Qishloq taraqqiyotini oshirishda erkin iqtisodiy zonalar mundarija: kirish I bob. Erkin iqtisodiy zonalar tashkil etishning nazariy asoslari


Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishning xorij tajribasi



Yüklə 68,86 Kb.
səhifə4/8
tarix16.03.2023
ölçüsü68,86 Kb.
#88100
1   2   3   4   5   6   7   8
KURS ISHI Qishloq taraqqiyotini oshirishda erkin iqtisodiy zonalar mundari

1.3 Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishning xorij tajribasi


Rivojlangan davlatlarda tashkil etilgan EIZ mamlakatning xo’jaligiga, eng
avvalo, tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga va tovar almashinuvi o’sishiga
o’z ta’sirini o’tkazadi. Masalan, EIZlar AQSH iqtisodiyotining rivojlanishida
muhim rol o’ynaydi. Ularni tashkil etishdan asosiy maqsad tashqi iqtisodiy va
umumxo’jalik masalalarini yechish hisoblanadi. Bu orqali hududlarga
investitsiyalar va yangi texnologiyalar kiritish, boshqaruv va marketing
tajribalarini jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. AQSHda 240 dan ortiq EIZ mavjud14, ular butun davlat hududini qamrab olgan. Bu hududlarda 350 mingdan ortiq odam ish bilan band15, 2016 yilda 170 ta EIZlarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar soni 3000 dan ko’proq. Ushbu firmalar eksport qilgan tovarlar qiymati esa, 40 mlrd dollarga teng hamda ular AQSH fuqarolariga 374559 ishchi o’rinlarni yaratdi16. EIZlarga olib kirilayotgan va qayta ishlanayotgan tovarlarning umumiy qiymati 200 mlrd dollardan oshiq. Aksariyat EIZlarning xo’jalik faoliyati asosan avtomobillar ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish va ularni yig’ishga ixtisoslashgan. Shuningdek, AQSHdagi EIZlar mahalliy va xorijiy ashyolar asosida boshqa tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish hisobiga kengayib bormoqda. Tashqi savdo hududlari (TSH) orqali mamlakatning 2 foiz importi va 1,5 foiz eksporti amalga oshiriladi17. Ushbu hududlarning ichki bozor ehtiyojlarini qondirishdagi roli ortib bormoqda, 90-yillar boshlarida ularda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 88 foizi AQSHning ichki bozorida o’z xaridorini topgan. Milliy ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, mamalakat ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishiga o’z hissasini qo’shmoqda. Hududlarda aholining bandlik darajasini oshirishga, ichki va tashqi investitsiyalr kiritilish hajmining oshishiga va asosan ichki bozor ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari faoliyati AQSH avtomobil sanoatining raqobatbardoshligi ortishiga ko’maklashmoqda.
AQSHda TSH amaldagi qonunchilikka ko’ra, ikki turdagi hududlarga
bo’linadi: umumiy vazifali va maxsus vazifali hududlar (subhududlar). Umumiy
vazifali hududlar AQSH bojxonasi vakolatidan tashqari faoliyat ko’rsatadi. Ular,
odatda port yoki aeroportlar atrofida tashkil qilinadi. Asosiy faoliyat tovarni saqlash, turlarga ajratish, o’rash va qo’shimcha qayta ishlashsiz jo’natishdan iborat. Ba’zi hollarda eksport qilish maqsadida xorijiy tovarlarni biroz qayta ishlashga yo’l qo’yiladi. Shu nuqtai nazardan, funksional maqsadlariga ko’ra, ular
erkin bojxona hududlarini o’zida aks ettiradi. Ko’pincha umumiy vazifali hududlar
keyinchalik maxsus hudud (subhudud) yaratish uchun tashkil qilinadi. Umumiy vazifali hududlar AQSH Tashqi savdo bo’yicha Qo’mitasi tomonidan shtatlar hukumati qoshidagi turli tashkilotlarga, masalan port,aeroport boshqaruviga, ishlab chiqarish bo’yicha agentliklarga berilgan ruxsatnoma asosida yaratiladi.
