 
va uzumzorlar, qishloq xo'jalik uchastkalari va bir qavatli imoratlar 
zonasidan 
iborat tashqi 
zona hududlari 
qishloqqa xos yoki 
urbanizatsiyalashmagan muhitni tashkil qiladilar.
Aholi 
punktlari - joylashuv 
tizimi 
elementlari 
hududining 
zonalanishidagi e ’tiborga molik xususiyatlami aniqlashda, kattaligi 
turlicha bo'lgan aholi punktlarida urbanizatsiya darajasi turlicha
211


boMgan 
zonalam ing 
o 'z a ro
bir-birlarini 
to 'ld ira 
olishdek 
xususiyatlarini va barcha aholi punktlari uchun yagona kelishilgan 
zonalash tizim ini qoMlash zarurligini ta'kidlash lozim. M asalan, 
faoliyat va ijtimoiy muloqotning keng qamrovii boMishi faqat 
urbanizatsiya darajasi yuqori muhiti ta ’minlay oladi. Bunday muhit, 
o ‘z navbatida, joylashuvning viloyat tizimidagi yirik shahar-markazda 
shakllanishi mumkin. Shu bilan birga, yirik shaharlarda urbanizatsiya- 
lashmagan yoki sust urbanizatsiyalashgan zonalami shakllantirishning 
imkoni y o ‘q.
Joylashuvning turli mintaqalaridagi aholi punktlarini m e’m oriy- 
rejali tuzilm asida urbanizatsiyalashgan, sust urbanizatsiyalashgan va 
urbanizatsiyalashm agan 
(qishloq) 
zonalarining 
turlicha 
o ‘zaro 
nisbatlarini ko'zda tutish maqsadga muvofiq, xususan:
•joylashuvning 1 va II mintaqalarida k o'p qavatli imoratlar va 
qurilish zichligi yuqori boMgan urbanizatsiyalashgan va sust 
urbanizatsiyalashgan zonalam i joylashtirish (urbaniziyalashmagan 
zonani m utlaqo bo'lm asligi imkoniyati mavjud hollarda);
urbanizatsiyalashgan zona joylashuvning III m intaqasidagi aholi 
punktining katta bo'lm agan markazida jam langan holatlarda shu aholi 
punktining kam qavatli va qurilish zichligi past turar-joy binolariga 
ega sust urbanizatsiyalashgan zonasini rivojlantirish (urbaniziya­
lashmagan zonani m utlaqo bo'lm asligi imkoniyati m avjud hollarda).
Joylashuv tizim ining viloyat miqyosida aholi istiqomat qiladigan 
zonalari m arkazga yaqinlashgan sari kichik aholi punktlaridagi turar- 
jo y zonalarining urbanizatsiya darajasi ko'tarilib borishini kuzatish 
mumkin. Bu tendensiya loyihalash amaliyotida hozircha inobatga 
olinmayapti, lekin uning tahlili shuni ko‘rsatadiki, turar-joy qurilishi 
va qavatliligi turli boMgan turar-joy binolarini tizim m arkaziga 
nisbatan joylashuviga bog'liq ravishda tanlashga asoslangan uzoq 
muddatli siyosat ishlab chiqish uchun yetarlicha asoslar mavjud.
Qishloqlararo 
aloqalar jadallashuvi 
sharoitlarida joylashuv 
tizimlari shakllanishini aholi punktlari hududlarini zonalalanishi va 
m e’m oriy-rejali 
tashkil 
etilishidagi 
yangi 
om illar deb 
qabul 
qilinayotgan hodisalar doirasi kengayib boradi. 
Bu hodisalam ing 
xususiyatlarini, ulam ing aholi punktlari shakllanishidagi ta ’sir mexa- 
nizmini va aham iyatini yanada chuqurroq o'rganish zarur. Lekin, 
shaharsozlar 
tom onidan 
bu 
omillami 
m a’lum 
ketm a-ketlikda
212


o ‘zlashtirilishi qishloq aholi punktlarini rejalashtirish va qurish loyiha- 
larini ishlab chiqish metodikasini m a'lum darajada murakkab- 
lashtirsada, oxir-oqibatda loyihaviy yechimlar sifatini va qishloq 
joylashuvi hududlarida aholi punktlarini rivojlantirishning muhim 
vositasi hisoblangan loyihaviy-rejali hujjatlar samarasini sezilarli 
darajada oshiradi.
T a k ro rla s h uchun savollar:
1. Qishloq aholi punkti hududini «qat’iy» zonalashtirishdagi 
o ‘ziga xos xususiyatlam ing mohiyati nimalardan iborat?
2. Qishloq 
aholi 
punkti 
hududini 
kompleks 
tarzda 
zonalashtirishdagi o ‘ziga xos xususiyatlaming mohiyati nimalardan 
iborat?
3. Tizim tashkil etuvchi aholi punktlari - o ‘zaro bogMangan aholi 
punktlari markazlarining rejali tuzilmasini shakllantirishning o ‘ziga 
xos xususiyatlari nimalardan iborat?
4.Urbanizatsiyalashgan, sust urbanizatsiyalashgan va urbanizatsi- 
yalashmagan (qishloq) zonalarining joylashuvning turli mintaqalarida 
joylashgan qishloq aholi punktlarining m e’moriy-rejali tuzilmalaridagi 
turli nisbatlarini qay tarzda nazarda tutish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi?
5 .Joylashuvning viloyat miqyosidagi tizimida kichik qishloq- 
lardagi turar-joy qurilishi va turar-joy hududlaridan jadal foydalanish 
tendensiyasining mohiyati nimalardan iborat?
Q ishloq aholi p u n k tla ri funksional zo n alarin i 
tuzilm aviy-rejali tashkil etish
Joyning tabiiy xusiisiyatlarini, sanitariya-gigiyenik normalar, 
iqtisodiy va shaharsozlikka oid talablami, shuningdek har bir 
funksional zona va butun aholi punktini kelgusidagi rivojlanishini 
qat’iy hisobga olib turib hududni zonalashtirish qishloq aholi punkti -
joylashuv tizimi elementining rejali tuzilmasi oqilona tashkil etilishini 
belgilab beruvchi talablardan biri hisoblanadi. To‘g ‘ri tanlov va 
hududni funksional zonalanishi shaharsozlik asosini, aholi punkti
213


hududini qulay tashkil etilishini belgilab beradi va aholining ishlab 
chiqarish faoliyati va turm ushi uchun eng qulay sharoitlar yaratilishini 
ta ’minlaydi. Bulaming barchasi qishloq aholi punktlarining rejali 
tashkil etilishida asosiy va m ajburiy prinsiplar hisoblanadi.
Aholining m adaniy-m aishiy ehtiyojlari va moddiy-texnik imko- 
niyatlar ortib borayotgan sharoitlarda alohida zonalarni rejalashtirish 
aniqlashtirilishi va o'zgartirilishi mumkin bo'Isada, lekin aholi 
punktining 
funksional 
zonalanishi 
umuman 
saqlanib 
qoladi. 
Zonalashtirish sxemasi, garchi aholi punktlari bosh rejaga ega 
b o ‘lmasalar ham, jo riy qurilishni yetarli darajada to ‘g‘ri amalga 
oshirish uchun imkoniyat yaratadi. Shu sababdan, ushbu bosqich katta 
ahamiyatga ega.
Aholi 
punktlarining 
rekonstruksiyasi 
sharoitlarida 
hududni 
zonalashtirish asosiy funksiyalam i hisobga olish asosida bajariladi. Bu 
holatda 
alohida 
funksional 
zonalar 
doirasida 
ixtisoslashgan 
obyektlardan tashqari boshqa, zona tarkibini boyituvchi va uning 
chegaralarida mehnat va turm ush sharoitlarini yaxshi lashga ko'm ak- 
lashuvchi qo‘shimcha obyektlar joylashtirilishi mumkin. Masalan, 
aholi istiqomat qiladigan zonada ayrim, aholi turmush sharoitlariga 
zarar yetkazmaydigan va katta hududlam i egallamaydigan ishlab 
chiqarish obyektlari joylashtirilishi mumkin.
Joylashtirishning m ahalliy tizim lari elementlari, ya’ni - aholi 
punktlarining rejaviy tuzilm alarini belgilab beruvchi funksional 
tashkillashtirishning muhim shartlari quyidagilardir:
ishlab chiqarish zonasini intensiv tashqi mehnat aloqalarini 
hisobga olgan holda joylashtirish;
seliteb zonaning ixcham bo'lishi va uning ishlab chiqarish zonasi 
bilan qulay aloqalarini yo ‘lga q o ‘yilishini ta ’minlash;
tashqi transport va uning inshootlarining muhimligi sharoitida 
ko‘cha va yo'llam ing differensiallashgan tizimini yaratish;
qishloqlararo tizimni, unga yondosh territoriyalarda istiqomat 
qiluvchi aholining ehtiyojlari har tomonlam a ta ’minlashini hisobga 
olgan holda madaniy-maishiy xizm at ko'rsatish tizimini tashkil etish;
barcha funksional zonalarni, ulam ing rivojlanishga bo'lgan 
ehtiyojlarini va yondosh aholi punktlari bilan aloqalarini hisobga 
olgan holda aholi punktida o 'z a ro joylashtirish.
214


Alohida funksional zonalami joylashuvning mahalliy tizimlari -
aholi punktlarida joylashtirish ulam ing joylashuvning lokal hududiy 
birligi chegaralaridagi holatiga uzviy ravishda bog'langan. Bu aholi 
punktlarining 
ishlab chiqarish 
zonasidagi 
korxonalar (mehnat 
qiluvchilar soni nisbatan kam boMsada) nisbatan katta maydonlami 
talab qiladilar. Ushbu omil, shuningdek aholi punkti yaqinida 

joylashgan qishloq xo‘jalik yer maydonlari bilan uzviy aloqalar ishlab
chiqarish zonasining posyolka rejasidagi joylashuvini belgilab beradi. 
Bunda ishlab chiqarish 
zonasining turar-joy hududiga yaqin 
joylashishi va xo'jalik ichidagi yoMlar bilan qulay bog'lanishlar 
ta ’minlanishi lozim, shuningdek ishlab chiqarishning har bir turiga 
q o ‘yiladigan transport, sanitariya va maxsus talablar hisobga olinishi 
zarur. Ayrim hollarda ishlab chiqarish obyektlari va qishloq 
xo'jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi (tayyorlov-ta’minot, ta'm irlash va b.) 
korxonalam i, ulami joylashtirish bo'yicha normativ talablam i hisobga 
olgan holda yagona ishlab chiqarish zonasiga birlashtirish maqsadga 
m uvofiq boMadi.
Aholi yashaydigan zona hududning umumiy balansida, odatda, 
aholi punktining butun maydonini yarmisidan ko‘progMni egallaydi. 
Ana shu nisbatning o ‘zi uning posyolka rejaviy tuzilmasidagi ustuvor 
ahamiyatini belgilab beradi. Aholi istiqomat qiladigan zona turar-joy 
m avzelarini, jam oat markazi va ijtimoiy m uassasalar uchastkasi 
hamda sport kompleksi boMgan parkni birlashtiradi. Istiqomat 
zonasidagi ushbu elementlaming o ‘zaro bogMiqligi uning funksional 
tashkil etilishini belgilaydi. Ushbu hududning tarkibiy qismlarini 
joylashtirishni mehnat va madaniy-maishiy aloqalami hisobga olib 
turib bajarish maqsadga muvofiq.
Rejali tuzilma shakllanishiga qishloq aholi punktlarining katta 
boMmagan oMchamlari bilan shartlangan ustuvor aloqalar ta ’sir 
ko‘rsatadi. Shu sababdan, ulami rejalashtirishda aloqalar intensivligi 
darajasi bo'yicha hududlami birlashtirish va zonalami asosiy piyoda 
yo'llariga nisbatan muvofiq tarzda joylashtirish zamr. Piyoda aloqalar, 
ayniqsa, uy-joy binolari va ishxonalar o'rtasida ko‘p amalga 
oshiriladi. Ishlab chiqarish korxonlarining zichligi qancha katta boMsa 
va ular aholi yashaydigan joylarga qanchalik yaqin boMsa, mehnat 
qilish joylariga bo'lgan yo'nalishlar shunchalik aniq namoyon bo'ladi.
215


Turar-joy va ishlab chiqarish zonalarining o'zaro joylashuvi 
mahalliy omillardan tashqari ko‘ riIayotgan aholi punktining o'zaro 
bog'langan aholi punktlari tizimidagi joylashuviga bog'liq sharoitlar 
bilan ham belgilanadi. Bu omillar qatoriga qishloqlararo aloqalaming 
tarkibi va intensivligi, transport kommunikatsiyalaming tuzilmasi va 
aholi punktlarining tashqi funksional aloqalari bilan shartlangan 
boshqa omillami kiritish mumkin.
Xizmat ko'rsatish elementlarining gumhli joylashuv tizimidagi 
holati aholi punktining ushbu tizimdagi ahamiyati va o'miga bog'liq. 
Masalan, 
joylashuvning 
mahalliy 
tizimidagi 
aholi 
punktlar- 
markazlaming roli ularda boshqaruv va madaniy-ma’ rifiy soha 
obyektlari, kommunal va maishiy xizmat ko'rsatish muassasalari va 
shu kabilar joylashtirilishini belgilab beradi. Ushbu holat, shuningdek, 
mahalliy markaz hududini zonalashtirish jarayonida tashqi aloqalar 
intensivligini hisobga olinishini taqozo qiladi.
Zonalashtirishning yuqorida sanab o'tilgan barcha xususiyatlarini 
uzviy ketma-ketlikda hisobga olinishi rejali tashkil etishni aniqroq 
belgilash imkoniyatini berib, funksional jihatdan eng qulay aholi 
punktini yaratishga ko'maklashadi. Boshqa tomondan, turli aholi 
punktlarining ustuvor funksiyalari hududlar zonalashtirilishidagi 
muayyan funksiyalami bajarish bilan bog'liq o'ziga xos xususiyatlami 
aniqlab beradi. Bu, o'zlarining asosiy funksiyalaridan tashqari 
sog'lomlashtirish, kurort, turistik funksiyalami ham amalga oshiruvchi 
agrar-sanoat, agrar va qurama ixtisoslashuvga ega aholi punktlaridir.
Agrar-sanoat ixtisoslashuvga ega aholi punktlarini funksional 
tashkil 
etishning 
asosiy 
prinsipi - istiqbolli 
hududiy 
o'sish 
yo'nalishlarini aniqlashdir. Ushbu yo'nalishlar zonalaming o'zaro 
joylashuvini belgilaydi. Bunday aholi punktlarida aholi istiqomat 
qiladigan va ishlab chiqarish zonalarining o'zaro mutanosib joylashuvi 
yaqqol namoyon bo'ladi. Mehnat oqimlarining aksariyat ulushi asosiy 
ishlab chiqarish korxonasiga yo'nalfirilganligi yaqqol bo'lib, ana shu 
holat posyolkadagi asosiy piyoda yo'nalishlar trassirovkasini belgilab 
beradi.
Agrar yo'nalishda faoliyat ko'rsatadigan aholi punktlarida 
funksional zonalashtirish ulaming qishloq xo'jalik maydonlari bilan 
uzviy bog'liqligi bilan belgilanadi. Bu holat ishlab chiqarish zonasi 
joylashuvini shartlab beradi-bu zona ichki yo'llar bilan qulay


aloqalar mavjud boMgan holda turar-joy zonasiga nisbatan yaqin 
joylashtiriladi.
Qurama ixtisoslashuvga ega posyolkalaming funksional tashkil 
etilishi asosiy ixtisosga yaqin va yaqqol ifodalangan funksiya 
xususiyati bilan belgilanadi. Masalan. asosiy funksiyalaridan tashqari 
madaniy-sogMomlashtirish funksiyalarni ham amalga oshiradigan 
aholi punktlarida hududning tashkillashtirilishi dam olish va 
davolanish obyektlari hamda xizmat ko'rsatuvchi xodimlar turar- 
joylari 
o'zaro 
yaqin joylashishini 
talab 
etadi. 
Bu 
turdagi 
posyolkalardagi hududni tashkil etishda qulay muhitdan maksimal 
foydalanish asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.
Umuman, 
qishloq 
aholi 
punktlarining 
asosiy 
zonalarini 
joylashtirish bilan birga ulaming tashqi zonalaridagi hududni tashkil 
qilishni ham ko'zda tutish lozim. Tashqi zonalar tarkibiga aholi 
istiqomat qiladigan va ishlab chiqarishning zaxira hududlari, 
pitomniklar, sug'oriladigan maydonlar va shu kabilar kiradi. Qishloq 
aholi punktini rejalashtirishda bunday hududlami hisobga olish zamr, 
sababi ular bevosita aholi punktiga yondosh bo'lib, uning rejali tashkil 
etilishiga ta’ sir ko'rsatadilar.

Yüklə 128 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin