KURS ISHI Qishloq taraqqiyotini oshirishda erkin iqtisodiy zonalar mundari
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak erkin iqtisodiy zonalar va ularni rivojlantirish maqsadida investitsiyalarni jalb qilish, ularning huquqiy asoslarini ta’minlash, infratuzilmani shakllantirish va shu maqsadlarni amalga oshirishda xorij tajribalarini birlashtirgan holda quyidagi xulosalar shakllanadi: 1. EIZ deganda, mamlakatning strategic maqsadlarini amalga oshirishda, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar qonun doirasidagi faoliyat bilan shug’ullanishi hamda ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilish qulay bo’lishi uchun maxsus boshqaruv tizimi (rejimi) o’rnatilgan hudud, ya’ni mamlakatning boshqa hududlarida amal qilmaydigan imtiyoz va rag’batlantirishlar tizimi amal qiladigan hudud tushuniladi. Yaratilgan shart-sharoitlar EIZga tashqi dunyo bilan yuqori darajada iqtisodiy aloqada bo’lish imkonini beradi, bojxona, soliq va investitsion rejimlar ichki hamda tashqi investitsiyalar qulay hisoblanadi. 2. Dunyo miqyosida EIZlar soni domiy ravishda ortib bormoqda, ularni tashkil qilishdagi geografik chegaralar kengaymoqda, ularning shakli o’zgarib, tashqi savdo zonalaridan eksport-ishlab chiqarish va kompleks hududlarga aylani bormoqda. Ularni o’zida mujassamlashtiruvchi EIZlar milliy iqtisodiyotning jahon xo’jaligi bilan integratsiyalashuviga muhim omilga aylanmoqda. 3. Jahon amaliyotiga ko’ra, qator davlatlarning iqtisodiy rivojlanishiga EIZ lar kuchli ta’sir ko’rsatayotganligi quyidagilarda namoyon bo’ladi: ⮚Yangi ish o’rinlari yaratiladi, malakali mutaxassislar shakllantirilib, mahalliy ishchi kuchi zamonaviy texnikadan foydalanishi natijasida yangi mehnat uslublarini o’zlashtiradi; ⮚EIZlarga investitsiya jalb qilayotgan kompaniyalar yer va infratuzilma ob’yektlari uchun to’lovlarni o’z zimmasiga oladi va xizmat uchun haq to’laydi; mahalliy aholining turmish darajasi oshadi, daromadlari o’sadi, ichki bozorning yuqori sifatli mahsulotlarga bo’lgan ehtiyoji to’laroq qondiriladi; ⮚EIZlarda faoliyat ko’rsatayotgan kompaniyalar boshqalarga nisbatan yaxshiroq sharoitlarga ega bo’ladi. Bunday zonalarda ishlab chiqarish sarfxarajatlari, xomashyo va materiallar olib kirish bilan bog’liq soliq va bojlar yo’qligi, ishchi kuchining nisbatan arzonligi ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini pasaytirib, uning raqobatbardoshligini oshiradi; ⮚Hududlarda tadbirkorlik faoliyatining yanada jonlanishi, eksport salohiyatining oshishi kabilar hisobiga iqtisodiyotning ma’lum tarmoq va sohalari rivojlanishiga ko’maklashadi. 4. EIZ muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjudligi muhim jihat hisoblanadi, ya’ni: mamlakatdagi siyosiy barqarorlik va qulay investitsion muhitning shakllanganligi; xorijiy va mahalliy investorlarni rag’batlantiradigan puxta ishlab chiqilgan huquqiy bazaning mavjudligi; ishlab chiqarish hamda tijorat infratuzilmasining rivojlanganligi; tabiiy geografik muhit; qulay iqtisodiy konyunktura. 5. AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiyada EIZ, aksariyat hollarda, tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada kuchaytirish, mahalliy siyosatni amalga oshirish orqali deprissiv tumanlardagi kichik va o’rta biznesni jonlantirishga va hududlararo rivojlanishdagi farqlarini yo’qotish, ya’ni rivojlanishdan ortda qolayotgan hududlarga yordam berish maqsadida tashkil etiladi. EIZlar faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga mamlakatning boshqa hududlariga qaraganda, xo’jalik faoliyatini yuritishi uchun qator yengilliklar va sezilarli darajadagi moliyaviy imtiyozlar beriladi. Bu maqsadlar xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratilmasligi bilan xususiyatlanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda EIZlarni tashkil qilishdan maqsad rivojlangan mamlaktlarnikidan biroz farq qiladi., ya’ni, eng avvalo, xorijiy investitsiyalarni, zamonaviy texnika-texnologiyani jalb qilish, ishlab chiqarishni modernizasiyalash, ishki kuchi malakasini oshirish masadlarida tashkil qilinadi. 6. EIZ faoliyat ko’rsatayotgan mamlakatlarda eksportning o’sish darajasi bunday hududlari yo’q mamlakatlar eksport o’sish darajasidan yuqoriroq bo’ladi. Aksariyat holatlarda EIZning umumiy eksportdagi ulushi juda band bo’lib, 13 foizdan 82 foizgacha tebranadi. Osiyo va Lotin Amerikasi davlatlarida EIZlardan tayyor mahsulot eksport qilish hisobiga kata miqdorda chet el valyutasida daromad olish imkoni yaratilmoqda. 7. Xitoydagi o’zgarishlarning o’ziga xos xususiyati bu ichki iqtisodiy islohotlarning tashqi iqtisodiy aloqalarni faollashtirish bilan uzviy bog’langanligi, tashqi savdo va investitsion rejimning erkinlashtirish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilganligida o’z aksini topadi. Erkin iqtisodiy zonalarga investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirishga qaratilgan quyidagi ilmiy taklif va amaliy tavsiylar ishlab chiqildi: 1. Qonunchilikda belgilangan EIZlarda soliq imtiyozlarini qo’llash rejimiga muvofiq, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarning hajmi keying pog’onadagi imtiyozlar darajasiga yetkazilganda, soliq imtiyozlarining muddati ilgari amalda bo’lgan imtiyoz muddatini chegirgan holda hisoblanadi. Ushbu holat investorlarni mazkur erkin iqtisodiy zonalarga jalb etilayotgan investitsiyalarni hajmini oshirishga rag’batlantirmaydi. Shundan kelib chiqib, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarning hajmi keying pog’onadagi imtiyoz darajasiga ko’paytirilganda, soliq imtiyozlarining muddati uzaytirilishi, ya’ni, avvalgi pog’onada o’tab bo’lingan imtiyozlar muddatini chegirish amaliyoti bekor qilinishi maqsadga muvofiq. 2. Jahon amaliyoti tajribasiga asoslangan holda, mamlakatimizning alohida tanlab olingan hududlarida texnologik parklar, erkin tadbirkorlik, sanoat ishlab chiqarish va erkin turizim hududlarini tashkil etish maqsad bo’lar edi. Hozirgi kunda mamlakatimiz xorij tajribasini o’rgan holda o’zimizda mavjud qadimiy shaharlarni turistik oqimini oshirish maqsadida turizimga alohida e’tibor berilish boshlandi. Xitoy EIZlarida ishlab chiqarishni rivojlantirish, eksportni ko’paytirish bo’yicha to’plangan tajribadan kelib chiqib, ular asta –sekin mamlakatimizning boshqa hududlarida ham tadbiq etilishi lozim: ⮚Mamlakatimizning aholi zich joylashgan, ortiqcha ishchi kuchlari mavjud bo’lgan hududlarida erkin tadbirkorli hududlarini tashkil etish orqali aholini ish bilan ta’minlash darajasini oshirish mumkin. Bunda ularda yaratiladigan yangi ish o’rinlari soniga qarab, tabaqalashtirilgan tarzda soliq tartibini qo’llash, kichik korxonalardan olinadigan yagona soliqqa soliq ta’tillari berish va korxona ixtiyorida qoladigan soliqlar summasini maqsadli ravishda korxona faoliyatini kengaytirish va modernizasiyalarga yo’naltirilishini belgilab qo’yish lozim; ⮚Milliy iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish yo’liga o’tishida, jumladan, mahalliy xo’jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatida innovatsiyalarni joriy qilishda ilmiy texnoparklar muhim rol o’ynaydi.AQSH va XXR tajribalariga asoslangan holda, Toshkent shahrining talabalar shaharchasi hududida (O’ZMU, TDTU va Turin politexnika instituti hududlari atrofida va Axborot texnologiya universiteti va Inha universiteti hamkorligida ) ilmiy texnoparklar tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Mazkur texnopark faoliyatini jumladan, ilmiy tadqiqot markazlari, o’quv laboratoriyalari, ish jihozlari va uskunalar ta’minotini moliyalashtirish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamai huziridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish Qo’mitasi mablag’lari, innovatsion loyihalar buyurtmachilari hisoblangan xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning homiylik mablag’lari, venchur fondlari hamda chet ellik buyurtmachi korxonalar mablag’lari hisobiga amalga oshirish tavsiya etiladi. 3. AQSH va Braziliya kabi davlatlar tajribasidan kelib chiqib, O’zbekistonda ham EIZlarda yaratiladigan magsulotlar tarkibida mahalliy komponentlar ulushi yuqoriroq bo’lishini ta’minlash lozim. Buning uchun EIZlardagi loyihalarda mahalliy xomashyoning minimal ulushi ishlab chiqarish turiga qarab belgilab qo’yilishi maqsadga muvofiq. 4. EIZlarga investorlarni yanada ko’proq jalb etish, loyihalarni tezroq amalga oshirishni ta’minlash uchun hududlarda investorlarni ro’yxatdan o’tkazish uchun hujjatlarni taqdim qilishning internet orqali ishlaydigan electron usulini joriy etish amaliyotini yo’lga qo’yish lozim. EIZlarga doir maxsus internet portal tashkil etib, unda chet el investorlariga ro’yxatdan o’tish, hududda ish yuritish, hisobot taqdim etish bo’yicha yo’l-yo’riqlarni kiritish va boshqa barcha zarur ma’lumotlar bazasini yaratish hamda mazkur bazani uzluksiz eng so’ngg’i ma’lumotlar bilan to’ldirib borish lozim.