Tabiiyki, TSH o’zi joylashgan shtatning umumiy rivojlanishiga, balandlik va
savdo hajmining oshishiga hissa qo’shadi. Bu tashqi savdo hududi tashkil etishning
muhim shartlaridan biri. Odatda, bu hududlarni tegishli tashkilotlar bilan tuzilgan
shartnoma asosida xususiy kompaniyalar boshqaradi. Dastlabki umumiy vazifali savdo hududlari AQSHda 1930 yillarda paydo bo’lgan va New York, Chikago, San-Fransisko kabi shaharlarning portlarida joylashgan. Masalan, New Yorkda bunday hudud 1936 yil 30 yanvarda mahalliy hukumat tashabbusi bilan yaratilgan. 1950 yilda bunday hududlar Toledo (Ogayo shtati), Bey-Kaunti (Michigan shtati), Mayagues (Puerto-Riko shtati) va Gonoluluda (Gvayi shtati) paydo bo’lgan. Umumiy vazifali TSHlarning aksariyati 1970-1980 yillarda tashkil etilgan. Bu davrda hududlar port va aeroportlar bilan chegaralanib qolmay, keanga chiqish imkoniga ega bo’lmagan, ammo tashqi savdoda muhim rol o’ynaydigan shaharlarda ham tashkil etilgan. Buning sababi, AQSh Savdo hajmining darajasi keskin o’sishi, ichki bozorda chet el kompaniyalarining faollashuvi, turli eksport operasiyalari miqdori va hajmining oshishidir. Bu yo’l bilan AQSHda yangi savdo infratuzilmasi tashkil etildi. 1970 yilda tashkil etilgan 52 ta hududdan 24 tasi okeanga chiqish imkoniga ega bo’lmagan shaharlarda joylashgan. AQSH tashribasi ko’rsatishicha, yaratilgan bunday hududlarning aksariyati samarali ishlaydi. So’nggi 35 yil ichida bu hududlar soni oshib bormoqda. 1975 yildan 2017 yilgacha umumiy hududlar soni AQSHda 17 tadan 142 taga, maxsus hududlar ( subhududlar) soni esa 2 tadan 271 taga yetdi.
Hozirda TSH AQSHning deyarli barcha hududlarida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ularning joylashuvini tahlil qilar ekanmiz, hududlarning ko’pchiligi dengiz va okean bo’ylarida joylashganligini yoki yirik sanoat kompleksiga ega, ammo okeanga chiqish imkoniga ega bo’lmagan shtatlarda tashkil etilganiga guvoh bo’lamiz. Birinchi guruhga mansub TSHlari dastlab Texas (26 ta), NewYork (13ta), Florida (12 ta) va Kaliforniya (7 ta )da joylashgan. Ikkkinchi guruh hududlariga esa Ogayo (8 ta), Indiana va Illinoys (6 tadan), Arizona va Michiga (5 tadan), Shimoliy Karolina (4 ta) shtatlarida yaqin yillar ichida tashkil etilgan TSHlari kiradi. AQSHda EIZlar keng tarqalishining asosiy sabablaridan biri mazkur hududda faoliyat ko’rsatayotgan xorijiy va mahalliy kompaniyalarga berilgan imtiyozlardir.
AQSHning ichki boj va soliqlari, agar to’lanishi kerak bo’lsa, mahsulot
tashqi savdo hududidan ichki iste’mol uchun bojxona vakolati mavjud hududga
olib kiritilgandagina to’lanadi;
⮚Hudud ichida joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki
mahalliy va davlat soliqlaridan ozod etiladi;
⮚Hududdan uchinchi davlatlarga ekport qilinayotgan mahsulot bojxona
bojlaridan, ichki soliqlaridan va kvotalashdan ozod etiladi;
⮚Tashqi savdo hududidan mahsulotlar eksport qilinganda, bojxona jarayoni yengillashiriladi;
⮚AQSH hududiga kiritilishi man qilingan mahsulot EIZlarga olib
kirilmaydi. Ammo, bu mahsulotlar hududga olib kirilib, AQSH bojxonasi
talablariga muvofiq qayta ishlanib, AQSH hududiga import qilishi mumkin;
⮚TSHda AQSH hududiga import qilishi jarayonida importer bojni mahsulot
uchun yoki mahsulotda ishlatilgan xorijiy komponentlar uchun to’laydi. Bu bilan
importer o’ziga maqbul bojni to’lashni tanlashi mumkin bo’ladi. Subzonada asosiy faoliyat yurituvchilar – avtomobil yig’uvchi korxonalar (1990 yilning oxirida ularning soni 40 dan ortiq bo’lgan), ularga zonalarda amalga oshiriladigan barcha ishlarning 60 foizdan ortig’i to’g’ri keladi. Mahalliy tovarlar TSHga jami olib kirilgan tovarlarning 75 foizini tashkil etadi. Hozirgi kunda TSHlarida 3 mingga yaqin, asosan, amerika firmalari faoliyat yuritmoqda, jalb etilgan ishchilar soni esa 320 mingdan ortiq. 1992 yilda TSHlariga olib kelingan va u yerda qayta ishlangan tovarlarning umumiy qiymati 93,8 mlrd. Dollarni tashkil etdi (1970 yilda bu ko’rsatkich 102 mln. dollarga teng bo’lgan), shundan umumiy vazifali hududlarga-10,7 mlrd. Dollar., maxsus hududlarga 83,1 mlrd. Dollar mablag’ to’g’ri kelgan. 2016 yili bu ko’rsatkich 254 mlrd. Dollar ni tashkil qilgan. Tadbirkorlik hududlari tashqi savdo bilan bevosita bog’liq bo’lmagan EIHlar toifasiga kiradi. Bu yerda erkin hududning boshlang’ich tushunchasi yo’qotiladi, chunki bojxona imtiyozlari ikkinchi darajali yoki umuman yo’q bo’lib qoladi, asosiy rolni esa turli soliq, moliyaviy va ma’muriy rag’batlantirishlar o’ynaydi. AQSHda tadbirkorlik hududlari (TH) yuqori ishsizlik darajasiga ega shaharlarning iqtisodiy nuqtai nazaridan depressiv (qoloq) hududlarida, asosan shaharlarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilarga ko’proq erkinlik va moliyaviy imtiyozlar berish orqali kichik va o’rta biznesni jonlantirishga qaratilgan mintaqaviy siyosatning neokonservativ variantining mahsuli sifatida vujudga kelgan.TH maydoni 2,5-5 kv.km gacha bo’lgan hududlarni qamrab oladi23, ayrim hollarda ularning maydoni 13 kv.km ni tashkil etadi, ularning muayyan chegarasi belgilanmagan, ular o’z hududida joylashgan kompaniyalarning maqomi bilan ajralib turadi. Texnologik parklar (texnikani tatbiq etish hududlari) fan va ishlab chiqarishning integratsiyaai shakli, innovatsion faoliyat yuritish va yangi texnologiyalar yaratish bilan band bo’lgan venchurli (tavakkalchilik) firmalar tuzish joyi sifatida e’tirof etilgan. Odatda, ular istiqbolli ilmiy va texnologik yangiliklar va g’oyalar tadbiq etish bilan shug’ullanadigan venchur firmalariga imtiyozli shartlarda ijaraga berilgan hududiy guruhlangan ilmiy laboratoriya va ishlab chiqarish joylari sifatida ta’riflanadi. AQSHda texnoparklarning ikki turimavjud: jismoniy shaxslar va xususiy firmalar tashabbusi bilan tashkil etilgan texnoparklar hamda alohida shtatlar hukumatlarining ko’rsatmasi bilan tuzilgan texnoparklar. Ikkinchi turdagi parklar hozirda ham tuzilmoqda. Biroq, eng mashhur va samarali faoliyat yurituvchitexnoparklar birinchi turga mansub. Ular ichida eng mashhurlari – Santa-Klara shahridagi (Kaliforniya), Stenford universiteti yaqinida joylashgan “Silikon vodiysi” texnoparki; Massachusete texnologik instituti va Garvard universiteti yaqinida joylashgan “Boston yo’li-128” texnoparki; hamda uchta universitet Dyuk universiteti, Shimoliy Karolina park-uchburchagi” texnoparklaridir. Aytib o’tilgan uchta texnopark nafaqat AQSHning boshqa hududlarida, balki xorij davlatlarida ham bunday texnoparklarni tuzishda model sifatida qo’llanildi. Garvard universiteti va Massachusete texnologik instituti rahbariyati professor va aspirantlarning sanoat kompaniyalari ilmiy-tekshirish bo’limlari va markazlaridagi ishtirokini rag’batlantirgan. Bundan tashqari, ushbu ikkita yirik oliy o’quv yurti xodimlari va bitiruvchilarni moliyalashtirish sanoat firmalari va xususiy xayriya jamg’armalari (Ford, aka-uka Rokfellerlar, Karnegi va boshqalar) tomonidan amalga oshirilgan. Texnopark shakllanish jarayoni 20 yildan ko’proq davom etdi. Hozirda ilm-fan va ishlab chiqarishni birlashtirgan “Boston yo’li-128” texnoparki AQSHning yirik ilmiy-ishlab chiqarish markazlaridan biriga aylangan. Bu yerda 350 dan ortiq sanoat firmalari o’z faoliyatini amalga oshiradi, ularning uchdan biri – yirik Amerika TMK (transmilliy korporasiyalar) ning filiallaridir, shuningdek mingdan ortiq ilmiy-tekshirish laborotoriyalari va boshqa tashkilotlar faoliyat yuritadi. Texnoparkning asosiy ilmiy-tekshirish ishlari keyinchalik Tovar mahsulotiga aylanadigan elektron, raketa – kosmik sanoati, genetik injeneriya rivojlanishi, yangi konstruksion materiallar yaratish bilan bog’liq. Shuningdek, mazkur hududda turli ijtimoiy tadqiqotlar ham olib boriladi. Bu yirik texnopark faoliyati AQSHning ilmiy-texnik potensiali mustahkamlanishi, uning ilm – fanga xizmat qiluvchi turli xil mahsulotlar ishlab chiqarishi va eksport borasida yetakchilik qilishini ta’minlamoqda. 1990 yillarning boshlarida AQSHda 150 ta texnopark (dunyodagi texnoparklar umumiy sonining 30 foizi) mavjud edi24. Ularni tashkil qilish va boshqarish jarayonlarining har biri alohida holda turlicha bo’lishi mumkin. Odatda, bu parklar universitet, mahalliy munisipalitet, aksiyadorlik jamiyati va birlashmalari ishtirokida moliyalashtiriladi. Ularning moliyaviy ta’minoti har xil manbalardan, jumladan, universitetlar, xayriya jamg’armalari, mahalliy munisipalitetlar, federal idoralar va vazirliklar, sanoat firmalari hamda texnoparklarning o’zlari tomonidan ta’sis etiladigan jamg’armalardan tashkil topadi. Mahsulot va texnologiyalarning yangi turlarini ishlab chiqaruvchi venchur kompaniyalar, alohida kashfiyotchi va olimlarga imtiyozli yordam berish boshqaruv shakli va moliyalashtirish manbalari qandayligidan qat’iy nazar, barchatexnoparklarga xos. Bu yordam o’z ichiga ishlab chiqarish va idora joylari, laboratoriya uskunalarini ijaraga berishni, maslahat xizmatlari ko’rsatishni, individual kashfiyotlarning texnologi ekspertizasini amalga oshirishni, tuzilayotgan kopaniyaning biznes-rejasini tuzishni, kichik biznes bo’yicha ma’muriyatdan qarz olishda ko’maklashishni qamrab oladi. Texnopark tarkibiga kirmaydigan venchur firma esa qo’shimcha xizmatlarga yiliga o’rtacha 20 – 25 ming dollar sarf qiladi.Texnopark boshqaruvi tomonidan uning tarkibidagi venchur firmalarga ilmiy tadqiqotlarning va ishlab chiqarishning yuqori texnologik darajada olib borilishi va park iqtisosligining universitet asosiy tadqiqotlari yo’nalishlariga muvofiq kelishi talabi qo’yiladi. Shuning uchun texnopark doirasida venchur firmalarning tadqiqotlari bilan bevosita yoki bilvosita bog’liq ilmiy va ma’muriy faoliyatning barcha turlariga ruxsat etiladi. Texnoparklar faoliyatiga xos bo’lgan boshqa xususiyat, ularning sanoat kompaniyalari bilan hamkorligidir.


Yüklə 68,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin