Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish



Yüklə 95,54 Kb.
səhifə1/6
tarix21.10.2023
ölçüsü95,54 Kb.
#158346
  1   2   3   4   5   6
Banklarda buxgalteriya (1)11


Reja
Kirish

  1. Banklarda deposit operatsiyalarning mazmuni va mohiyati

  2. Depozit operatsiyalar turlari

  3. Banklarda depozit operatsiyalarni amalga oshirish tartibi va uning hisobi .

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Bozor munosabatlarini rivojlantirishning hozirgi bosqichida respublikamizda faoliyat yuritayotgan banklarning iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi roli tobora ortib bormoqda.
Shu bilan birga bank tizimida o’tkazilayotgan islohotlar ham nafaqat banklarning, balki butun iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlashda zarur bo’lib hisoblanadi.
Bank tizimidagi islohotlarning dastlabki qadami sifatida 1997 yil mart oyidan boshlab xalqaro andozalarga to’liq mos keladigan va banklar faoliyatini oydinlashtirish imkonini beradigan tijorat banklari va Markaziy bank hisobvaraqlarining yangi rejasini ishlab chiqilgan va amalyotga tadbiq etilganligini keltirish mumkin. Yangi hisobvaraqlarini amaliyotda joriy qilinishi banklar faoliyatini “oshkoraligi”ni, bank sarmoyadorlari, mijozlari va boshqa manfatdor foydalanuvchilar uchun ochiqligini ta’minlash imkonini beradi.
Respublikamiz bank tizimi buxgalteriya hisobi xalqaro andozalarga mos keluvchi yangi hisobvaraqlar tizimiga o’tishi munosabati bilan bank ishi va uning buxgalteriya hisobida ko’plab o’zgarishlar bo’lib o’tdi.
Ushbu o’quv qo’llanma “Bank ishi” yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarga mo’ljallangan bo’lib‚ u oliy ta’limning bakalavr bosqichida o’qitilishi rejalashtirilgan. “Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika” fani hamda magistratura bosqichida “Buxgalteriya hisobi” yo’nalishida o’qitiladigan “Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan o’quv va namunaviy dasturlari asosida yozilgan.
Mazkur o’quv qo’llanmadan “Bank ishi” yo’nalishida o’qiyotgan barcha oliy o’quv yurtlari, kollejlar, biznes maktablari talabalari, shuningdek bank mutaxassislari va banklarning buxgalteriya ishi bilan qiziquvchilar foydalanishlari mumkin. “Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika” o’quv qo’llanmasida banklarda buxgalteriya hisobining tashkil etishning barcha qirralari mujassamlashgan. Bunda banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etish asoslari, banklarda hujjatlashtirishni va bank nazoratini tashkil etish, batafsil yoritilgan. Ushbu qo’llanmada bank tomonidan bajariladigan hisob-kitob, kassa, ssuda, emissiya, banklararo operatsiyalar, bu operatsiyalarni hisobga olinishi va rasmiylashtirilishi batafsil yoritilgan. Qo’llanmada sanab o’tilgan operatsiyalarni yoritish davomida barcha oxirgi o’zgarish va yangiliklar inobatga olingan, lekin o’quv qo’llanmada ayrim kamchiliklar mavjud bo’lishi mumkin. Ushbu kamchiliklar bo’yicha o’z fikr mulohazalari va takliflaringizni bildirishingizni so’raymiz va bu uchun minatdorchilik bildiramiz. Mazkur qo’llanmani yoritish davomida o’z yordamlarini ayamagan kafedra mudiri, hamkasblarimiz hamda taqrizchilarga ham o’z minatdorchiligimizni izhor etamiz.
Ma'lumki, respublika bank tizimida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish bo'yicha asosiy normativ hujjat O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008 yil 3 maydagi 11/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to'g'risida”gi yo'riqnoma (ro'yxat raqami 1834, 2008 yil 11 iyul) hisoblanadi.
Lekin, o'tgan davr mobaynida respublika iqtisodiyotida, xususan bank tizimi va buxgalteriya sohasida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida banklar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarda katta o'zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining 2013 yil 26 dekabrdagi O'RQ 360-sonli qonuni bilan Qonunchilik palatasi tomonidan 2013 yil 28 avgustda qabul qilingan va O'zbekiston Respublikasi Senati tomonidan 2013 yil 12 dekabrda ma'qullangan “O'zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi” tasdiqlandi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga ham bir qator jiddiy o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013 yil 26 apreldagi N 9/1-son qarori bilan “O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risida”gi Nizom yangi tahriri tasdiqlandi va 2013 yil 3 iyunda 2465-son bilan davlat ro'yxatiga olindi hamda O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligi 2012 yil 11 fevraldagi 38/1 va 89-son qaroriga asosan “O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining kassa ijrosi to'g'risidagi yo'riqnoma” (ro'yxat raqami 1009, 2001 yil 19 fevral) o'rniga “O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining kassa ijrosi to'g'risidagi yo'riqnoma” yangi tahrirda tasdiqlandi va 2012 yil 1 fevralda 2320-son bilan davlat ro'yxatiga olindi. Shu bilan bir qatorda, “O'zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to'g'risidagi yo'riqnoma” (ro'yxat raqami 2205, 20011 4 mart), “Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning bank hisob raqamlaridan pul mablag'larini hisobdan chiqarish tartibi to'g'risida” Yo'riqnoma (ro'yxat raqami 2342, 2012 yil 15 mart) va boshqa normativ hujjatlarga bir necha bor o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Tabiiyki, mazkur o'zgarishlar moliyaviy axborotlashtirish tizimi bo'lgan, banklarda buxgalteriya hisobini yuritish masalalariga ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmadi.



  1. Yüklə 95,54 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin